Ravshan Sayfiddinovich Ermatov — Oʻzbekistonlik futbol hakami.

Ravshan Sayfiddinovich Ermatov

Futbol hakami
Asl ismi Равшан Сайфиддинович Эрматов
Tugʻilishi 9-avgust 1977 (1977-08-09) (42 yosh)
Mukofotlari

Uzbek orden rib.png

El-urt khurmaty rib.png

BiografiyasiTahrirlash

1977-yil 9-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U FIFA tomonidan 2003-yildan beri xalqaro hakamlikka tayinlangan.[1] Ravshan Ermatov Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi FIFA U-20 Jahon Chempionatida hakamlik qilib, Gambiya — Meksika, hamda Chili — Kongo oʻyinlarni boshqargan.

Ravshan Ermatov 2008, 2009, 2010 va 2011-yillarda Osiyoning „Eng Yaxshi Hakami“, deb baholandi,[2] va 2008-yilgi FIFA Klublararo Jahon Chempionati finalini boshqarish uchun tanlandi.

2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika jamoalari ochilish oʻyinini bochqarishi uchun arbitr etib tayinlandi. Shundan soʻng u Angliya — Jazoir, Argentina — Yunoniston, chorak finalda Argentina — Olmoniya, yarim finalda Gollandiya — Urugvay oʻyinlarini boshqardi.

Uning asosiy ishi ham futbol bilan bogʻliq. U futbol instruktori boʻlib ishlaydi. Oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tillarini ham biladi.

Ravshan Ermatov Osiyoning „Eng yaxshi hakam“ nominatsiyasida ketma-ket to‘rt marotaba g‘olib bo‘lgan qitʼadagi yagona futbol hakamidir. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi uni 2011-yilda jahonning eng yaxshi hakami, deb eʼtirof etdi. 2014-yilgi jahon chempionatida ham qatnashdi.[3]

2019-yil 15-iyunda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimi joriy etildi va Ravshan Ermatov ushbu lavozimga tayinlandi.

Qiziqarli maʼlumotTahrirlash

Ravshan Ermatov hakamlarni mina izlovchi sapyorlarga oʻxshatadi. „Men hakamlarni mina izlovchi sapyorlarga oʻxshataman. Sal notoʻgʻri harakat minaning portlashiga olib keladi“, — deydi.[4] Guinness rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan.

MukofotlariTahrirlash

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash

Andoza:FIFA Jahon chempionati 2010 hakamlari

Andoza:FIFA Jahon chempionati 2018 hakamlari