Abdulla Aripov
(Abdulla Oripov (siyosatchi)dan yoʻnaltirildi)
Shoir Abdulla Oripov bilan adashtirib yuborilmasin.
Aripov Abdulla Nigʻmatovich | |
---|---|
Арипов Абдулла Ниғматович | |
![]() | |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri | |
Mansabda 2016-yil 14-dekabrdan — | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori | |
Mansabda 2002-yil 30-maydan — 2009-yil 27-oktyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Hakim Muhiddinov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-may 1961-yil (61 yosh) Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi |
![]() |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
Maʼlumoti | Toshkent elektrotexnika aloqa instituti |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Abdulla Nigʻmatovich Aripov (1961-yil 24-may, Toshkent) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Respublika Bosh vaziri[1][2].
Tarjimai holiTahrirlash
- 1961-yil 24-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan.
- Maʼlumoti — oliy. 1983-yilda Toshkent aloqa-elektrotexnika institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini) tamomlagan.
- 1983-1992 — Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis.
- 1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis
- 1993-1995 — „Oʻzimpeksaloqa“ tashqi savdo firmasi direktorining oʻrinbosari.
- 1995-1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimi rahbari.
- 1995-1996 — „TashAfinalAL“ korxonasi bosh direktori.
- 1996-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimi boshligʻi.
- 1997-1997 — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari.
- 1997-2000 — Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi.
- 2000-2001 — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari.
- 2001-2002 — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori.
- 2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori.[3]
- 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda „Axborot-kommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish muammolari“ mavzusida 08.00.05- „Menejment“ ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.[4]
- 2005-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari, aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari.
- 2012-yil avgustda „MTS“ aloqa operatori bilan bogʻliq mojarolar ortidan ishdan boʻshatilgan.
- 2012-yildan 2016-yilgacha Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti marketing va menejment kafedrasi mudiri.
- 2016-yil 13-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan.
- 2016-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan[5]. 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi.[6]
OilasiTahrirlash
Besh nafar qizi bor.
ManbalarTahrirlash
- ↑ A. Aripov bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi
- ↑ Biografiya (rus), archived on 2016-12-10. Andoza:Citation error, http://www.centrasia.org/person2.php?st=1013880356, qaraldi: 2016-12-13
- ↑ https://daryo.uz/2021/11/11/bavariya-formasini-olgan-aripov-ochlik-eʼlon-qilgan-toshkentlik-ota-start-berilgan-karnavallar-mavsumi-11-noyabr-suratlari/
- ↑ https://web.archive.org/web/20061006032501/http://www.tuit.uz/Faculity/default.aspx
- ↑ „Tarjimai holi“ . Kun.uz.
- ↑ https://daryo.uz/2021/11/18/ozbekistonning-barcha-aloqa-vazirlari-bitta-suratda/