Bosh menuni ochish

„Oʻzbekiston iftixori“Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilarga beriladigan davlat mukofoti.[2][3]

Oʻzbekiston iftixori
Oʻzbekiston iftixori unvoni (medali).jpg
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi ko'krak nishoni
KimgaTopshiriladi sportchilarga
Taqdirlash asosi xalqaro nufuzli musobaqalar sovrindorlariga beriladi
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1998-yil 28-avgust[1]

TavsifiTahrirlash

Oʻzbekiston iftixori koʻkrak nishoni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 36 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida kumushrang aylanma yugurish yoʻlkalari bilan oʻralgan, yashil rangli emal qoplangan stadion maydoni tasvirlangan boʻlib, uning markazida olimpiya ramzi — ichki sathi ham kumushrang beshta oʻzaro tutash halqalar joylashgan. Stadion maydoni uzra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbini tutib turgan ikkita kumushrang qoʻl tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida, musamman joylashgan erda diametri 1,5 millimetrli yoqut joylashtiriladi. Nishonning yuqori yarim aylanasi boʻylab, gerb uzra „OʻZBEKISTON IFTIXORI“ degan yozuv joylashgan. Nishonning pastki yarim aylanasida yashil shaffof emal qoplangan dafna navdasi joylashgan boʻlib, uning oʻrtasidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi lenta oʻtgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi

TaqdirlanganlarTahrirlash

ManbalarTahrirlash