Fargʻona davlat universiteti

Farg'onadagi universitetlar, O'zbekiston

Fargʻona davlat universiteti — 1930-yildan — 1991-yilgacha Fargʻona pedagogika instituti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1991- yildan Fargʻona davlat universiteti.

Fargʻona davlat universiteti
(FarDU)
Xalqaro nomi Fergana State University
Shiori

"Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay"

Imom al-Buxoriy
Asos solingan 1930 (1991)
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich
Talabalari

32 mingdan ortiq (2023-yil)

37 nafari xorijiy talabalar
Manzili Fargʻona shahri, Murabbiylar koʻchasi 19
40°23′18.1″N 71°46′29.5″E / 40.388361°N 71.774861°E / 40.388361; 71.774861 G O Fargʻona, Murabbiylar ko`chasi Oʻzbekiston
Vebsayti fdu.uz

Koordinatalari: 40°23′14.7″N 71°46′36.800000000007″E / 40.387417°N 71.77688888888889096°E / 40.387417; 71.77688888888889096 G O

Tarixi tahrir

Oʻzbekiston hukumatining qaroriga muvofiq 1991-yil 1-martda (1930-yil 1-mayda asos solingan) negizida tashkil etilgan. Fargʻona davlat universitetida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi 1998-1999 oʻquv yilidan boshlab joriy etila boshlandi. Talabalar bilimini oshirishning reyting tizimi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 1999-yil 8-iyundagi 194-sonli, 2000-yil 7-fevraldagi 27-sonli „Meʼyoriy hujjatlarga qoʻshimcha kiritish haqida“gi va 2005-yil 30-sentabrdagi 217-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan „Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisida muvaqqat Nizom“, Reyting tizimining yakuniy bosqichida „yozma ish“ usulini tatbiq etish boʻyicha muvaqqat Nizom hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Moliya vazirligining 2004-yil 16-apreldagi 1139-sonli „Oliy oʻquv yurti talabalariga stipendiya tayinlash tartibi va berish toʻgʻrisidagi koʻrsatma“si tasdiqlagan qarori asosida universitet ilmiy Kengashida muhokama etilib, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash boʻyicha hujjat sifatida qabul qilindi. 2010-yil 29-avgustdagi „Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida“gi 333-sonli buyrugʻi asosida qayta ishlangan hamda 2013-yil 13-dekabrdagi 470-sonli buyruqlari bilan oʻzgartirishlar kiritilgan „Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi Nizom“ asosida amalga oshiriladi. 1996-yildan boshlab, jahon tajribasini eʼtiborga olgan holda, universitetda davlat grantlari bilan bir qatorda kontrakt-shartnoma asosida kadrlar tayyorlash tartibi joriy etildi. 2002-2003 oʻquv yilida barcha yoʻnalishlar boʻyicha Fargʻona davlat universitetida 1708 nafar talaba qabul qilingan boʻlsa, ularning 1109 nafarini kontrakt-shartnoma asosida oʻqishga kirganlar tashkil etdi. 2000-2001 oʻquv yilidan boshlab Fargʻona davlat universitetida 28 nafar magistrant, 5 ta — tilshunoslik, Vatan tarixi, differensial tenglamalar, iqtisodiyot va biologiya mutaxassisliklari boʻyicha davlat grantlari asosida tahsil ola boshladilar. Keyinchalik magistratura tizimi kengayib bordi. Bu erda yangi mutaxassisliklar ochildi hamda kontrakt-shartnoma asosida ham magistrantlar qabul qilina boshlandi. 2004-2005 oʻquv yilida 18 ta mutaxassislik boʻyicha 58 nafar magistrlar qabul qilindi. 2009-2010 oʻquv yiliga kelib, 11 mutaxassislik boʻyicha 56 nafar magistrlar qabul qilindi. 2014-2015 oʻquv yilida mutaxassisliklar soni 13 ta boʻlib, magistrlar soni 147 nafarni tashkil etdi. Ulardan 75 nafari bitiruvchilar hisoblanadi. Talabalarni etishmayotgan adabiyotlar bilan taʼminlash maqsadida universitet professor-oʻqituvchilari bilan kelishilgan holda, ularning shaxsiy rejalariga muvofiq ravishda adabiyotlar yaratish rejasi shakllantirildi. Natijada, 2014 taqvim yilida 99 ta zamonaviy oʻquv adabiyotlar yaratildi. Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratiladigan zamonaviy oʻquv adabiyotlari oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining yangilangan klassifikatori, uning asosida takomillashtirilgan Davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va fan dasturlariga muvofiqligi, oʻrnatilgan tartibda muhokama va ekspertizadan oʻtkazish, boshqa adabiyotlardan koʻchirib yozish kabi holatlar boʻlmasligiga kafedra mudirlari masʼul deb belgilandi. 2023-yilga kelib, universitetda 14 ta fakultet faoliyat yuritib, kafedralar soni 49 tani tashkil etdi. Ularda 980 afar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritib borishmoqda. Talabalarning umumiy kontingenti bakalavriatda 33845nafarni tashkil etmoqda.[1]

Ilmiy-tadqiqot sohasidagi natijalar: tahrir

2022-2023 oʻquv yili mobaynida universitetda 48 ta kafedra faoliyat koʻrsatib, kafedralarda 61 nafar fan doktori, professorlar, 297 nafar fan nomzodi (PhD), dots.ntlar faoliyat olib boradi.

Soʻnggi ikki yilda universitet ilmiy salohiyati 10% ga koʻtarilishiga olib keldi. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati bugun 36%ni tashkil qiladi. Yil oxiriga qadar 40% dan orttirishni reja qilganmiz.

Hukumat tomonidan ilmiy izlanuvchilarga berilgan eʼtibor natijasida, birgina 2022-2023 oʻquv yilida universitetimizda 91 nafar tadqiqotchilar, jumladan 16 nafari fan doktori (DSc), 76 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 14 nafar professor-oʻqituvchilar dots.nt, 3 nafar professor-oʻqituvchilar professor ilmiy unvonlarini oldilar.

Akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan imkoniyatdan samarali foydalangan holda, universitetda ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, jumladan, har bir himoya qilgan dissertant hamda ularning ilmiy rahbarlariga bir oylik ish haqi miqdorida moddiy mukofotlash tizimi joriy etildi.

Oʻquv yilida Fargʻona davlat universiteti huzurida jami 7 ta ixtisoslashgan ilmiy kengashlar 12 ta ixtisoslik shifri boʻyicha faoliyat olib bormoqda.

2022 yilda ushbu ixtisoslashgan kengashlarda jami 68 ta falfasa doktori (RhD) va 12 ta doktorlik (DSc) dissertatsiya himoyalari oʻtkazilib, ulardan 39 ta himoyalar Fargʻona davlat universiteti izlanuvchilariga toʻgʻri keladi. 2023 yil iyun holatiga esa 39 ta RhD, 3 ta doktorlik DSc dissertatsiya himoyalari boʻlib oʻtdi.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy ishlarini chop ettirishlari, darslik va qoʻllanmalar, monografiyalar nashr etishlarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi.

2022-2023 oʻquv yili mobaynida universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan 3 ta patent olindi, 11 ta patent arizalarga brilgan, 363 ta mualliflik guvohnomasi, 3 ta grant hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307-son qarori boʻyicha 16 ta hududiy muammolar yechimiga qaratilgan amaliy innovatsion loyihalar bajarilmoqda. Shuningdek „Olima ayollar“ tanloviga 4 loyihalar xujjatlari topshirilgan. 2023 yil maxalliy budjetdan moliyalashtirishga 3 ta amaliy innovatsion loyihalar ustidan ishlar olib borilmoqda.

Universitetda 2022-2023 oʻquv yili mobaynida iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar qayd etildi. Jumladan, 1 nafar talaba Prezident, 13 nafar talaba Navoiy, 3 nafar talaba Ulugʻbek, 1 nafar talaba Islom Karimov Davlat stipediyasi, 7 nafar talaba universitet nomdor stipendiyasi sovrindori boʻldi.[1]

Fardu va xalqaro reytinglar [2] tahrir

Fargʼona davlat universiteti 2023 yilning may oyida Avstraliyaning „UniRank“ (tarjimasi — xalqaro universitetlar reytinglari) reyting platformasida mahalliy miqyosda 23-oʼrinni band etdi.[3]

2023 yil may oyida Gruziyaning xalqaro universitetlar reyting tashkiloti „Round University Ranking“ — „RUR“  (tarjimasi — dunyo universitetlari reytinglari) reytingida oʻqitish indikatori boʻyicha top — 883 — oʻrinni egalladi.[4]

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning dunyoda oʻz nufuzi bilan nom qozongan Times Higher Education — „THE“ (TAYMS XAER EDUKYeYSHN)  - (tarjimasi — oliy taʼlim darajasi) reyting agentligi reytingida 14 ta indikator boʻyicha yuqori oʻrinlardan joy egalladi. Yaʼni, Times Higher Education (Impact Rankings) — dunyo universitetlarining BMT — „Barqaror rivojlanish maqsadlari“ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 14 ta yoʻnalish boʻyicha Fargʻona davlat universiteti yuqori koʻrsatkichlar bilan 1000+  natijani qayd etdi.

Bunda oliygoh sifatli taʼlim boʻyicha 43,8 ball bilan 601-800 oʻrinda eʼlon qilindi.[5]

„University Impact Ranking-2023“ (tarjimasi — xalqaro universitetlar taʼsir) natijalarida universitet ochlikka barham berish boʻyicha 41,8 ball bilan 301-400 oʻrinda, tengsizlikni kamaytirish boʻyicha 601-800, quruqlikdagi ekotizimlarini asrashda 401+, gender tengligi, munosib ish oʻrinlari va iqtisodiy oʻsish hamda tinchlik, adolat, samarali boshqaruv yoʻnalishida 801+ oʻrinni egallab turibdi.

Xalqaro talabalar uchun tabgiliklar tahrir

Toʻlov shartnoma va yotoqxona boʻyicha kiritilgan yangiliklar. [6]

Yangilanayotgan muqobil energiya tahrir

Fargʻona davlat universitetiga oʻrnatilgan quyosh pannelari va suv isitgichlari xaqida.

Taʼlim yoʻnalishiga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi tahrir

Yoʻnalish 1-blok (3,1) 2-blok (2,1) 3-blok (1,1)
1 5112100 — Texnologik taʼlim Fizika Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
2 5130100 — Matematika Matematika (informatika bilan) Fizika Ona tili va adabiyot
3 5110900 — Pedagogika va psixologiya Biologiya Ona tili va adabiyot Tarix
4 5111400 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili Ingliz tili Ona tili va adabiyot Tarix
5 5111401 — Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili Nemis tili Ona tili va adabiyot Tarix
6 5111402 — Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tili Fransuz tili Ona tili va adabiyot Tarix
7 5111500 — Chaqiriqqacha harbiy taʼlim Matematika (informatika bilan) ijodiy Ona tili va adabiyot
8 5111700 — Boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish Ona tili va adabiyot Matematika(informatika bilan) Chet tili
9 5111800 — Maktabgacha taʼlim Biologiya Ona tili va adabiyot Tarix
10 5120101 — Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili Ona tili va adabiyot Tarix Chet tili
11 5120112 — Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili Ingliz tili Ona tili va adabiyot Tarix
12 5120300 — Tarix (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha) Tarix Ona tili va adabiyot Chet tili
13 5130200 — Amaliy matematika va informatika Matematika (informatika bilan) Fizika Ona tili va adabiyot
14 5140100 — Biologiya (turlari boʻyicha) Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
15 5140200 — Fizika Fizika Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
16 5140500 — Kimyo Kimyo Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
17 5140600 — Geografiya Geografiya Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
18 5141000 — Tuproqshunoslik Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
19 5151700 — Madaniyat va sanʼat muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish Tarix ijodiy Ona tili va adabiyot
20 521020304 — Psixologiya: amaliy psixologiya (Fargʻona) Tarix Ona tili va adabiyot Chet tili
21 5230100 — Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) Matematika (informatika bilan) Chet tili Ona tili va adabiyot
22 5112000 — Jismoniy madaniyat Toʻliq ijodiy - -
23 5230900 — Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) Matematika (informatika bilan) Chet tili Ona tili va adabiyot
24 5232300 — Mintaqaviy iqtisodiyot Matematika (informatika bilan) Chet tili 25 5410202 — Agronomiya (anorchilik) Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
26 5410606 — Zooinjeneriya: asalarichilik Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
27 5411100 — Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
28 5520102 — Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) Ona tili va adabiyot ijodiy Tarix
29 5610200 — Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish Matematika (informatika bilan) Chet tili Ona tili va adabiyot
30 5611501 — Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) Ingliz tili Ona tili va adabiyot Tarix
31 5630100 — Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) Kimyo Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
32 5640100 — Hayotiy faoliyat xavfsizligi Matematika (informatika bilan) Fizika Ona tili va adabiyot
33 5150801 — Rangtasvir: dastgohli Toʻliq ijodiy - -
34 5150602 — Vokal sanʼati: anʼanaviy xonandalik Toʻliq ijodiy - -
35 5151201 — Amaliy sanat: badiiy kulolchilik Toʻliq ijodiy - -
36 5111306 — Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti oʻzga tilli guruhlarda Rus tili va adabiyot Ona tili va adabiyot Tarix
37 5120102 — Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili Ona tili va adabiyot Tarix Chet tili
38 5120117 — Filologiya va tillarni oʻqitish: tojik tili Toʻliq ijodiy - -
39 5210203 — Psixologiya: amaliy psixologiya Tarix Ona tili va adabiyot Chet tili
40 5110800 — Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi Toʻliq ijodiy - -
41 5150711 — Cholgʻu ijrochiligi: xalq cholgʻulari (rubob prima, qashqar va afgʻon rubobi) Toʻliq ijodiy - -
42 5111100 — Musiqa taʼlimi Toʻliq ijodiy - -
43 5112001 — Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yoʻnalishi boʻyicha) Toʻliq ijodiy

Manbalar tahrir

[1][2]


Andoza:Fdu.uz

  1. „"THE"“.
  2. „Yuz.uz“.