Dafna
Dafna — yunon mifologiyasida daryo xudosi qizi. Apollon uni sevib qolib, taʼqib etgan, Dafna otasi — daryo xudosi Peneydan yordam soʻragan. Peney Dafnani lavr daraxti (dafna)ga aylantirib qoʻygan. Dafna haqidagi afsona nazmda (Ovidiyning "Metamorfozalar" asari), tasviriy sanʼat va haykaltaroshlikda (N. Pussen, L. Bernini va boshqalar) oʻz ifodasini topgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |