Guinness rekordlar kitobi
Guinness rekordlar kitobi yoki Guinness jahon rekordlari (Inglizcha: Guinness World Records), 1955-yildan 2000-yilgacha The Guinness Book of Records deb nomlangan, jahonda kiritilgan rekordlar va eng gʻaroyib narsalar haqida maʼlumotlar kiritilgan kitob. Ushbu kitob 1954-yil avgust oyida Londonning Fleet Street koʻchasida aka-uka Norris va Ross McWhirter tomonidan tashkil qilindi.
![]() | |
Asl nomi | Guinness World Records |
---|---|
Muallif | Yoʻq |
Janr | Maʼlumotnoma |
Til | Inglizcha, Arabcha, Ozarbayjoncha, Bolgarcha, Xitoycha, Chexcha, Nemischa, Fransuzcha, Grekcha, Ibroniycha, Italyancha, Yaponcha, Koreyscha, Hindcha, Norvegcha, Forscha, Portugalcha, Ruscha, Slovakcha, Ispancha va Turkcha |
Bezovchilar | Joel Paul (55Dizayn)[1][2] |
Nashriyot | Jim Pattison Group |
Nashr etilgan sanasi | 10-noyabr 1955 – bugun |
Sahifalar soni |
288 (2006) 287 (2007) 289 (2008) 288 (2009) |
ISBN | ISBN 978-1-904994-37-4 |
Vebsayt | http://www.www.guinnessworldrecords.com |
Ushbu kitob tabiat va insoniyat olamidagi olamshumul ulkan yutuqlar, noyob hodisalar va gʻaroyib voqealar haqidagi xabarlardan iborat boʻlgan maʼlumotnoma nashridir. 1955-yildan beri Ingliz nashriyoti boʻlgan Guinness Publishing tomonidan har yili nashr etib kelinadi. 1990-yilgacha 37 tilda 264-marta nashr etilgan. Dunyodagi eng koʻp oʻgʻirlanadigan kitob ham Guinness rekordlar kitobidir. Uning har yili 2700 tasi oʻgʻirlanar ekan.
ManbalarTahrirlash
- ↑ „55 Dizayn - 55 Dizayn Vebsayti“ . Qaraldi: 12-yanvar 2019.
- ↑ Deacon, Paul „As you walk in @WHSmith Straight in front @GWR 2018 collection. Looking mighty fine indeed. 8 months project. #wellworthit #proudpic.twitter.com/sm4wZENRl8“ (8-sentabr 2017). Qaraldi: 12-yanvar 2019.