Bosh menuni ochish

"Mustaqillik" ordeni - Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlaridan biri. Bu orden bilan Oʻzbekiston fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. Ayrim hollarda Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. 1994-yil 5-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan taʼsis etilgan. Orden 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan 925 darajali kumushdan tayyorlanib, ikki yon bagʻridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali musamman koʻrinishida. Ordenning markazida mustaqillik ramzi boʻlgan Humo qushi kumush rangda tasvirlangan. "Mustaqillik" ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi. Bu orden bilan marhum adiblar Abdulla Qodiriy (1994), Choʻlpon (1999), Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov (1996) mukofotlangan.[1]

Mustaqillik ordeni
Asl nomi Мусақиллик ордени
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi davlat mukofoti
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston va chet el fuqarolariga
Taqdirlash asosi mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1994-yil 5-may
Navbat
Toʻngʻich mukofot Oʻzbekiston Qahramoni
Kenja mukofot Amir Temur ordeni

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil