Xurshid Mirzohidov
Xurshid Mirsabirovich Mirzaxidov (1971-yili Toshkent shahrida tugʻilgan). Millati — oʻzbek. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi (2017-yil 3-fevraldan 3-avgustgacha)[1].
Xurshid Mirsobirovich Mirzohidov | |
---|---|
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi | |
Mansab davri 2017-yil 3-fevral — 2017-yil 3-avgustgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Oripov |
Oʻtmishdoshi | Alisher Xoʻjayev |
Vorisi | Bobur Alixonov |
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vaziri | |
Mansab davri 2015-yil — 2017-yilgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Sherzod Shermatov |
Oʻzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish davlat qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2012-yil fevral — 2012-yil oktyabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
25-iyul 1971-yil Toshkent |
Mukofotlari |
![]() |
BiografiyasiTahrirlash
- Maʼlumoti oliy. 1995-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. Mutahassisligi radioaloqa, radioeshittirish va televideniye muhandisi. 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining oliy biznes maktabini biznesni boshqarish magistri unvoni bilan tamomlagan.
- 1994-1999-yillari aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxonalarda turli lavozimlarda ishlagan (Aloqa vazirligi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi).
- 1999-yildan 2001-yilgacha Pochta va telekommunikatsiyani rivojlanishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining moliya boʻlimi boshligʻi va Jamgʻarmaning direktori.
- 2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzbektelekom“ AK Bosh direktori oʻrinbosari.
- 2002-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aloqa va axborot texnologiyalari kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri.
- 2003-2004-yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori oʻrinbosari lavozimini egallagan.
- 2004-yilning sentabridan dekabriga qadar „Oʻzbektelekom“ AK Bosh direktori oʻrinbosari.
- 2004-yildan 2006-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri.
- 2006-yildan 2009-yilgacha „Oʻzprommashimpeks“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi. 2009-2010-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari.
- 2010-yil noyabrdan 2012-yil fevral oyiga qadar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari. 2012-yil fevraldan oktyabr oyiga qadar bosh direktori.
- 2012-yil oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi[2].
- 2015-2017-yillarda Oʻzbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vaziri.
- Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-fevraldagi qarori bilan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi.
- 3-avgust kuni ishdan boʻshatib yuborilgan. 1-noyabr kuni Oʻzbekiston avtomobil yoʻllar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi[3]
- 2020-yil 30-apreldan — Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi.