Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻri-sidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, ta-fakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kate-goriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraq,-qiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda Psixologiya bir tomondan, biol. fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantik hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.

Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demok-/shyaning moddiyunchiligi asosida) talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.

Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad. qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) Psixologiya yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.

Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar Psixologiya rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. 18-asrgakelib M. V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, Psixologiya A. Golbax, D. Didro Psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. Psixologiya 19-asrning 2yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879 yil dastlabki eksperi-mental lab.ni jihozlashga erishdi.

Psixologiya taraqqiyotida umuman 19-asrdagi ek-sperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar majmu-asi qoʻllana boshlandi: kuzatish, lab. eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va h.k. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va h.k. Psixologiyaningrivojiga I. M. Sechenov (psixikaning reflektor tabiati), I. Psixologiya Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Rossiyada V. M. Bexterev eksperimental lab. (Qozon, 1885), Harkov universiteti va N. N. Langening Odessadagi lab., G.Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsa-kovning Moskvadagi, keyinchalik V. M. Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryev (Tartu, Estoniya)dagi eksperimen-tal lab. lari Psixologiya taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi. 1912 yil Moskva universitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I. A. Sikorskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta Bolalar psi-xologiyasi instituti tashkil qilindi. 20-asr ning 1yarmida Rossiyada K. N. Kornilov, Psixologiya Psixologiya Blonskiy va boshqa dialekti-kaga asoslangan ilmiy Psixologiyani yaratishga kirishdilar.

Hozirgi zamon Psixologiyasi koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy Psixologiya, aviatsiya Psixologiyasi, harbiy Psixologiya, differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq Psixologiyasi, tibbiyot Psixologiyasi, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat Psixologiyasi, sport Psixologiyasi, max-sus Psixologiya, ijodiyot Psixologiyasi, menejment Psixologiyasi, marketing Psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy Psixologiya, din Psixologiyasi, oila Psixologiyasi, Psixologiya tarixi, genetik Psixologiya, amaliy Psixologiya, eksperimen-tal Psixologiya, kasb Psixologiyasi, psixolingvistika, siyosiy Psixologiya va boshqa Psixologiyaning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. Psixologiya sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonavyy Psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. Psixologiyadaoʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qila-dilar, buning oʻrniga obʼyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obʼyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subʼyek-tiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlarida i. t. insti-tutlari va markazlarida, universitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda.

Oʻzbekistonda Psixologiya 1928 yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929 yil Xalq maorifi komissarligi qoshida Psixologiya labo-ratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida Psixologiyaning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. 20-asrning 2yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chikdi. Hozirgi davrda Psixologiya fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ. Sho-umarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar Psixologiyaning umumiy Psixologiya, pedagogik va yosh Psixologiyasi, ijtimoiy Psixologiya sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari OʻzMU, SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora kengayib bormoqda.

Psixologiyada biologiyaning oʻrniTahrirlash

Psixologlar odatda organizmni ongning asosi deb hisoblashadi, shuning uchun ham hayotiy muhim soha hisoblanadi. Psixiyatristlar va nevroopsikologlar ong va tananing interfeysida ishlaydi. Bilogiya psixologiya, shuningdek fiziologik psixologiya deb nomlanuvchi yoki neuropsixologiyada xulq-atvor va aqliy jarayonlarning biologik substanslarini oʻrganiladi. Ushbu sohadagi asosiy tadqiqot mavzularni insonni boshqa hayvonlarga nisbatan oʻrganadigan qiyosiy psixologiya, shuningdek, hissiyotlarning fizik mexanizmini, shuningdek, neyron va ruhiy ishlov berishni oʻz ichiga oladi. Asrlar mobaynida biologik psixologiyada asosiy masala miyadagi funktsional funktsiyalarni qanday joylashtirish mumkinligi va qanday qilib joylashtirilishi edi. Zamonaviy nevropsikologiyani 1870-yillarda Frantsiyada Pol Broca chap frontal girusga nutq ishlab chiqarishni kashf etgan va bu bilan miya funktsiyasining yarim sharni lateralizatsiyasini namoyish etgan. Koʻp oʻtmay, Karl Vernicke nutqni tushunish uchun zarur boʻlgan sohani aniqladi.

AdabiyotTahrirlash

  • Vohidov M., Maktabgacha tarbiya psixologiyasi, T., 1970;
  • Davletshin M., Krbiliyat va uning diagnostikasi, T., 1979;
  • Tokareva V., Talaba shaxsining axloqiy rivojlanish psixologiyasi, T., 1989;
  • Gʻoziyev E., Psixologiya fani XXI ayerda, T., 2002;
  • Gʻoziyev E., Psixologiya, T., 2003;
  • Qodirov B., Layoqat psixologiyasi, T., 1989;
  • Shoumarov Gʻ., Oila psixologiyasi, T., 2000;
  • Karimova V., Ijtimoiy psixologiya, T., 1994.
  • Ergash Gʻoziyev.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil