Psixofiziologiya - psixik va fiziologik jarayonlar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganuvchi fan sohasi. P.ning asosiy vazifasi psixofizik masalani ilmiy hal qilishdan iborat. "P." terminini 1830-yilda fransuz faylasufi N. Massias (1764—1848) qoʻllagan boʻlsada, nemis psixologi V. Vundt P. asoschisi hisoblanadi. Sezgi organlari P.si birmuncha keng tarqalgan va ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan. Ayni shu sohada ilmiy tadqiqotning juda aniq metodlari qoʻllangan va koʻpgina muhim psixofiziologik qonuniyatlar belgilangan. P. masalalarini psixologlar ham, fiziologlar ham, shuningdek, boshqa shularga yaqin fanlar vakillari oʻrgana-dilar. P. va differensial psixologiya orasida differensial P. paydo boʻddi va jadal rivojlanib bormoqda.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil