Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi – TATU)[1] 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (qisqartmasi – TEAI) hamda 2002—2017-yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomlari bilan faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil etilib, bugungi kunda Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
![]() Universitet logotipi | |
Xalqaro nomi |
Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1955-yil 28-iyun |
Rektori | Мaxkamov Baxtiyor Shuxratovich |
Fakultetlar | 8 ta |
Talabalari | 14,000+ |
Bakalavriat | 26 ta yoʻnalish |
Magistratura | 37 ta mutaxassislik |
Manzili | |
Veb-sayti | www.tuit.uz |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 6 ta hududiy filiallarida bugungi kunda 20 ta fakultet va 69 ta kafedra, xususan, TATUda 8 ta fakultet va 28 ta kafedra mavjud.
Universitet va uning hududiy filiallarida bugungi kunda 1000 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar, shundan, 65 nafar fan doktori hamda 350 nafardan ortiq fan nomzodi faoliyat yuritib kelmoqda.
TATU va uning hududiy filiallarida 32 000 nafardan ortiq talabalar 26 ta taʼlim yoʻnalishlari va 37 ta mutaxassisliklar boʻyicha tahsil olmoqda, shundan 14 000 nafardan ortiq talabalar TATUda tahsil olishmoqda.
Universitetda 2023—2024-yillarda mavjud 28 ta kafedralarda 17 ta yangi laboratoriyalar tashkil etildi, jumladan, Uztelecom AK[2], Radioaloqa, radioeshittirishlar va televidenie markazi DUK[3], „UNICON.UZ“ MChJ[4], Elektromagnit moslashuv markazi DUK[5], Mobiuz[6], ZTE va boshqa soha korxonalari bilan hamkorlikda 14 ta va Jahon banki mablagʻlari hisobidan 3 ta yangi laboratoriyalar tashkil etildi.
Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 2022-yilda tashkil etilgan „Registrator ofisi“da „yagona darcha“ shaklida yaratilgan xizmatlar turi bugungi kunda 43 tani tashkil etadi.
Tarixi
tahrirMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti deb nomlangan boʻlib, 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Prezident farmoni[7] hamda 2002-yil 7-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 385-sonli qarori[8] bilan universitetga aylantirilgan hamda 2002—2017-yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan faoliyat yuritgan. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulugʻ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.
- 1955-yil 28-iyun – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti oʻz faoliyatini boshladi (Sobiq SSSR Aloqa
- 1957-yil – M. I. Astaxov rektor etib tayinlandi.
- 1957/1958-yillarda – Radioaloqa va Radioeshittirish fakulteti hamda kechki va sirtqi taʼlim boʻlimlari tashkil etildi.
- 1961-yil – Institut yangi binoga koʻchib oʻtdi. Oʻquv-ishlab chiqarish bazasi tashil etildi.
- 1965-yil – Talabalar soni – 4000 nafar, Kafedralar/laboratoriyalar soni – 21 / 40 ta, bitiruvchilar soni – 915 nafar.
- 1966—1970-yillarda – Toshkent elektrotexnika aloqa institutida 1900 nafar elektr aloqa muhandislari
- 1966-yil – Toshkent zilzilasidan soʻng Institut hududida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun 3 ta pavilon tashkil etildi.
- 1966-yil – Jahon Obidova koʻchasida talabalar uchun har biri 480 oʻrinli 2 ta turar joy binosi foydalanishga topshirildi.
- 1969-yil – Telefon-telegraf aloqasi fakulteti bazasida Avtomatik elektr aloqa va koʻp kanalli elektr aloqa fakultetlari tashkil etildi.
- 1972-yil – S. N. Kolesov Institut rektori etib tayinlandi.
- 1973-yil – Institut hududida 40 xonadonga moʻljallangan uy, ikki qavatli talabalar oshxonasi va hisoblash markazi uchun maxsus 2 ta bino qurildi.
- 1976-yil – Toshkent elektrotexnika aloqa institutiga t.f.d., professor, akademik D. A. Abdullaeyev rektor etib
- 1979-yil – Toshkent elektrotexnika aloqa institutining Fargʻona, Frunze (hozirgi Bishkek), Dushanbe va Olmaota shaharlarida sirtqi fakultetning tayanch punktlari tashkil etildi.
- 1974-yil – Har yili 400 nafar talaba Oʻzbekistonning, Rossiya, Qirgʻiziston davlatlarida „Talabalar Qurilish Otryadi“ga jalb etilgan.
- 1979-yil – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti kutubxonasi jamgʻarmasi 300 mingdan ortiq kitob va jurnalga ega boʻldi.
- 1982-yil – Talabalar uchun 3 ta 9 qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi.
- 1986/1987-yildan – Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika fuqarolarini oʻqishga qabul qilish boshlandi.
- 1990-yil – institutda 27 ta kafedra, 75 ta oʻquv markazi, 17 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, hisoblash markazi va 3 ta kompyuter xonasi, rangli
- 1991-yil – Termiz shahrida universitet filiali tashkil qilindi.
- 1991-yil – Institutga 3 ixtisoslik boʻyicha aspirantura tashkil etildi va nomzodlik disertatsiyalarini himoya qilishga ruxsat etildi.
- 1992-yil – TEAIga t.f.d., professor, akademik Telman Rajabov rektor etib tayinlandi.
- 1993-yil – TEAI qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi.
- 1994-yil – Institut qoshida Markaziy Osiyo Telekommunikatsiya oʻquv markazi tashkil etildi.
- 1994/1995-yil – Institutda telekommunikatsiya, televideniya, radioeshittirish va radioaloqa, menejment yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash boshlandi.
- 1996-yil – Aloqa vazirligining buyrugʻi asosida universitetda
- 1997-yil – Institut tarkibidagi litsey-internat oʻz faoliyatini boshladi.
- 1999-yil – Institut 808 ta injener va bakalavrlar tayyorlab, katta hayotga yoʻllanma berdi.
- 1999-yil – TEAIda magistratura boʻlimi ochildi.
- 2002-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi[7].
- 2002/2003-yil – Ikki yangi yoʻnalish va mutaxassisliklar; elekron tijorat va axborot xavfsizligi boʻyicha bakalavr va magistrlar tayyorlash boshlandi.
- 2005-yil – Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi[10].
- 2007-yil – TATU qoshidagi „Oʻzbekiston-Koreya axborot almashish“ markazi ochildi. TATU va Koreya milliy axborot agentligi (NIA) bilan
- 2009-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan TATUda yangi „Televizion texnologiyalar“ fakulteti tashkil etildi.
- 2010-yil – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Elektronika kafedrasi qoshida NATIONAL INSTRUMENTS texnologiyalari markazi ochildi.
- 2013-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1942 Qarori bilan texnika yoʻnalishlariga kirish imtihonlari tarkibiga xorijiy til kiritildi.
- 2013—2015-yillar – Aholining kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida TATU va uning filiallarida „Bunyodkor yoshlar 2013“, „Bunyodkor yoshlar 2014“ va „Bunyodkor yoshlar 2015“ kompyuter savodxonlik guruhlari tashkil qilindi.
- 2013-yil – Davlat aloqa qoʻmitasining 2013-yil 30-sentyabrdagi 366-sonli "TATU qoshida „Elektron hukumat“ oʻquv markazi yaratish haqida" gi buyrugʻiga asosan oʻquv markazi tashkil qilindi va 9195 nafardan ortiq davlat va mahalliy hokimiyat xodimlari taʼlim oldi.
- 2017-yil – Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulugʻ alloma
- 2018-yil – TATU davlat OTMlari orasida birinchilardan boʻlib taʼlimning kredit tizimiga oʻtildi.
- 2019-yil – TATU tarkibida Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etildi[12].
- 2019-yil – TATU va JICA hamkorligida Oʻquv media markazi ochildi.
- 2020-yil – TATUda „Data Center“ ochildi.
- 2021-yil – Toshkent viloyatida TATU Nurafshon filiali oʻz faoliyatini boshladi.
- 2022-yil – TATUda „TUIT Incubation Center“ markazi ochildi.
- 2022-yil – TATUda Masofaviy taʼlim shaklida talabalar qabul qilindi.
- 2022-yil – TATUda zamonaviy „F“ oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.
- 2023-yil – TATUda yangi zamonaviy zamonaviy yangi Sport Majmuasi foydalanishga topshirildi.
- Universitetning B va C binolari toʻliq qayta taʼmirlandi. Universitet foyesi zamonaviy uslub va milliy dizaynda
- Bir vaqtning oʻzida 500 dan ortiq talabalarga xizmat koʻrsatuvchi Kutubxona tashkil etilib zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi.
- Universitetda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Sunʼiy intellekt oliy muhandislik maktabi tashkil etildi.
- „Tarmoq – Korxona – Oliygoh“ tamoyili asosida soha korxonalari bilan integratsiyani taʼminlovchi 14 ta yangi laboratoriyalar tashkil etildi.
- 28-martdan 8-aprelgacha boʻlib oʻtgan „Oliygoh kubogi“da 3 mingdan ortiq talaba ishtirok etdi. „Kelajak texnologiyalari“ koʻrgazmasiga 1000 ga yaqin ishlanma taqdim etilib, 300 dan ortigʻi finalga saralandi.
- 2025-yil aprel oyi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan „Muhandislik oyligi“ ning ochilish marosimi 8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida boʻlib oʻtdi. Mazkur marosimda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi[13][14].
Xalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlari
tahrirMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro nufuzli reytinglarda yildan yilga oʻz oʻrnini mustahkamlab bormoqda[manba kerak]. 2024-yilda universitet Times Higher Education (THE)ning Top universitetlar roʻyxatida 1501+ oʻrinda, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari boʻyicha TOP-5 oʻrinda, Oʻzbekiston Oliy taʼlim muassasalari orasida TOP-3 oʻrinda qayd etildi[15][16].
Shuningdek, universitet xalqaro Times Higher Education (THE) tomonidan eʼlon qilingan "Interdisciplinary Science Ranking" (Fanlararo fan reytingi) dunyoning TOP-500 talikdan joy egalladi[17]. Times Higher Education (THE) „Schmidt Science Fellows“ jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ilk bora „Interdisciplinary Science Ranking“ (Fanlararo fan reytingi) natijalarini eʼlon qildi. Unda TATU 401—500-oʻrinni egalladi[18].
Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan 2025-yil uchun Osiyo universitetlarining reytingida (QS Asia University Rankings – 2025) TATU 541—560-oʻrinda qayd etildi[19]
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining xalqaro QS reytingda eng yaxshi universitetlardan biri sifatida qayd etildi[manba kerak].
QS STARdan 4⭐️ga ega TATUning QS Osiyo universitetlari reytingidagi oʻrni 110 pogʻonaga koʻtarildi. Natijalarga koʻra, TATU Osiyo mintaqasida oʻtgan yilgi 651-700 oʻrnini yangilab, 541-oʻrinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida esa 34-oʻrinni egalladi[20].
Shuningdek, dunyoning universitetlari reyting koʻrsatkichlarini mustaqil metrika orqali baholovchi edurank.org natijalariga koʻra, universitet avvalgi yillarga nisbatan 235 oʻringa yuqoriladi. Ushbu reytingda universitet turli mutaxassisliklarda eng yaxshi universitet sifatida eʼtirof etilgan. Xususan, Axborot texnologiyalar yoʻnalishida jahonda 788 – oʻrinda qayd etilgan boʻsa, Oʻzbekistonda esa Kompyuter muhandisligi, Kiberxavfsizlik, Telekommunikatsiya, Sunʼiy intellekt (AI) kabi fan sohalarida ham 1-oʻrinda qayd etildi[manba kerak].
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti UI Green Metric World University Ranking[21] xalqaro reytingida TOP 1000 talikda qayd etildi.
UI Green Metric World University Ranking xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy taʼlim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalariga koʻra TATU nufuzli reytingida TOP-1000 ta oliy taʼlim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan universitet sifatida eʼtirof etildi.
Xalqaro hamkorligi
tahrirTATU va uning hududiy filiallari 57 davlatning 190 ta universiteti, 7 ta ilmiy-tadqiqot markazi, 26 ta tashkilot va kompaniyasi bilan jami 223 ta oʻzaro hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlarga ega. Xususan, TATU tomonidan 35 davlatning 175 ta universiteti, 5 ta ilmiy-tadqiqot markazsi, 24 ta tashkilot va kompaniyasi bilan jami 204 ta oʻzaro hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlari imzolangan[manba kerak].
TATU 2020—2024-yillarda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida uchta loyihani ilk marta grantholder sifatida amalga oshirishni boshladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida 9 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.
2022—2027-yillarga moʻljallangan Koreyaning KOICA tashkiloti koʻmagida „Global AyTi biznes taʼlim dasturi hamda FabLab tashkil etish“ investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda[22].
TATUda maʼnaviy va madaniy tadbirlar
tahrirUniversitet nafaqat taʼlim berish, balki talabalarning shaxsiy va jamoaviy rivojlanishiga koʻmaklashuvchi imkoniyatlar yaratishga intiladi. Xususan, Universitet va uning filiallarida, Oqtosh va boshqa xushmanzara dam olish maskanlarida maxsus Team-building[23] tadbirlari doimiy tashkil etiladi. Bu tadbirlar talabalar oʻrtasida jamoaviylik ruhini mustahkamlashga, bir-birini yaxshiroq tushunish va qoʻllab-quvvatlash madaniyatini shakllantirishga yordam berdi. Sayohatlar har xil tarzda tashkil qilinadi. Ushbu tadbirlarga GPA[24] koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalardan tashqari universitet hayotida faol, xulq-atvori jihatdan namunali talabalar ham jalb qilinadi. Xorijdan kelib tahsil oluvchi talabalar ham boshqa talabalar bir qatorda ishtirok qilishadi. Team-building tadbirlari doirasida turli xil sport musobaqalari, ochiq muloqot va davra suhbatlari oʻzgacha ruhda oʻzkaziladi.
Universitetda talabalar tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan kutib olinadigan ochiq osmon ostidagi "Open Air Movie Night" tadbiri har yilning deyarli barcha yirik bayramlarida tashkil etilib kelinadi. „Open Air Movie Night“ – bu maxsus musiqiy dasturlar va sevimli filmlar tomoshasi uygʻunlashgan tadbir boʻlib, talabalarning vaqtlarini maroqli oʻtkazish va yangi doʻstlar orttirishlari uchun yaratilgan noyob muhitdir. Tadbir har safar 1000 dan ziyod talaba-yoshlarni oʻz bagʻriga oladi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarga dam olish, ijodiy yondashuv va muloqot muhiti hamda kreativlikni oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.
TATU talabalari qalbidan chuqur joy olgan va anʼanaga aylangan „TUIT Party“ – bu Universitet ijtimoiy hayotidagi eng yorqin va qiziqarli tadbirlardan biri boʻlib, har yili turli bayramlar va oʻquv semestri munosabati bilan oʻtkaziladi. Ayniqsa, yangi yil oldidan tashkil etiladigan „TUIT New Year’s Party“ talabalarga haqiqiy bayramona muhitni tuhfa qilib, ularni birdamlik va hamfikrlilikka undaydi.
Universitet talabalar hayotini rang-barang qilish, jismoniy faollikni targʻib etish va doʻstona raqobat muhitini shakllantirish maqsadida har yili anʼanaviy tarzda „Rektor kubogi“ sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda. Ushbu tadbir universitet talabalarining sport va madaniy sohadagi qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tadbir sportning turli yoʻnalishlarida oʻtkazilib, talabalar oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Talabalar quyidagi sport turlarida oʻz jamoalari bilan qatnashishlari mumkin:
- Futbol;
- Voleybol;
- Basketbol;
- Yengil atletika;
- Stol tennis;
- Mini futbol;
- Shaxmat va shashka;
- Qoʻl toʻpi;
- Arm wrestling va boshqalar;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar oʻrtasida doimiy ravishda "TATU Zakovat Klub"lari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, intellektual oʻyinlar universitetda talabalarning boʻsh vaqtlarida muntazam oʻtkazilmoqda. Oʻyinlar xolis, haqqoniy va shaffof tarzda oʻtishini taʼminlash maqsadida, Zakovat NNT bilan hamkorlik qilgan holda tashkillashtirilishi yoʻlga qoʻyilgan. Fakultet va universitet miqiyosida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar belgilangan tartibda ragʻbatlantirilib kelinmoqda.
Universitetda tahsil olayotgan talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida, universitetda "Quvnoqlar va Zukkolar – Rektor kubogi" koʻrik-tanlovini yuqori saviyada oʻtkazib kelinmoqda. Koʻrik-tanlovda jamoalar belgilangan shartlar boʻyicha bellashishadi hamda toʻplangan ballar orqali keying bosqichlarda saralangan holda finalga eng yuqori ball toʻplagan jamoalar yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Finalda gʻolib boʻlgan jamoalar munosib pul mukofotlari va koʻchma kubokni qoʻlga kiritishadi.
"Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" – dasturi doirasida doimiy ravishda talaba-yoshlar, professor-oʻqituvchilar hamda xodimlar uchun tarixiy shaharlar va ziyoratgohlarga (xususan, Buxoro, Parkent, Zangiota, Samarqand, Jizzax, Urganch –Xiva, Buxoro, Samarqand, Nukus – Moʻynoq, Fargʻona) sayohatlar uyushtirilib kelinmoqda. Qadimiy shaharlaridagi mavjud turizm durdonalari, qadimiy maskanlarga sayohati tashkil qilingan.
Talaba-yoshlar oʻrtasida konkurslar, festivallar, forumlar tashkil etib kelinmoqda va muzeylarga, teatrlarga, xiyoboniga tashriflar, kino zallariga tashriflar tashkil qilingan. Shular qatorida "TUIT FM" radiosi oʻz faoliyatini boshladi va katta tanaffus vaqtlarida talabalarining tabriklari hamda buyurtmalariga muvofiq vatanga muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar qoʻyib eshittirilmoqda.
Universitetda muhim sanalar va umumxalq bayramlari oʻzgacha kayfiyatda oʻtkaziladi. Talabalarning eng sevib ishtirok etadigan Navroʻz sayli, Yangi yil oqshomi kabi tadbirlarda turli xil noz-neʼmatlarga toʻla dasturxon yozilib, milliy taomlar tayyorlanib ulashiladi. Ayniqsa, Talabalar turar joylarida "Sumalak sayli" va "Osh chempionatlari"da TTJ da yashovchi barcha talabalar qamrob olinadi va tayyorlangan taomlar hammaga tarqatiladi.
Talabalar turar joylarida talaba-yoshlarga barcha sharoitlar boʻlib, wi-fi lar doimiy ishlashi taʼminlangan. Alohida kompyuter xonalari, kutubxonalar, sartaroshxona, tikuvxonalari, kiryuvish mashinalari oʻnatilgan kir yuvish xonalari va h.k.lar mavjud.
TUIT Incubation Center
tahrirMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining „TUIT Incubation Center[25]“ inkubatsion markaz tashkil etilgan boʻlib, u oʻz faoliyatini 2022-yilda boshlagan.
Ushbu markaz turli xil soha vakillarini birlashtirgan holda axborot kommunikatsion texnologiyalar sohasida yangi yutuqlarga erishish, ilmiy hamda startap loyihalarni yaratish va innovatsion yechimlarni topishga xizmat qiladi. Bunda Universitet talabalari va boshqa moliya-iqtisod, ishlab chiqarish va boshqa turli sohalar talabalari bilan hamkorlikda startaplar hamda ishlanmalar usti tadqiqotlar oʻtkazishga keng imkoniyatlar yaratilgan. Markazda 28ta startup loyihalar va ishlanmalar tijoratlashtirish uchun tayyorlanmoqda.
Startup loyihalar asosan talabalar tomonida ishlab chiqishga koʻproq urgʻu qaratiladi. Yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan startup loyihalar koʻproq muvaffaqiyatga erishishini hisobga olgan holda har yili Universitetning ilmiy tadiqiqot va texnologiyalar transferi markazi tomonidan akseleratsiya dasturlari olib boriladi. Ushbu dasturda „gʻoyadan-bozorga“ tamoyili asosida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, asosan talabalarga moʻljallangan va bunda professor-oqʻituvchilarning ham roʻli katta hisoblanadi. Startuplarning asosiy qismida yaʼni negizida ilmiy yangiliklar va boshqa loyihalardagi gʻoyalar mavjud.
Coworking markazida 35 oʻrinli joy, qulay sharoit, internet va kompyuter jihozlar bilan taʼminlangan. Talabalar va soha vakillar u yerda 24/7 rejimda ishlashi mumkin. Markazning asosiy vazifalaridan biri bu Respublikamizdagi balki butun dunyoga mashhur brendga ega startuplarni shakillantirish, rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash hisoblanadi.
Universitetda 32ta ilmiy innovatsion laboratoriyalari mavjud boʻlib, barchasi „TUIT Incubation Center[25]“ inkubatsion markaz bilan uzviy boʻlgangan. Ushbu markaz universitetdagi startap ekotizimini rivojlantirish, erishilgan yutuqlarni ommalashtirish uchun xizmat qiladi.
Markazda tez-tez soha vakillari bilan birgalikda vorkshoplar, treninglar tashkil etiladi. Maqsad talabalardagi mavjud gʻoyalarini sohalarga tadbiq etish va oʻz yechimini kutayotgan muammolarni tahlil qilish.
„Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi
tahrir2025-yilning 30-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi tashkil etilgan „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ishtirok etib, yangi markazning ahamiyati haqida nutq soʻzladi.
Mazkur majmua talaba-yoshlarni milliy tariximiz, xalqimizning buyuk anʼanalari va ajdodlarimiz merosiga tayangan holda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Yaxlit majmua jahon andozalariga mos tarzda jihozlangan boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni targʻib qiluvchi koʻrgazmali pavilion;
- Jadidlar burchagi;
- Renessans poydevori namoyondalari burchagi;
„Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi - Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash burchagi.
- Ijodkor yoshlar klubi.
Universitet talabalari yutuqlari
tahrirTATU va hududiy filiallari 2021-yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipendiyalariga 60 nafar talaba, hamda 14 turdagi Xalqaro va Respublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 23 nafar talaba turli sovrinli oʻrinlarga ega boʻldi. Xususan: 2021-yilda TATU va hududiy filiallarning 15 nafar talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sohibi boʻldi. Xususan, Prezident stipendiyasi sohiblari 3 nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipendiya sohiblari 2 nafar, Beruniy nomli stipendiya sohiblari 8 nafar, Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1 nafar hamda Toʻlepbergen Kaipbergenov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1 nafarni tashkil etadi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari bilan taʼsis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasiga 29 nafar talaba, Vazirlik stipendiyasiga 15 nafar talaba va Oʻzbekiston Respublikasi radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati stipendiyasiga 1 nafar talaba sazovor boʻldi[manba kerak].
Respublika fan olimpiadasining Kompyuter grafikasi fanidan qatnashgan 2 nafar talaba 1- va 2- oʻrinni egalladi[manba kerak].
Universitet talaba-yoshlari „Technoways“ doirasida tanlov va xalqaro "StudentHack2021" hakatonida, Xalqaro „RUCODE“ dasturlash musobaqasida, xalqaro ilmiy olimpiadada, „Data-xakaton SNG po resheniyu globalnix sotsialnix zadach“ tanlovida hamda respublikamizda oʻtkazilayotgan turli musobaqa va tanlovlarda faol qatnashib, mukofot va diplomlarga ega boʻlishdi.
Jumladan, 2021-yil 13—16-oktyabr kunlari Jizzax shahrida boʻlib oʻtgan „TECHNOWAYS“ texnologik rivojlanish marafonida „Eng yaxshi dasturiy taʼminot“ nominatsiyasida 1 nafar talaba 2-oʻrinni egalladi[26].
2021-yil 10—14-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Amity universitetida xalqaro hakaton „StudentHack2021“ 2 nafar talaba 1-oʻrinni va 2 nafar talaba 2-oʻrinni egalladi.
2021-yil „mGovAward Contest Sahiya team member“ tanlovida TATU ning 5 nafar talabasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2021-yilda TATU ning 1 nafar talabasi „Bir million o‘zbek dasturchilari“ loyihasida oʻrin olgan IT-PARK CUP dasturlash musobaqasi gʻolibi boʻldi.
Rossiyaning Qozon shahrida 2021-yil 23—28-oktyabr kunlari oʻtkazilgan Menejment boʻyicha xalqaro ilmiy olimpiadada 1 nafar talaba 1-oʻrin sohibi boʻldi.
2021-yil 12-dekabr kuni oʻtkazilgan Menejment boʻyicha xalqaro ilmiy olimpiadada 1 nafar talaba 1-oʻrinni egalladi.
2021-yil 21—22-avgust kunlari boʻlib oʻtgan „World Al&Data Challenge“ tanlovining „Data-hakaton SNG“ yoʻnalishi boʻyicha 1 nafar talaba 1-oʻrinni egalladi.
2021-yil may oyida oʻtkazilgan „Moliyaviy xavfsizlik“ boʻyicha xalqaro olimpiadaning „Axborot xavfsizligi“ yoʻnalishi boʻyicha 5 nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdi[27].
2021-yil TATU va „Sababa Security“ kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. TATUning 3 nafar talabasi 2021-yil 1-apreldan 30-iyungacha „Sababa Security“ kompaniyasida amaliyot oʻtash uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[28].
2021-yilda „Kompyuter grafika“ fanidan oʻtkazilgan Respublika fan olimpiadasida universitetning 2 nafar talabasi 1-2-oʻrin sohibi boʻldi.
2021-yilda Xalqaro "RUCODE" dasturlash musobaqasida gʻoliblikni TATU ning 3 nafar talabasi qoʻlga kiritdi[29].
2022-yil
tahrirTATU va hududiy filiallari 2022 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipendiyalariga 80 nafar talaba, hamda 11 turdagi Xalqaro va Respublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 24 nafar talaba turli sovrinli oʻrinlarga ega boʻldi. Xususan: 2022 yilda TATU va hududiy filiallarning 24 nafar talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sohibi boʻldi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohiblari 8 nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipendiya sohiblari 6 nafar, Beruniy nomli stipendiya sohiblari 9 nafar, Toʻlepbergen Kaipbergenov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1 nafar hamda Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1 nafarni tashkil etadi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari bilan taʼsis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasiga 41 nafar talaba va Vazirlik stipendiyasiga 15 nafar talaba sazovor boʻldi.
2022 yil may oyida „Informatika va axborot texnologiyalari“ fanidan oʻtkazilgan Respublika fan olimpiadasida universitetning 2 nafar talabasi 2-3-oʻrin sohibi boʻldi.
2022 yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahri Sirius federal markazida boʻlib oʻtgan Moliyaviy xavfsizlik boʻyicha II Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUning 1 nafar talabasi gʻolib boʻldi.
2022 yil Qozogʻistonning Almati shahrida Xalqaro dasturlash musobaqasida NEERC finalida (ICPC yarim finali) 3 nafar talabadan tashkil topgan, „Algo Experts“ jamoasi 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.
2022 yil „World Finals ICPC 2022[30]“ Xalqaro dasturlash musobaqasining yarim finalida 9 nafar talaba yuqori natijalarni koʻrsatib gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
2022 yil Toshkent shahrida „Oʻzbekkosmos[31]“ agentligi va NASA [32]tomonidan tashkillashtirilgan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tanlovda 2 nafar talaba gʻolib boʻlishdi.
Andijon viloyati „Digital City“ texnoparkida "Agriculture hackathon-2022" loyihasida TATU ning 2 nafar talabadan tashkil topgan „Magic Soft Group“ jamoasi 2-oʻrin sohibi boʻlishdi. Xomiylar tomonidan sertifikat va 100 000 000 (yuz million) soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Turonbank tomonidan tashkillashtirilgan „Turonbank stipendiyasi-2022“ musobaqasida TATU ning 4 nafar talabasi mazkur stipendiya sohibi boʻlishdi.
Yoshlar ishlari agentligi[33] tomonidan tashkil etilgan „Bilimdon talaba“ onlayn olimpiadada TATU ning 1 nafar talabasi gʻolib boʻldi.
2023-yil
tahrirTATU va hududiy filiallari 2023 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipendiyalariga 106 nafar talaba, hamda 11 turdagi Xalqaro va Respublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 24 nafar talaba turli sovrinli oʻrinlarga ega boʻldi. Xususan: 2023 yilda TATU va hududiy filiallarning 22 nafar talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sohibi boʻldi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohiblari 6 nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipendiya sohiblari 5 nafar, Beruniy nomli stipendiya sohiblari 9 nafar, Toʻlepbergen Kaipbergenov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1 nafar hamda Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1 nafarni tashkil etadi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari bilan taʼsis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasiga 56 nafar talaba va Vazirlik stipendiyasiga 28 nafar talaba sazovor boʻldi.
2023 yilning 23-28-aprel kunlari Turkmaniston Respublikasining Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oʻtkazilgan Xalqaro Ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS −2023)da Ochiq matematika fanining A. (matematika va informatika – taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar) kategoriyasi boʻyicha universitetning 1 nafar talabasi 2-oʻrinni va 3 nafar talabasi 3-oʻrinni egalashdi.
2023 yil may oyida "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan oʻtkazilgan Respublika fan olimpiadasida universitetning 1 nafar talabasi 1-oʻrin sohibi boʻldi.
2023 yil oktyabr oyida Nukus shahrida boʻlib oʻtgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiadada universtetning 1 nafar talabasi bronza medali sohibi boʻldi.
2023 yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahri Sirius federal markazida boʻlib oʻtgan Moliyaviy xavfsizlik boʻyicha III Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUdan 1 nafar talaba gʻolib boʻldi.
2023 yil 10-12-noyabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (UNDP[34]) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda xalqaro ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan „TechGenius“ hakatonida TATUning 5 nafar talabasi gʻolib boʻlishdi.
2023 yil 3-4 oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan "Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023" dasturi doirasidagi „Cyberkent[35]“ xalqaro sammiti CTF tanlovining yakka tartibidagi tanlovda barcha yuqori 1-2-3-oʻrinlarni Universitetning 3 nafar talabasi qoʻlga kiritdi. "Cyberkent" tanlovida jamoaviy boʻlib ishtirok etganlar orasida TATU talabalari ishtirok etgan „BALMAT13_SKW4D“ nomli jamoasi 1-oʻrin sohibi boʻldi.
2023 yil 27-29 noyabr kunlari oʻtkazilgan „2nd WORLDSKILLS ASIA COMPETITION ABU DHABI 2023“ musobaqasida TATUning 1 nafar talabasi yuqori natijalarni koʻrsatib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2023 yil noyabr oyida TATU talabasi AQShning APPLE kompaniyasi "App Development with Swift " kursni muvaffaqiyatli tugatib, professional trenerlik maxsus sertifikatini qoʻlga kiritdi.
Qozogʻistonning Astana shahrida joriy yilning 12-13-dekabr kunlari boʻlib oʻtgan NEERC xalqaro dasturlash musobaqasining finalida (ICPC[30] yarim finali) TATUning Code Of Duty (3 nafar talaba) jamoasi 2-darajali diplom bilan taqdirlandi va Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Ushbu musobaqada Algo Experts (3 nafar talaba) jamoasi ham 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.
TATUda „Yil talabasi-2023“ tanlovining universitet bosqichida 11 nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
2023 yil 21-23-iyun kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkazilgan „TechnoWays“ texnologik rivojlanish marafonida oʻzining „Walk Assistant“ ilmiy-innovatsion va texnologik loyihasi bilan ishtirok etgan Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Xamidjonov Zuxriddin Xusniddin oʻgʻli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Televizion texnologiyalar fakulteti talabasi Vahhobov Sardor Akbar oʻgʻli ham oʻzining „Arduino nano:MTBOT“ ilmiy-innovatsion va texnologik loyihasi bilan faol ishtirok etgani uchun sertifikat va qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlandi.
2023 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taʼsis etilgan "President Tech Award[36]" tanlovida Universitet va uning hududiy filiallaridan qatnashgan 5 ta jamoa oʻzlarining startap loyihalari bilan qatnashib, umumiy qiymati 380 ming AQSh dollari teng sovrinli oʻrinlarga ega boʻldi. Jumladan, 3 ta jamoa turli nominatsiyalar boʻyicha 1-oʻrinni egallab, har biri 100 ming AQSh dollar bilan, hamda bir jamoa 2-oʻrin uchun 50 ming AQSh dollari va bir jamoa 3-oʻrin uchun 30 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi.
Shuningdek, 2023 yilning 7 dekabrida oʻtkazilgan GPT-Hackathon tanlovida 3 nafar universitet talabasining loyihalari "tan olingan ishlar" roʻyxatidan joy olib sertifikatlar bilan taqdirlandi.
2024-yil
tahrirTATU va hududiy filiallari 2024 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipendiyalariga 116 nafar talaba, hamda 11 turdagi Xalqaro va Respublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 88 nafar talaba turli sovrinli oʻrinlarga ega boʻldi. Xususan:
2024 yilda TATU va hududiy filiallarning 25 nafar talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sohibi boʻlishi kutilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohiblari 6 nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipendiya sohiblari 7 nafar, Beruniy nomli stipendiya sohiblari 10 nafar hamda Ibroyim Yusupov 1 nafar hamda Toʻlepbergen Kaipbergenov nomli davlat stipendiasi 1 nafar talabalar hujjatlari topshirilgan. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari bilan taʼsis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasiga 60 nafar talaba va Vazirlik stipendiyasiga 31 nafar talaba sazovor boʻlishi kutilmoqda. (Stipendiyalar sohiblari boʻyicha oxirgi jarayonlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi[37] hamda Raqamli texnologiyalar vazirligida ishchi guruhlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda)
2024 yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasining Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oʻtkazilgan Xalqaro Ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2024)da Ochiq matematika fanining A. (matematika va informatika taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar) kategoriyasi boʻyicha universitetning 2 nafar talabasi 3-oʻrin egallab, Bronza medali sohibi boʻldi.
2024 yilning 22-26-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan anʼanaviy XIV Yevroosiyo yoshlar iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan „Innovatsion Yevrosiyo“ Xalqaro ilmiy-amaliy olimpiadasida „Tsifrovie resheniya dlya zdravooxraneniya: ekonomicheskaya effektivnost i dostupnost“ mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etgan TATU talabasi 1-oʻrin sohibi boʻldi.
2024 yil 8 iyunda „Informatika va axborot texnologiyalari“ fanidan oʻtkazilgan Respublika fan olimpiadasida universitetning 2 nafar talabasi 1- va 2-oʻrin sohibi boʻldi. TATU Fargʻona filiali talabasi 3- oʻrin sohibi boʻldi.
2024 yil avgust oyida oʻtkazilgan Huawei Seeds for the Future[38] dasturida universitetning 3 nafar talabasi gʻolib boʻldi.
2024 yil 20 avgustda oʻtkazilgan Xalqaro internet-olimpiadaning Informatika boʻyicha "Kompyuter kak universalnoe ustroystvo" yoʻnalishida 1 nafar TATU talabasi 2-oʻrin sohibi boʻldi.
2024 yil 14 avgustda oʻtkazilgan „Mir-Olimpiad“ xalqaro olimpiadaning Informatika boʻyicha "Yazik grammirovaniya Python" yoʻnalishida 1 nafar TATU talabasi 3-oʻrin sohibi boʻldi.
2024 yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahri Sirius federal markazida boʻlib oʻtgan Moliyaviy xavfsizlik boʻyicha Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUning 1 nafar talabasi gʻolib boʻldi.
2024 yil oktyabr oyida „Oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasini tayinlash toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq oʻtkazilgan tanlovda universitetimizning 5 nafar talabasi Markaziy bank[39]ning maxsus stipendiyasi sohiblari boʻldi.
2024 yil „Huawei Tech4Good global“ tanlovida universitet 1 nafar talabasi „Silver Award“ni qoʻlga kiritdi.
2024 yil „Mirzo Ulugʻbek vorislari“ Respublika tanlovida 1 nafar talaba gʻolib boʻldi.
2024 yil „TUIT Bright Future Week“ xaftaligi doirasida oʻtkazilgan turli xil musobaqa, xakaton va tanlovlarda TATUning 1000 dan ortiq talabasi faol ishtirok etishdi va ularning 38 nafari turli xil oʻrin sohiblari boʻlishdi.
2024 yil ROAD PATRUL Hackathon VR Sport dasturlash, robototexnika, kelajak robotlari, dron ekspluatatsiya yoʻnalishlarida 6 nafar talaba gʻolib boʻldi.
2024 yil „Ustranenie sifrovogo neravenstva“ nomli maʼlumotlarni vizuallashtirish xakatonida universitetimizning 3 nafar talabasi gʻolib boʻldi.
2024 yil noyabr oyida oʻtkazilgan ICPC [30]xalqaro dasturlash olimpiadasining chorak finalida TATU talabalari 1- va 4- oʻrinni qoʻlga kiritdi va 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
TATUda noyabr oyida „Yilning eng faol talabasi“ tanlovining universitet bosqichida 18 nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
2024 yil Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar (MSITF-2024) festivalida „Kelajak transport texnologiyalari robototexniksi“ musobaqasida universitetimiz talabalari 3-oʻrin. Shuningdek, (MSITF-2024) „Eng yaxshi robototexnika ustasi“ nominatsiyasida 1-oʻrin sohiblari boʻlishdi.
2024 yil Turkiya davlatining "TEKNOFEST 2024" xalqaro tanlovida „Barrier-Free Living Technologies Competition“ yoʻnalishi „Commercialization Potential Award“ nominatsiyasi boʻyicha 2 nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
2024 yil 29 sentyabr kuni Gresiya davlatida oʻtkazilgan International First Global Challenge[40] musobaqasida Oʻzbekiston jamoasi faxrli 2 oʻrinni egalladi va universitetning mas’ul xodimi va 1 nafar talabasi "kumush" medal sohibi boʻldi.
2024 yil 22 oktyabr kuni universitetda oʻtkazilgan Kriptologiya boʻyicha fan olimpiadaning birinchi bosqichida 3 nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2024 yil 17 noyabr kuni Kriptologiya boʻyicha Respublika fan olimpiadasida TATU talabasi 3 oʻrin sohibi boʻldi.
Bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanganligi
tahrirBu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va hududiy filiallarni tugallagan bitiruvichilarning ish bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi oʻrtacha 95-96 foizni tashkil etadi[manba kerak].
Shu bilan birga, oxirgi 2 yil mobaynida 500 nafardan ortiq bitiruvchilar oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini (oʻz mutaxassisligi va boshqa yoʻnalishlarda) olib borishmoqda. Undan tashqari, TATU va uning hududiy filiallarida tahsil olayotgan 1000 nafarga yaqin talabalar AKT sohasining turli yoʻnalishlarida frilanserlik faoliyatlarini olib borishmoqda[manba kerak].
Universitetni tamomlab, hozirda xorijiy davlatlarning mashhur kompaniyalarida ham faoliyat yuritayotgan bitiruvchilar ham mavjud boʻlib, xususan, Rossiyaning Mail.ru group, Yandex, Factor group, ProfitM, VTB Bank, Bastyon.com, MP LAB, „ADV-servis“ Elama.ru, Full Stack PHP Developer kompaniyalari, Belarusning EPAM Systems kompaniyasi, AQShning Frost Pixel Studio, Google, Express Scripts, EXADEL, Upwork, FreightPOP kompaniyalari, Yaponiyaning RIKEI CORPORATION kompaniyasi, Koreya Respublikasining Samsung, LG Electronics kompaniyalari, Xitoyning Huawei, ZTE Investment kompaniyalari, Malta Respublikasidagi „Topcontent“ va „Tune Consulting“ kompaniyalari, Estoniyaning Bekkend va Team Lead, Software engineer kompaniyasi, Vengriyaning „Smart IT Solutions Team“ MCHJ hamda boshqa kompaniyalarda 150 dan ortiq bitiruvchilar ishlab kelmoqda[manba kerak].
„Registrator ofisi“ faoliyati
tahrirMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2022-yil 2-sentyabrdan „Qabul va talabalar registrator boshqarmasi[41]“ faoliyati yoʻlga qoʻyilib, uning tarkibida talabalarga elektron xizmatlar koʻrsatishga yoʻnaltirilgan Registrator ofisi ishga tushirildi. Boshqarma tarkibida „Qabul boʻlimi“ va „Talabalar registrator boʻlimi“ faoliyat yuritadi. Boshqarma umumiy maydoni 243 kvadrat metrni tashkil qiladi universitet binosi hududida joylashgan. Shundan 32 kvadrat metr „reception“ uchun hamda 47 kvadrat metr maydon „yagona darcha“ tamoyili asosida talabalarga xizmat koʻrsatish uchun operatorlarga ajratilgan.
Ish samaradorligini oshirish, abituriyentlar, talabalar va ularning ota-onalari, universitetni bitirgan bitiruvchilar va turli maqsadlarda murojaat qilayotganlarga samarali va sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida boshqarma texnik jihatdan barcha talablarga javob beradigan texnika vositalari bilan jihozlangan hamda barcha qulayliklarga ega[manba kerak].
Bugungi kunda boshqarmada 43 ta xizmat turlari mavjud boʻlib, abituriyentlar, talabalar, bitiruvchilar va boshqalarga ogʻzaki yoki yozma tarzda koʻrsatilib kelinmoqda. Ushbu xizmatlar „Qabul va talabalar registrator boshqarmasi“ Nizomida keltirilgan va universitetning 2023-yil 28-fevraldagi 174-01-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan[manba kerak].
Jumladan:
- Oʻqiyotganlik (oʻqiganlik) toʻgrisida maʼlumotnoma olish;
- Transcript (akademik maʼlumotnoma) olish;
- Talabalarning shaxsiy maʼlumotlarini oʻzgartirish;
- Talabalik guvohnomalarini olish;
- Yillik akademik kalendar (oʻquv grafigi) haqida maʼlumot olish;
- Diplomlarini tasdiqlatish (diplom.edu.uz);
- „Credit recognition“ olish;
- Toʻlov-kontrakt miqdorlari haqida maʼlumot olish;
- Fakultetlar haqida maʼlumot olish;
- Akademik mobillik shartlari haqida maʼlumot olish;
- Talabalar safidan chetlashtirish haqida maʼlumot olish;
- Akademik taʼtil haqida maʼlumot olish;
- Oʻqishni koʻchirish shartlari haqida maʼlumot olish;
- Oʻqishni tiklash va u haqida maʼlumot olish;
- Xorijdan oʻqishni koʻchirish va turdosh yoʻnalishlari haqida maʼlumot olish;
- Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish va uning shartlari haqida maʼlumot olish;
- Magistraturaga qabul va turdosh yoʻnalishlar haqida maʼlumot olish;
- Taʼlim shaklini oʻzgartirish haqida maʼlumot olish;
- Guruhdan-guruhga oʻtkazish va u haqida maʼlumot olish;
- Talabalarning yigʻma jildlarini qabul qilish;
- Talabalarning hujjatlaridan nusxalar olish;
- Talabalarning yigʻma jildlarini qaytarish;
- Arxiv maʼlumotnoma olish (bitiruvchilar uchun);
- Diplom va ilovasini olish (bitiruvchilar uchun).
kabi xizmatlar shular jumasidandir.
Registrator ofisiga turli xil xizmat turlari boʻyicha kuniga oʻrtacha 90-100 dan ortiq murojaatlar kelib tushmoqda. 2023—2024-yillardagi faoliyat davomida ofis tomonidan kunlik maksimal xizmat koʻrsatish soni 500 dan oshgan. Ushbu xizmatlar asosan talaba kartalarini rasmiylashtirish, transcript va buyruqlardan koʻchirmalar olish, qabul va oʻqishni koʻchirish boʻyicha maslahatlar berish, talabalarni elektron taʼlim tizimlariga roʻyxatdan oʻtkazish xizmatlari hisobiga toʻgri keladi[manba kerak].
Rahbariyati
tahrir- Rektor: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich
- Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor: Yaxshibayev Doniyor Sultonbayevich
- Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor: Sultanov Djamshid Baxodirovich
- Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor: Tashev Komil Axmatovich
- Moliya-iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektor: Toshmatov Saloxiddin Zayniddinovich
- Hududiy oʻquv muassasalari boʻyicha prorektor: Toʻrayev Shavkat Shuxratovich
Fakultetlari
tahrirKafedralari
tahrir- AKT sohasida iqtisodiyot
- Axborot taʼlim texnologiyalari
- Axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti
- Axborot xavfsizligi
- Axborot-kutubxona tizimlari
- Algoritmlash va matematik modellashtirish
- Elektronika va radiotexnika
- Energiya taʼminlash tizimlari
- Fizika
- Gumanitar fanlar
- Informatika asoslari
- Infokommunikatsiya injiniringi kafedrasi
- Kiberxavfsizlik va kriminalistika
- Kompyuter tizimlari
- Kriptologiya
- Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari
- Menejment va marketing
- Multimedia texnologiyalari
- Mobil aloqa texnologiyalari
- Oliy matematika
- Oʻzbek va rus tillari
- Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi
- Sunʼiy intellekt
- Telekommunikatsiya injiniringi
- Televizion va media texnologiyalar
- Teleradioeshittirish tizimlari
- Tizimli va amaliy dasturlashtirish
- Chet tillari
Oʻquv-uslubiy faoliyati
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2018-yil 24-iyuldagi „Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 569-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimi respublika oliy taʼlim muassasalari qatorida birinchilardan boʻlib joriy etildi.
Universitetda 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab bakalavriatning masofaviy taʼlim shaklida talabalar qabul qilindi. Shu yildan yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi „Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-60-son qaroriga[42] muvofiq universitet grifi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish yoʻlga qoʻyildi.
Universitetda taʼlim dasturlarini 2023/2024 oʻquv yilida xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 500 talik va 2024/2025 oʻquv yilida xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyxatiga kirgan oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlari asosida takomillashtirildi. 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab 610 000 – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi soha kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Fanlarning mustaqil taʼlim shakliga ajratilgan soatlar hajmi bosqichma-bosqich oshirilib, bugungi kunda fanlarning 60%i mustaqil taʼlimga qaratildi.
Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash jarayonida oʻquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish hamda ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllagan holda oʻquv jarayonlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida yangi, zamonaviy kafedralar, jumlasadan, Sunʼiy intellekt[43], Kiberxavfsizlik va kriminalistika[44], Kriptologiya[45], Infokommunikatsiya injiniringi[46], Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi[47] kabi kafedralar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Universitetda keying yillarda ishlab chiqarish bilan integratsiyani taʼminlash, nazariy berilgan bilimlarni amaliyotlarda sinovdan oʻtkazish maqsadida zamonaviy asbob – uskunalar bilan jihozlangan oʻquv va ilmiy laboratoriyalar tashkil etildi
Universitetda „Oʻzbektelekom“ AK[2], Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi[3] – „RRTM“DUK, „UNICON.UZ“[4] – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi" MCHJ, Elektromagnit moslashuv markazi [5]- „EMMM“ DUK, MobiUz[6] mobil aloqa operatori („UMS“ MCHJ), ZTE kompaniyasi[48] va boshqa hamkorlar bilan „Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sunʼiy intellekt“ oliy muhandislik maktabi tashkil etildi. Oliy muhandislik tarkibida 14 ta yangi laboratoriyalar kompleksi ochilib, 2024-2025 oʻquv yilidan toʻliq faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024 yil 5 fevral kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 9-son bayonida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2024 yil 6 may kuni oliy taʼlimning ustuvor masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan taqdimotda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 20 maydagi „Oliy taʼlimning davlat taʼlim standard. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori“ Oʻzbekiston Respublikasining Davlat standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi 168-son buyrugʻiga muvofiq „Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari“ taʼlim sohasiga tegishli amaladagi 24 ta taʼlim yoʻnalishidan 12 ta taʼlim yoʻnalishiga hamda 35 ta mutaxassislikdan 34 ta mutaxassislikka tushirildi.
2024/2025 oʻquv yilidan TATUda 5 ta, jumladan, Iqtisodiyot, Menejment, Amaliy matematika, Axborot tizimlari va texnologiyalari, Simsiz aloqa va teleradioeshittirish injiniringi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda magistraturaning 4 ta Taʼlimda axborot texnologiyalari, Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari, Televizion texnologiyalar, Audio-videotexnologiyalar mutaxassisliklari yangi tashkil etildi.
Shuningdek, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Iqtisodiyot, Menejment, Axborot tizimlari va texnologiyalari, Sunʼiy intellekt bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining masofaviy taʼlim shakli, Iqtisodiyot, Simsiz aloqa va teleradioeshittirish injiniringi, Pochta aloqasi texnologiyasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining sirtqi taʼlim shakli tashkil etildi.
Mavjud taʼlim yoʻnalishlarida jami 311 ta fanlar oʻqitilmoqda, ulardan 5 ta fundamental fanlar (Tarix, Falsafa, Dinshunoslik, Xorijiy til, Akademik yozuv), 148 ta mutaxassislik uchun majburiy fanlar hamda 163 ta ochiq va mutaxassislik tanlov fanlari hisoblanadi.
Universitetning 12 ta taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv rejalari, fan dasturilarini ishlab chiqishda KAIST[49], KyungHee universiteti (J.Koreya)[50], Nanyang Texnologiya Universiteti (Singapur)[51], Florida[52] va Karnegie Mellon[53] Universitetlari (AQSh), Turin Politexnika universiteti (Italiya)[54], Singxua Universiteti (Xitoy), Lund Universiteti (Belgiya)[55], Karlos III Madrid universiteti[56] (Ispaniya) kabi oliygohlarning taʼlim dasturlari asos qilib olingan.
Fundamental, ochiq tanlov va qisman tanlov fanlardagi farqlar hisobiga oʻquv rejalarni xorijiy TOP-300 talik oliygohlarning taʼlim dasturlari bilan oʻrtacha 80 foiz mutanosibligiga erishildi.
Xorijiy hamkor OTMlar bilan 5 ta qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil qilingan. Xususan, Klagentfurt (Avstriya) universiteti[57] va Sejong universiteti (J.Koreya)[58] bilan 1+1 formatda magistratura, BGUIR (Belarus)[59] va Yongnam (J.Koreya) bilan 2+2 formatda bakalavr, shuningdek, Kukmin (J.Koreya) universiteti[60] bilan 3+1 formatda bakalavr qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil etildi.
Shuningdek, Universitetda keyingi yillarda mehnat bozori talablari asosida zamonaviy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar ochildi.
Bakalavr yoʻnalishlari
tahrirKunduzgi
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60310500 | Raqamli iqtisodiyot (Axborot-kommunikatsion texnologiyalari) |
2 | 60320400 | Kutubxona axborot faoliyati (Axborot – kutubxona texnologiyalari) |
3 | 60412800 | Elektron tijorat |
4 | 60610300 | Axborot xavfsizligi (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis) |
5 | 60610500 | Kompyuter injiniringi („AT-Servis“, „Kompyuter injiniringi“, „Multimedia texnologiyalari“) |
6 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
7 | 60610700 | Sunʼiy intellekt |
8 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari(„Mobil tizimlar“, „Telekomunikatsiyalar“, „Teleradioeshittirish“) |
9 | 60611100 | Televizion texnologiyalar („Telestudiya tizimlari va ilovalari“, „Audiovizual texnologiyalar“) |
10 | 60611200 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment |
11 | 60611300 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi |
12 | 60611400 | Pochta aloqasi texnologiyasi |
13 | 60611500 | Radioelektron qurilmalar va tizimlar (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari) |
14 | 60612000 | Infokommunikatsiya injiniring |
15 | 60612100 | Kiberxavfsizlik injiniringi |
16 | 60612300 | Sunʼiy yoʻldoshli aloqa tizimlari |
17 | 60612400 | Elektr aloqa injiniringi |
18 | 60710600 | Elektr energetikasi (Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalar) |
19 | 61011000 | Logistika injiniringi |
20 | 60711500 | Mexatronika va Robototexnika |
21 | 60540300 | Matematik injiniring (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari) |
22 | 60410100 | Iqtisodiyot |
23 | 60410800 | Menejment |
24 | 60540200 | Amaliy matematika |
25 | 60610100 | Axborot tizimlari va texnologiyalari |
26 | 60611000 | Simsiz aloqa va teleradioeshittirish injiniringi |
Sirtqi
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60412800 | Elektron tijorat |
2 | 60310500 | Raqamli iqtisodiyot |
3 | 5330300 | Axborot xavfsizligi |
4 | 60610500 | Kompyuter injiniringi („AT-Servis“, „Kompyuter injiniringi“, „Multimedia texnologiyalari“) |
5 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari(„Mobil tizimlar“, „Telekomunikatsiyalar“, „Teleradioeshittirish“) |
6 | 5350600 | Kutubxona-axborot faoliyati |
7 | 5350400 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi |
8 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
9 | 60611100 | Televizion texnologiyalar („Telestudiya tizimlari va ilovalari“, „Audiovizual texnologiyalar“) |
10 | 60611200 | AKT sohasida iqtisodiyot va menejment |
11 | 60612100 | Kiberxavfsizlik injiniringi |
Masofaviy
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60610500 | Kompyuter injiniringi („AT-Servis“, „Kompyuter injiniringi“, „Multimedia texnologiyalari“) |
2 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
3 | 60410100 | Iqtisodiyot |
4 | 60410800 | Menejment |
5 | 60610500 | Axborot tizimlari va texnologiyalari |
6 | 60610500 | Sunʼiy intellekt |
Magistratura yoʻnalishlari
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 70112401 | Professional taʼlim nazariyasi va metodikasi (Kompyuter injiniringi) |
2 | 70210402 | Kompyuter grafikasi va dizayn |
3 | 70310501 | Raqamli iqtisodiyot |
4 | 70320402 | Elektron kutubxona va arxivlar |
5 | 70411701 | Logistika (Raqamli logistika) |
6 | 70412801 | Elektron tijorat |
7 | 70610101 | Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (Dasturiy injiniring) |
8 | 70610205 | Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari |
9 | 70610301 | Kriptografiya va kriptoanaliz |
10 | 70610302 | Axborot xavfsizligi |
11 | 70610501 | Kompyuter injiniringi („Axborot va multimedia texnologiyalari“, „Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash“, „Kompyuter tizimlarini loyihalash“) |
12 | 70610502 | "Elektron hukumat" tizimini boshqarish |
13 | 70610503 | Tibbiyotda kompyuter tizimlari |
14 | 70610504 | Maʼlumotlar ilmi |
15 | 70610505 | Internet ashyolari |
16 | 70610601 | Dasturiy injiniring |
17 | 70610701 | Sunʼiy intellekt |
18 | 70611001 | Telekommunikatsiya injiniringi („Axborot uzatish tizimlari“, „Teleradioeshittirish“, „Telekommunikatsiya texnologilari“) |
19 | 70611003 | Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy taʼminoti |
20 | 70611004 | Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi |
21 | 70611005 | Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi |
22 | 70611006 | Fotonika va optik aloqa |
23 | 70611101 | Multiplikatsion filmlar texnologiyalari |
24 | 70611401 | Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi |
25 | 70611601 | Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari |
26 | 70611701 | Mobil aloqa tizimlari |
27 | 70611702 | Intellektual axborot kommunikatsion tizimlari |
28 | 70611703 | Sunʼiy yoʻldoshli aloqa tizimlari |
29 | 70611802 | Videotexnologiyalar |
30 | 70611901 | Maxsus yoritish texnologiyalari |
31 | 70612101 | Raqamli kriminalistika |
32 | 70710601 | Elektr taʼminoti (Telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) |
33 | 70711801 | Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar |
34 | 70610105 | Taʼlimda axborot texnologiyalari |
35 | 70610602 | Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari |
36 | 70610701 | Televizion texnologiyalar |
37 | 70611006 | Audio-videotexnologiyalar |
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim
tahrir- 05.01.01 – Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va video-texnologiyalari;
- 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash
- 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari
- 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti;
- 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi;
- 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui;
- 05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik;
- 05.01.10 – Axborot olish tizimlari va jarayonlari;
- 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt
- 05.04.01 – Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash;
- 05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil va optik tolali aloqa tizimlari;
- 08.00.05 – Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti;
- 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya.
Universitetning hududiy filiallari
tahrirMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona, Urganch, Samarqand, Nukus, Qarshi va Nurafshon filiallari mavjud.
TATU hududiy filiallarida jami 12 ta fakultet va 41 ta kafedra mavjud.
Filiallarida 18000 ming nafardan ziyod talabalar tahsil oladi. Filiallarda 12 ta bakalavriatura taʼlim yoʻnalishlari va 9 ta magistratura mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Filiallarida 510 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Ulardan 20 nafardan ortiq fan doktori hamda 175 nafardan ortiq fan nomzodlari hisoblanadi.
Respublika oliy taʼlim muassasalari filiallari milliy reytingining 2023 yilda eʼlon qilingan maʼlumotlariga asosan TATU Samarqand filiali 1-oʻrin, Urganch filiali 4-oʻrin, Fargʻona filiali 5-oʻrin, Nukus filiali 9-oʻrin egallagan, Qarshi filiali 11-oʻrinni egallagan.
TATU hududiy filiallarida „Kompyuter injiniringi“, „Dasturiy injiniring“, „Sunʼiy intellekt“, „Telekommunikatsiya texnologiyalari“, „Kiberxavfsizlik injiniringi“, „Axborot tizimlari va texnologiyalari“, „Mexatronika va robototexnika“, „Televizion texnologiyalar“, „Simsiz aloqa va teleradioeshittirish injiniringi“, „Raqamli iqtisodiyot“, „Iqtsodiyot“ va kabi bakalavriatura va „Kompyuter injiniringi“, „Dasturiy injiniring“, „Telekommunikatsiya injiniringi“, „Sunʼiy yoʻldoshli aloqa tizimlari“, „Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti“, „Maʼlumotlar ilmi (Data science)“, „Sunʼiy intellekt“, „Raqamli iqtisodiyot“ mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
TATU filiallarida „Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi“, „Robototexnika va Mexatronika“, „Robototexnika va avtomatlashtirish“, „Zamonaviy GPON texnologiyasi asosida qurilgan optik abonent tarmoqlarini oʻrganish va tadqiq qilish“, „Oʻrnatilgan tizimlar“, „Tibbiyotda axborot tizimlari“, „Internet of things“, „Raqamli iqtisodiyot“, „Virtual reallik“ hamda „Keyingi avlod konvergent tarmoqlari“ kabi 45 ta oʻquv va oʻquv-ilmiy laboratoriyalar mavjud boʻlib, 2023-2024-yillarda „Oʻrnatilgan tizimlar“, „Kompyuter tashkil etish“, „CITRON R&D“ „Robototexnika va avtomatlashtirish“, „Zamonaviy GPON texnologiyasi asosida qurilgan optik abonent tarmoqlarini oʻrganish va tadqiq qilish“, „Internet of things“, „Keyingi avlod konvergent tarmoqlari“ „Kompyuterli va matematik modellashtirish“ „Elektronika va sxemalar“, „Simsiz aloqa tarmoqlari“, „Tizimlar va signallarni qayta ishlash“, „SpaceCom“, „Tibbiyotda texnik reabilitatsiya TechReh“, „Yashil iqtisodiyot“, „Sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik“, „Murakkab jarayonlarni modellashtirish“ va „Multi Technology“ kabi yangi oʻquv laboratoriya tashkil etilgan.
Hududiy filiallarida 10 dan ortiq ilmiy maktablar tashkil etilgan. Bu ilmiy maktablarda raqamli iqtisodiyot, intellektual tizimlarni loyihalash, signallar va tasvirlarga raqamli ishlov berish, elektron resurslar xavfsizligini taʼminlash, tarmoq xavsizligini taʼminlash kabi bir qator yoʻnalishlarda tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.
Universitet filiallarini har yili oʻrtacha 2500 nafardan ortiq talabalar bitiradi, ularning qariyib 90 foizi ish bilan taʼminlangan. Ular aksariyati IT sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Hududiy filiallarni tamomlab, hozirda xorijiy davlatlarning mashhur brendga ega kompaniyalarida ham faoliyat yuritayotgan bitiruvchilar ham mavjud boʻlib, xususan Rossiya federatsiyasining Mail.ru group, Yandex, Factor group, ProfitM, VTB Bank, Bastyon.com, MP LAB, „ADV-servis“ Elama.ru, Full Stack PHP Developer kompaniyalari, Belarusning EPAM kompaniyasi, AQShning Frost Pixel Studio, Google, Express Scripts, EXADEL, EPAM Systems, FreightPOP kompaniyalari, Yaponiyaning RIKEI CORPORATION kompaniyasi, Koreya Respublikasining Samsung kompaniyasi, Xitoyning HUAWEI kompaniyasi, Malta Respublikasidagi „Topcontent“ va „Tune Consulting“ kompaniyalari, Estoniyaning Bekkend va Team Lead, Software engineer kompaniyasi, Vengriyaning „Smart IT Solutions Team“ MCHJ hamda boshqa kompaniyalarda 50 dan ortiq bitiruvchilar ishlab kelmoqda.
TATU va uning hududiy filiallari huzuridagi 13 ta texnikumlar mavjud boʻlib bugungi kunda 4 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilar tahsil olmoqda. Shuningdek, 2025 yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-oktyabrdagi „Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoniasosida qududiy filiallar huzurida yangi 19 ta texnikumlar tashkil etishi belgildi.
TATU va uning hududiy filiallari huzuridagi mavjud texnikumlarda bugungi kunda 20 ta kafedra mavjud boʻlib, ularda 100 ga yaqin oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Texnikumlarda 19 ta oʻquv laboratoriyalar mavjud.
Texnikumlar 13 ta universitet, 3 ta institut, 67 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 81 ta oʻzaro hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlariga ega.
Texnikumlarda oxirgi 2023-2024-yillar 2000 nafardan ortiq bitiruvchi tugallagan boʻlsa, ularning 22.5% ijtimoiy sohada (Oliy taʼlim, xalq taʼlimi, oʻrta maxsus taʼlim tizimi va boshqalar), 11.2% sanoat va ishlab chiqarish, 6.1%, bank-moliya sohadagi, 17.5% transport-aloqa, 42.7% boshqa sohalardagi tashkilot va korxonalarda faoliyat yuritmoqda.
TATU va xududiy filiallari huzurida 4 ta akademik litsey faoliyat yuritadi. Litseylarida umumiy 7 ta oʻquv binolar va 4 ta sport inshoatlari hamda 2 ta talabalar turar joylari mavjud. Ushbu litseylarda 1500 nafardan ziyod oʻquvchilar 4 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olishmoqda.
TATU va xududiy filiallari huzuridagi litseylar bitiruvchilarining oxirgi 2022-2024-yillarda oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi oʻrtacha 94 foizni tashkil qilmoqda. Bitiruvchi oʻquvchilarning 28% axborot texnologiyalari, 29% pedagogika, 11% bank-moliya, 27% texnika, 5% tibbiyot va boshqa sohalar boʻyicha oliy taʼlim muassasalarda oʻqishlarini davom ettirishmoqda.
Filiallari
tahrir- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali
Mashhur bitiruvchilar
tahrir- Abdulla Nigʻmatovich Aripov (1982)
- Agrepina Vasilyevna Shin (1980)
- Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov (2004)
- Xurshid Mirsabirovich Mirzaxidov (1995)
- Maxsudov Jamol Tilloyevich (Wayback Machine saytida 2024-03-09 sanasida arxivlangan)
- Fayzullaev Alisher Nasibullaevich[sayt ishlamaydi]
Xalqaro faoliyat
tahrirIjtimoiy faoliyat
tahrirGalereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti“.
- ↑ 2,0 2,1 „"O'zbektelekom" AK“.
- ↑ 3,0 3,1 „Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi“.
- ↑ 4,0 4,1 „“UNICON.UZ”[1 - fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MCHJ“].
- ↑ 5,0 5,1 „Foydalanuvchi munozarasi:"Elektromagnit moslashuv markazi" davlat unitar korxonasi“, Vikipediya, 2024-01-30, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ 6,0 6,1 „Mobiuz“, Википедия (ruscha), 2023-11-06, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ 7,0 7,1 „“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3080-sonli farmoni“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2002-yil 30-may). Qaraldi: 4-iyun 2025-yil.
- ↑ „““Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 385-sonli qarori”gi“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2002-yil 7-noyabr). Qaraldi: 4-iyun 2025-yil.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 9,7 9,8 „Universitet xronologiyasi“.
- ↑ „“Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-91-sonli Qarori“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2005-yil 2-iyun). Qaraldi: 4-iyun 2025-yil.
- ↑ „TATUga al-Xorazmiy nomi berildi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2017-yil 15-mart). Qaraldi: 4-iyun 2025-yil.
- ↑ „TATU tarkibida Oʻzbek-Belarus qoʻshma fakulteti ochiladi Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/tatu_tarkibida_uzbek-belarus_qushma_fakulteti_ochiladi“. Norma.uz (2019-yil 23-yanvar). Qaraldi: 4-iyun 2025-yil.
- ↑ „“Muhandislik oyligi” rasman ochib berildi“. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (2025-yil 8-aprel). Qaraldi: 4-iyun 2025-yil.
- ↑ „TATUda “Muhandislik oyligi” boshlandi“.
- ↑ „Ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi!“. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (2024-yil 8-oktabr). Qaraldi: 4-iyun 2025-yil.
- ↑ https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2024/regional-ranking?page=1#!/length/25/locations/UZB/sort_by/rank/sort_order/asc/cols/stats
- ↑ https://www.timeshighereducation.com/interdisciplinary-science-rankings#!/length/25/locations/UZB/sort_by/rank/sort_order/asc
- ↑ https://www.timeshighereducation.com/interdisciplinary-science-rankings#!/length/25/name/tashkent/sort_by/rank/sort_order/asc
- ↑ „QS World University Rankings: Asia 2025“. topuniversities.com. QS World University Rankings (2024-yil 6-noyabr). Qaraldi: 4-iyun 2025-yil.
- ↑ https://www.topuniversities.com/qs-stars
- ↑ „UI GreenMetric“, Wikipedia (inglizcha), 2024-08-08, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „KOICA bilan 3 ta loyiha yuzasidan seminar o‘tkazildi“. Xabar.uz. Xabar gazetasi (2022-yil 24-avgust). Qaraldi: 4-iyun 2025-yil.
- ↑ „Team building“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-06, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „GPA (disambiguation)“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-07, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ 25,0 25,1 „TUIT Incubation Center“.
- ↑ https://t.me/tuituz_official/4979
- ↑ https://tuit.uz/post/moliyaviy-xavfsizlik
- ↑ https://t.me/tuituz_official/6263
- ↑ https://t.me/tuituz_official/2876
- ↑ 30,0 30,1 30,2 „International Collegiate Programming Contest“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-02, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „O'zbekkosmos“, Vikipediya, 2024-12-04, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „NASA“, Vikipediya, 2024-09-04, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Yoshlar ishlari agentligi“, Vikipediya, 2024-11-24, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „United Nations Development Programme“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-13, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „«Cyberkent» kiberxavfsizlik tanlovi“. 2024-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
- ↑ „Prezident Tech Award — bu 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi dasturiy mahsulotlar uchun tanlov“.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi“, Vikipediya, 2024-11-16, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Inspiring Global Talent to Shape the Future“.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki“.
- ↑ „FIRST Global Challenge“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-31, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Qabul va talabalar registrator boshqarmasi“.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.12.2021 yildagi PQ-60-son“.
- ↑ „Sun’iy intellekt kafedrasi“.
- ↑ „Kiberxavfsizlik va kriminalistika kafedrasi“.
- ↑ „Kriptologiya kafedrasi“.
- ↑ „Infokommunikatsiya injiniringi kafedrasi“.
- ↑ „Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi“.
- ↑ „ZTE“, Википедия (ruscha), 2024-09-05, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „KAIST“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-17, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Kyung Hee University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-10, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Nanyang Technological University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-16, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „University of Florida“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-13, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Carnegie Mellon University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-15, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Polytechnic University of Turin“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-25, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Lund University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-13, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Мадридский университет имени Карла III“, Википедия (ruscha), 2023-10-21, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „University of Klagenfurt“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-13, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Sejong University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-15, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Belarusian State University of Informatics and Radioelectronics“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-27, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Kookmin University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-27, qaraldi: 2024-12-16
- ↑ „Tеxnikumlar va litseylar faoliyati“.
Havolalar
tahrir- Universitet sahifasi (Wayback Machine saytida 2017-06-03 sanasida arxivlangan)
- TATU rasmiy kanali Telegramda
- TATU rasmiy sahifasi Facebookda
- TATU rasmiy sahifasi Linkedinʼda