Angliya milliy futbol terma jamoasi


Angliya milliy futbol terma jamoasi futbol sport turi musobaqalarida Angliya davlati shaʼnini himoya qiladi, Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi. Angliya terma jamoasi dunyoning eng yoshi katta 2 terma jamoaning biridir (Shotlandiya bilan birga). 1872-yili Shotlandiya va Angliya terma jamoalari dunyoning, futbol boʻyicha ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan. Angliya Birlashgan Qirolllik tarkibidagi bir davlat, FIFA tomonidan Angliya terma jamoasi alohida millat jamoasi sifatida tan olgan.[1] Angliya terma jamoasining uy stadioni Wembley oʻyingohi hisoblanadi. Hozirda terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt

Angliya
Shirt badge/Association crest
Laqabi The Three Lions (Uch Sherlar)
Assotsiatsiya Angliya Futbol Assotsiatsiyasi
Konfederatsiya UEFA (Yevropa)
Bosh murabbiy Gareth Southgate
Yordamchi murabbiy Ray Lewington
Sardor Steven Gerrard
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Peter Shilton (125)
Toʻpurar Bobby Charlton (49)
Uy stadioni Wembley stadioni
FIFA kodi ENG
FIFA reytingi 11
Eng yuqori FIFA reytingi 3 (Avgust 2012)
Eng past FIFA reytingi 27 (Fevral 1996)
Elo reytingi 6
Eng yuqori Elo reytingi 1 (1872–1876
1892–1911
1966–1970
1987–1988)
Eng past Elo reytingi 13 (1936)
forma
Asosiy libosi
forma
Zaxira libosi
Ilk xalqaro oʻyini
 Shotlandiya 0–0 Angliya  ENG
(Partick, Shotlandiya; 31-iyul 1872)
Yirik gʻalabasi
[[File:{{{flag alias-1783}}}|23x15px|border |alt=|link=]] Irlandiya 0–13 Angliya  ENG
(Belfast, Irlandiya; 31-iyul 1882)
Yirik magʻlubiyati
 Vengriya 7–1 Angliya  ENG
(Budapesht, Mojariston; 23-may 1954)
Jahon chempionati
Ishtiroki 13 (Ilk marta [[1950-yili FIFA Jahon chempionati|1950-yili]]-yili)
Eng yaxshi natijasi 1966-yili gʻolib boʻlgan
Yevropa chempionati
Ishtiroki 8 (Ilk marta 1968-yili-yili)
Eng yaxshi natijasi 3-oʻrin: 1968-yil
Yarim finalchi: 1996-yil

Angliya ikki yilda ketma-ket boʻladigan FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionati musobaqalrida ishtirok etadi. Angliya 1966-yili jahon chempioni boʻlgan, ushbu musobaqada Angliya mezbon jamoa edi, finalda Gʻarbiy Olmoniya bilan roʻbaroʻ kelishgan va qoʻshimcha vaqtda 4-2 hisobida gʻalaba qozongan. Undan keyingi ularning eng yaxshi natijasi 1990-yilgi jahon chempionatida yarim finalgacha yetib kelgan yutugʻidir. Angliya terma jamoasi hozirgacha UEFA Yevropa chempionatida umuman gʻolib boʻlmagan, bu musobaqada eng yaxshi koʻrsatgichi, 1968 va 1996-yilgi Yevropa chempionatlarining yarim finaligacha yetib kelishgan. 2020-yilgi Yevropa chempionatida esa Finalgacha yetib borib, yakunda Italiya termasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qoʻygan.

ManbalarTahrirlash

  1. „GB football team gets Fifa assent“. BBC (20-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 11-iyun 2010.