Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

Oʻzbekistonning amaldagi konstitutsiyasi
(Oʻzbekiston Konstitutsiyasidan yoʻnaltirildi)

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjat bo'lib u 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

Tarixi

tahrir

1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi. „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10-sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddama-modda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan kuchga kirdi. Bunga 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan referendum natijasiga koʻra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos boʻldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan. Yangi konstitutsiya 65 foizga yangilangan[1][2].

Kiritilgan oʻzgarishlar

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 15 marta oʻzgartirish kiritilgan.

  • 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi „150 nafar deputatdan“ degan soʻzlar „deputatlardan“ degan soʻz bilan almashtirildi;
  • 2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan;
  • 2007-yil 11-apreldagi Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;
  • 2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi qismiga oʻzgartish kiritilgan;
  • 2011-yil 18-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;
  • 2011-yil 12-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;
  • 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;
  • 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;
  • 2017-yil 31-mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108 va 109-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;
  • 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 99 va 102-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;
  • 2018-yil 15-oktabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi „ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini“ degan soʻzlar „raisni (oqsoqolni)“ degan soʻzlar bilan almashtirilgan;
  • 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80 va 93-moddalardagi „Milliy“ degan soʻz „Davlat“ degan soʻz bilan almashtirilgan;
  • 2019-yil 5-martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93 va 98-moddalarga oʻzgartirishlar kiritilgan;
  • 2019-yil 4-sentabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117-moddalarga oʻzgartirishlar kiritildi.

Shuningdek:
2021-yil 8-fevral kuni „Oʻzbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi. Oʻzgartirishga koʻra, Oʻzbekistonda sud tizimi quyidagilardan iboratligi belgilandi:

Tuzilishi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʻlim, 27 bob, 155 moddadan iborat[4].

1-boʻlim (I-IV bob, 1-4-moddalar) „Asosiy prinsiplar“ deb nomlangan.

2-boʻlim (V-XI bob, 19-64-moddalar) „Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari“ deb ataladi.

3-boʻlim (XII-XV bob, 65-82-moddalar) „Jamiyat va shaxs“ deb ataladi.

4-boʻlim (XVI-XVII bob, 83-90-moddalar) „Maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishi“ deb nomlangan.

5-boʻlim (XVIII-XXVII bob, 91-153-moddalar) „Davlat hokimiyatining tashkil etilishi“ deb nomlangan.

6-boʻlim (154-155-moddalar) „Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi“ deb ataladi.

Manbalar

tahrir