Bahodirjon Shermuhammadov

oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor

Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov (1973-yil 10-iyun, Rishton tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2016), professor. 2021-yildan Fargʻona davlat universiteti rektori.

Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
Tavalludi 10-iyun 1973-yil (1973-06-10) (50 yosh)
Rishton, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog olim
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Bahodirjon Shermuhammadov 1973-yil 10-iyun Fargʻona viloyati Rishton tumani ziyolilar oilasida tugʻilgan. Otasi Shermuhammad Mirzaolimov va onasi O‘lmasxon Mirzaolimova pedagog boʻlishgan. 1990-yilda Rishton tumanidagi 2-maktabni tugatib, shu yili Toshkent davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga oʻqishga kirib, 1995-yilda ushbu institutni bitiradi[1]. 2001-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan[2]. 1996—2002-yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti yoshlar tashkiloti rahbari, 2002—2007-yillarda Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani hokimligida bo‘lim boshlig‘i, 2007—2009-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, 2009—2011-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, 2011—2017-yillarda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot tahlil departamenti xodimi, 2017—2018-yillarda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining o‘rinbosari, 2018—2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi milliy qadriyatlar, ma'naviyat va ma'rifatni o‘rganish hamda rivojlantirish shoʻbasi bosh konsultanti, 2019—2021-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining yoshlar, ma'naviyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan[3][4]. 2021-yildan Fargʻona davlat universiteti rektori[5][6].

Ilmiy faoliyati tahrir

Bahodirjon Shermuhammadov ilmiy ishlari yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini ochib berish, milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish mezonlari va ko‘rsatkichlarni aniqlashtirish hamda pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, bu sohaning pedagogik monitoringini ishlab chiqish va amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga oid. Bahodirjon Shermuhammadov 2006-yilda „Yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning pedagogik asoslari“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2016-yilda pedagogika nazariyasi va tarixi, ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha „Yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Bahodirjon Shermuhammadov 3 ta monografiya, 4 ta darslik, 60 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi[1].

Mukokofotlari tahrir

  • „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni (2008)[1].

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE