Fidokorona xizmatlari uchun ordeni

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallaridan biri. 2003-yil 29-avgustda ta'sis etilgan[1]

Fidokorona xizmatlari uchun ordeni
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi davlat mukofoti
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy davlat fuqarolariga
Taqdirlash asosi mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini taʼminlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qoʻshgan, fidoiylik namunasini koʻrsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2003-yil 29-avgust
Navbat
Toʻngʻich mukofot "El-yurt hurmati" ordeni
Kenja mukofot Faxriy murabbiy ordeni

Nizomi tahrir

„Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini taʼminlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qoʻshgan, oʻzining isteʼdodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoiylik namunasini koʻrsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va ordenni topshirish „Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining qirq besh karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan imtiyozlardan foydalanadilar. Koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. Vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Tavsifi tahrir

„Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi hamda sakkiz qirrali yoqut rangli yulduz shaklida boʻladi. Yulduz burchaklari orasida oq emal qoplamasi uzra taralayotgan nurlar aks etgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligʻi — 52 millimetr. Ordenning markazidagi doirada tilla rangdagi Humo qushi tasvirlangan. Uning ortida — markazdan yuqoriroqdagi moviy manzara bagʻrida Oʻzbekiston Respublikasining oltinrang xaritasi joylashgan. Tasvir atrofidagi oq emalli hoshiya uzra oltin rangdagi harflar bilan FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN soʻzlari yozilgan. Ordenning quyi qismida oq rangli paxta chanoqlari va tilla rangli bugʻdoy boshoqlari tasvirlangan. Orqa tomonining pastki qismida Ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozigʻliq. Orden Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Orden sohiblari tahrir

Manbalar tahrir