Amin Umariy (1913.20.5, Qoʻqon −1942.14.11, Toshkent) — oʻzbek shoiri, dramaturg, tarjimon. Samarqand pedakademiyasida oʻqidi. Ishchi fakulteti, OʻzDU va Toshkent davlat pedagogika institutida dars berdi (1935 — 36). „Guliston“, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ jurnallari hamda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida ishladi (1937 −1941).

Amin Umariyning „Yangroq sadolar“ (1932), „Davr tantanasi“ (1933), „Yoshlik“ (1935), „Farzand“, „Sadoqat“, „Sheʼrlar“, „Bolalik qoʻshiqlari“, „Ov“ zim" (1937- 39), „Qasamyod“ (194?) kabi sheʼriy toʻplamlari, „Toshotar“, (1939) kabi hikoya va ocherklari bosilib chiqdi. Amin Umariyning 38-yillardagi sheʼrlarida yoshlik tuygʻulari, qaynoq qalb orzulari, yaratdi va yuksalish ishtiyoqida mehnat qilayotgan kishilarning kechinmalari aks ettirilgan boʻlib, ular chuqur lirizm, obrazlar, tasvir vositalarning jozibadorligi, tilining sodda va yorqinligi bilan ajralib turadi.

Amin Umariyning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi sheʼrlarida kishilarimizning jasorati, matonati kuylangan. Amin Umariy Yashin bilan hamkorlikda „Hamza“ (1940), Tuygʻun bilan birgalikda „Qasos“ (1941) dramalarini yaratgan. U G. Geyne, T. Shevchenko, M. Yu. Lermontov asarlaridan ayrimlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. As: Tanlangan asarlar, T.: 1951; Sheʼrlar, T.: 1973. Ad:. Olimjon A., Amin Umariy, T.: 1954; Ikromov O., Amin Umariy, T.: 1964.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Amin Umariy" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir