Alisher Xoʻjayev

Alisher Xoʻjayev

Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev (1963-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan) — oʻzbek davlat arbobi. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi[1].

Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi
Mansab davri
2017-yil 30-avgustdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Oripov
Oʻtmishdoshi Bobur Alixonov
Mansab davri
2005-yil 15-apreldan – 2017-yil 3-fevralgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov
Oʻtmishdoshi Abdusaid Koʻchimov
Vorisi Xurshid Mirzohidov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-yanvar 1963-yil (1963-01-26) (60 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Biografiyasi Tahrirlash

1963-yil 26-yanvarda Toshkent viloyatida tugʻilgan.

1985-yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.

1985—1993-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekshirish institutlari, ishlab chiqarish birlashmalarida faoliyat olib borgan.

1993—1996-yillarda „NKK“ firmasida tizim muhandisi boʻlib ishlagan.

1996-yildan 1998-yilga qadar „KomUzAziya“ kompaniyasi bosh direktori.

1998—2001-yillarda „UzPAK“ kompaniyasi bosh direktori lavozimida mehnat qilgan.

2001—2002-yillarda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.

2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbari oʻrinbosari.

2005-2017 — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi[2].

2017-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari[3].

2017-yil 30-avgustda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga qaytgan[4].

2020-yil 19-martda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi[5][6].

Oilasi Tahrirlash

Qudasi — Abdulla Aripov, 2016-yildan buyon Oʻzbekiston Bosh vaziri[7][8]

Manbalar Tahrirlash