Lola Karimova-Tillayeva
Lola Islomovna Karimova-Tillayeva (Лола Исломовна Каримова-Тиллаева; 1978-yilda tugʻilgan, Toshkent) — Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi.
Lola Karimova Tillayeva | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
3-iyul 1978-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Timur Tillayev |
Bolalari | oʻgʻli - Umar , qizi - Maryam |
Otasi | Islom Karimov |
Onasi | Tatyana Akbarovna Karimova |
Veb-sayti | lolakarimova.com |
Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillaeva mamlakatning koʻp asrlik merosini Yevropada tanitishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Bundan asosiy maqsad esa tamaddunlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashda va ularning qadriyatlarini hurmat qilishda koʻmaklashishdir.
Karimova-Tillaeva taʼlim va sportni qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birga ikki yirik hayriya tashkilotlarning boshligʻi sifatida, etim va nogiron bolalarga yordam berish faoliyati bilan Oʻzbekistonda tanilgan.
Lola Karimova-Tillaeva 1978-yil Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda tavallud topdi. U Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida „Xalqaro huquq“ yoʻnalishi boʻyicha bakalavr va magistrlik darajasini oldi, soʻngra Toshkent davlat universitetida psixologiya fanlari nomzodi darajasiga ega boʻldi.
Karimova-Tillaeva Oʻzbekistondagi mehribonlik uylaridagi ahvolni yaxshilash boʻyicha milliy islohotlarni tashubbuskori boʻlgan hamda ularni amalga oshirishda faol ishtirok etgan. Ushbu islohotlar tufayli koʻplab bolalar oʻsib, ulgʻayish uchun katta imkoniyatlarga ega boʻldilar.
Oʻz faoliyati davomida, Lola Karimova-Tillaeva hamisha taʼlim, madaniyat va sport, tinchlik va tolerantlikni taʼminlovchi, madaniyatlarni bir biriga bogʻlovchi, qoʻrslik va bidʼatlarga qarshi kurashuvchi asosiy omil ekanligiga ishonib kelgan.
UNESCO elchisi Tahrirlash
Lola Karimova-Tillaeva 2008-yilning yanvar oyida YUNESKOdagi Oʻzbekistonning Doimiy vakili vazifasiga tayinlangan. Karimova-Tillaeva hamda uning safdoshlari madaniyatlaroro muzokaralarning ilgari surish hamda rivojlanishiga Oʻzbekistonning boy maʼnaviy va madaniy-tarixiy merosi borasida Yevropa jamoatchiligining xabardorligini oshirish yoʻli orqali oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar.[1]
„Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi“ degan tushuncha keng tarqalgan bir paytda, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi elchisi faoliyati jarayonida, Lola Karimova-Tillaeva Gʻarb hamda musulmon olami oʻrtasidagi dialogni yanada olgʻa surish, mavjud tushunmovchiliklarni hamda destruktiv stereotip va yanglishishlarni bartaraf qilish uchun kerakli shart-sharoit yaratishlikda taʼlim va madaniyatlararo hamfikrlikni ilgari surishni axamiyatli vosita sifatida tan oladi va unga ayniqsa katta axamiyat beradi.
Manbalar Tahrirlash
- ↑ ЮНЕСКО ЭЛЧИСИ, 2013-06-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-04
Havolalar Tahrirlash
Vikiomborda Lola Karimova-Tillayeva haqida turkum mavjud |