Belfast

Shimoliy Irlandiya poytaxti

BelfastShimoliy Irlandiya Buyuk Britaniyaning yirik shahri. Belfast-Lox qoʻltigʻidagi katta port. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 304 ming kishi (1986). B. kanal va temir yoʻl orqali ichki rayonlar bilan bogʻlangan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kemasozlik (yirik harbiy va yoʻlovchilar tashuvchi kemalar). elektrotexnika, mashinasozlik (asosan kema va toʻqimachilik sanoati uchun mashinalar), samolyotsozlik, jun gazlama, gilam, sunʼiy tola ishlab chiqarish va boshqa Universitet (1845-yildan), texnologiya kolleji, rasmlar galereyasi bor. Shahar 12-asrdan maʼlum. Irlandiya boʻlib yuborilgach (1921), Shim. Irlandiyadagi liniy ixtiloflar natijasida yuzaga kelgan mojarolar markazlaridan biri boʻlib kelmoqda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil