Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti (Samarqand universiteti, qisqacha: SamDU) — Samarqanddagi oliy oʻquv yurti boʻlib, keng sohalardagi mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi.

Samarqand davlat universiteti
Xalqaro nomi
Samarkand State University (SamSU)
Turi davlat
Asos solingan sanasi 1927-yil
Rektori Rustam Xolmurodov
Fakultetlar 18
Talabalari 22 000dan ziyod
Bakalavriat mavjud
Magistratura mavjud
Doktorantura mavjud
Manzili
140104, Oʻzbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy
Veb-sayti samdu.uz
Kutubxona

Oʻzbekistonda ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1927-yil 22-yanvarda Samarqandda Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Dastlab 3 boʻlim (fizikamatematika, tabiiygeogr. va ijtimoiyiqtisodiy), 11 oʻqituvchi, 4 kafedra bilan ish boshlagan Institutda taʼlim 4 yillik boʻlgan. Institut qoshida 1929-yil noyabrda ishchilar fakulteti, 1930-yil yanvarda ishchilar universiteti (kechki va sirtqi) hamda 1 va 2darajali maktab oʻqituvchilari uchun malaka oshirish instituti tashkil etildi. 1930-yil 22-yanvarda Oliy pedagogika instituti Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi (pedakademiya)ga aylantirildi va u taʼlimning ft tizimiga oʻtdi.

1933-yil 20-yanvarda Oʻzbekiston davlat ped. akademiyasi Oʻzbekiston davlat universiteti (Oʻzbekiston Davlat Universiteti)ga aylantirildi. Maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda universitet qoshida tashkil etilgan kechki pedagogika instituti muhim rol oʻynadi. Keyinchalik bu institut negizida Samarqand pedagogika instituti (1992-yil Samarqand Davlat Universiteti bilan birlashtirildi), 1935-yil tibbiyot fakulteti negizida Samarqand tibbiyot instituti tashkil etildi. Shuningdek, universitet negizida SamarqanddaQ.x., Tijorat, Chet tillar institutlari ham tashkil topdi. 1941 i. universitetga Alisher Navoiy nomi berildi. Ikkinchi jahon urushi davrida (1941-yil noyabrdan 1944-yil oktabrgacha) Toshkentda Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarkibida faoliyat koʻrsatdi. 1960-yildan Oʻzbekiston Davlat Universiteti Samarqand davlat universiteti (Samarqand Davlat Universiteti) deb atala boshladi.

Unt tarkibida tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy fanlar, oʻzbek filol.si, rus filol.si, tojik filol.si, geogr., kimyo, mexanikamatematika, fizika, biol., informatika va informatsion texnologiyalar, ped. va boshlangʻich taʼlim, kasbiy taʼlim, musiqa, jismoniy madaniyat ftlari, 73 oʻkuv laboratoriya, 13 kompyuter sinfi, biznes maktab, testga tayyorlov kursi, axborot texnologiyalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi, oʻquv diagnostika markazi, maxsus sirtqi boʻlim, metrologiya, patentshunoslik boʻlimlari, 8 qiroatxona va instituternetga ulangan kompyuter zaliga ega kutubxona (3 mln. asar), Alisher Navoiy, zool., arxeologiya, geogr., universitet tarixi muzeylari bor. universitetda 34 yoʻnalish boʻyicha aspirantura (1930-yil tashkil etilgan) va 4 yoʻnalish boʻyicha doktorantura mavjud.

Untda 30 yoʻnalish boʻyicha (matematika, mexanika, huquqshunoslik, oʻzbek, rus, tojik filol.si, kimyo, iktisodiyot, menejment, fizika, elektronika, biol., ekologiya, tuproqshunoslik, geogr., boshlangʻich taʼlim, ped.psixologiya, mehnat taʼlimi, defektologiya, tarix, falsafa, huquq va maʼnaviyat asoslari, musiqa, amaliy matematika, informatika va boshqalar) bakalavrlar, 61 ixtisoslik boʻyicha (informatika, musikiy taʼlim, pedagog, psixologiya, boshlangich taʼlim, dialektika va bilish nazariyasi, umumiy tarix, ijtimoiy falsafa, siyosat falsafasi, Vatan tarixi, arxeologiya, tarixshunoslik, aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti, zool., botanika, oʻsimliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, bio-kimyo, biotexnologiya, nazariy fizika, issiklik fizikasi va molekulyar fizika, kvant elektronikasi, geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish, nazariy mexanika, suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi, noorganik kimyo, organik kimyo, fizik geogr., matematik taxlil, differensial tenglamalar, matematik mantiq, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, geom. va topologiya, matematika fanini oʻqitish metodikasi, amaliy matematika va axborot texnologiyasi, hisoblash matematikasi, matematik modellash, optimallashtirish va optimal boshqaruv, qattiq jismli elektronika, mikroelektronika, tuproqshunoslik, agrotuprokshunoslik va agrofizika, ekologiya va boshqalar) magistrlar tayyorlanadi. 2003/2004 oʻquv-yilida 9320 talaba taʼlim oldi, 930 oʻqituvchi, jumladan, 88 fan doktori va professor, 468 fan nomzodi va dotsent ishladi. 1930-yildan „Ilmiy asarlar“ toʻplami (1998-yildan „Samarqand Davlat Universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi“), 1957-yildan „Samarqand universiteti“ gaz. nashr etiladi[1].

Fakultetlar

tahrir
  • Matematikamatika
  • Fizika
  • Biologiya
  • Geografiya va ekologiya
  • Tarix
  • Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar
  • Kimyo
  • Raqamli texnologiyalar
  • Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi
  • Yuridik
  • Filologiya
  • Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim
  • Sport faoliyati va san'at
  • Inson resurslarini boshqarish
  • Xalqaro ta'lim dasturlari

Kafedralar

tahrir

Bakalavr yoʻnalishlari

tahrir

Magistratura yoʻnalishlari

tahrir

Mashhur bitiruvchilar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir