Pedagogika
Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni oʻziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Pedagogika (yun. paidagogs) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.
Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi.
Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish Pedagogning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash Pedagogikanidagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.
Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida Pedagogika falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, matematika va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi.
Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini pedagogikaningning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pedagogik ishlar qonuniyati pedagogikaning mak-tabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham pedagogikanining qonuniyatlarini belgilashda taʼlimtarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi, chet el ada-biyotini oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi.
P.ning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi oʻziga xosliklarini hisobga olib ish koʻradigan tarmogʻi defektologiyapnr. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligi hamda ularga beriladigan taʼlimtarbiyaning yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga boʻli-nadi. Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyo-ti jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb etganligi, qaysi usul va shakllardan foydalanib ish koʻrganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalar pedagogika tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.
20-asr boshlaridan qiyosiy pedagogika fani Pedagogikaning alohida tarmogʻi sifatida dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga solishtirilgan holda oʻrganildi. Pedagogikaning bu tarmogʻi taʼlim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiklarini muayyan milliy pedagogik fan va amaliyotga tat-biq qilish imkonini beradi. Mamlakatimizda hozircha qiyosiy pedagogika alohida fan sifatida shakllanmagan boʻlsada, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan.
Tarixi. Pedagogika inson faoliyatining eng qad. turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini taʼminlab turgan fan va amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya boshlagan vaqtdan, yaʼni Pedagogika paydo boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir. Dastlab sof amaliy harakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu Pedagogika udum, odat, anʼana tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq Pedagogikasiga muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota bilan masala talashilmaydi, kattalarga ran qaytarilmaydi va boshqa
Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilma-xillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan Pedagogika ham inson faoliyatining alohida sohasiga aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doyr qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar, aqidalar, hikmatlar tarzida namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi bilan pedagogik qarashlar yozuvga koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mutafakkirlarning taʼlimtarbiya borasidagi fiqolari markazida yetuk insonni shakllantirishga intilish istagi turardi. Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va Oʻrta Osiyodagi turli madaniymaʼrifiy obidalar moddiy madaniyat namunalarigina boʻlib kolmay, oʻz davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo boʻlgan pedagogik qarashlar koʻproq amaliy xususiyatga ega boʻlsada, ke-yinchalik Pedagogikaning alohida fan sifatida shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. Pedagogika insoniyatning axloqodobi va maʼnaviyatigagina emas, balki akliy rivojiga ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani sababli uning taraqqiyot darajasi jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda roʻy berdi. Bir qancha mamlakatlarning rivojiga ham, boshqalarining esa qolokligiga ham koʻpincha oʻsha mamlakatdagi Pedagogikaning holati sabab boʻlgan. Xususan, Sharqxalqlari oʻz vaqtida eng qad. va ilgʻor pedagogik qarashlar tizimini yaratgan boʻlishlariga qaramay, shu tizimni zamona talablariga muvofiq tarzda takomillashtirib bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tushib qoldilar.
Aytish kerakki, marksistik falsafa barcha ijtimoiy hodisalar kabi P.ni ham oʻzi oʻylab topgan ijtimoiyiqtisodiy qoliplarga muvofiq tarzda izohlashga urinib keldi. Shundan kelib chiqib. P.ni partiyaviy-sinfiy xususiyatga ega deb qaraldi va turli sinflarning Pedagogikasi bir-biridan jiddiy farq qiladi hamda oʻzaro qaramaqarshi boʻladi, deb izoxladi. Shuning-dek, marksistik yondashuvga koʻra, P. ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga muvofiq boʻladi, yaʼni tuzum oʻzgarishi bilan tubdan oʻzgarib, oldingi pedagogik tizim toʻliq inkor etiladi. Holbuki, fan insoniyat tarixi marksizmda ay-tilgan besh formatsiyadan iborat emasligini koʻrsatdi. Binobarin, shunga moslab chiqarilgan xulosalarning sunʼiy va noilmiy ekanligi ayon boʻldi.
Oʻzbek P.si juda qad. tarixga ega boʻlib, uning dastlabki ildizlari Avestota, Urxun-Yenisey bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi. Ave-stodagi ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifa-ti berish borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi boʻlib, yetuk insonni shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Milliy Pedagogikaning taraqqiyotida islom dini va tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin tutadi. Chunki Qurʼoni karim, Xadisi sharif va tasavvuf taʼlimo-tining markazida axloq, komil inson maʼnaviyatini shakllantirish turardi. Komil inson taʼlim-tarbiya yordamida, yaʼni Pedagogika vositasida tarkib toptirilishi mumkin edi. Forobiyning "Fozil odamlari', Beruniy, Ibn Sino falsafiy qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan benuqson odamlar, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab orzulagan komil inson uzbek P.sining markazida turardi. 17-asrdan boshlab, milliy Pedagogikada taʼlim-tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga eʼtibor kuchaydi, turmush talablarini hisobga olmay, hayotiy zamindan uzilish sodir boʻddi. Natijada, jamiyat taraqqiyoti susaydi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz tutildi. P.dagi biqiqlik, biryoqlamalik kishilar ruhiyatiga koʻchdi, undan ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga oʻtdi. Butun bir davlat xonliklarga boʻlinib ketdi. Xonliklarning har birining ichida bir-biri bilan kelishmovchilik hamda oʻzaro janjallar avj oldi. Negaki, jamiyat va unda yashaydigan insonlarning maʼnaviy oʻrnaklari puxta tayin etilmagan edi.
Rossiya bosqini va shoʻrolar zamonida milliy Pedagogika kuchli tanazzul davrini boshdan kechirdi. Toʻgʻri, ayni shu davrda u ilmning alohida sohasi sifatida tarkib topdi. Lekin shoʻro davridagi oʻzbek Pedagogikasi toʻligʻicha gʻarbiy asoslarga qurilgan, begona tamoyillarga tayangan fan boʻldi. Unda millat maʼnaviy tajribasi, uning asrlar mobaynida shakllangan anʼanalari, ruhiy toʻlgamlari hisobga olinmagandi. Shuning uchun ham toʻliq dahriylik asosiga qurilgan begona P.koʻzlagan nati-jalarga erisha olmadi.
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida millim ong boʻgʻuvdan, mafkuraviy qolipdan, buyruqqa muvofiq fiqolash zugʻumidan qutuldi. Bu hol Pedagogikaning sogʻlom aql, milliy ruhiyat va anʼanalarga moye tarzda yoʻlga qoʻyilishiga imkon yaratdi. Bugungi oʻzbek Pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng soʻnggi yutuqlarga tayangan qolda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy oʻzbek pedagogikasida barkamol insonni shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan. Bu Pedagogika taʼlimtarbiya jarayonida taʼlim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok etishlarini koʻzda tutadi. Bolalar, yoshlar pedagogik jarayonning obʼyektigina emas, balki subʼyekti, yaʼni ijrochisi ham ekanligiga alohida eʼti-bor qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha pedagogik tadbirlar taʼlim-tarbiya oluvchilarning mustaqil fiqolashlarini taʼminlash, ularda tarbiyalanish va oʻqishga ehtiyoj uygʻotishga yoʻnaltirilgan xrlda tashkil etilmoqda. Bugungi oʻzbek Pedagogikasi uchun muayyan bilimlar yigʻindisi emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga aylangan. Shuning uchun ham milliy P.da faqat bilimli oʻquvchilar tayyorlashga emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor shaxsni shakllantirishga asosiy eʼtibor berilmoqda.
Zamonaviy oʻzbek P.si rivojida E. Qodirov, S. Dolimov, Q. Axmedov, D. Shodiyev, A. Zunnunov, F. Musayev, J. Ikromov, K. Hoshimov, J. Yoʻldo-shev, Y. Abdullayev, N. Shodiyev, M. Quronov, L. Moʻminova, B. Qodirov sin-gari olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari muqim oʻrin tutadi.
Adabiyot
tahrir- Pedagogika, T., 1996; Oʻzbek pedagogikasi tarixi, T., 1997; Qurbonov Sh., Seytxalilov E., Kadrlartayyorlash milliy dasturi: pedagogik tadqiqotlar yoʻnalishi va muammolari, T., 1999; Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi [tuzuvchilar: K. Hoshimov, S. Ochil], 1-, 2-j.lar, T., 1995, 1999.
Qozoqboy Yoʻldoshev.[1]
Tarix
tahrirPedagogika haqida ilk fikrlar falsafa, diniy ilmlar tizimida, siyosatshunoslikda, huquqshunoslikda adabiyotda rivojlandi. XII-asrning boshida alohida ilm boʻlim ajralib chiqdi. F.Bekon va Ya.Komenskiylarning kitoblarida pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshilgan. Ularning izidan D.Lokk, Jan Jak Russo, I.Pestalotssi, I.Gerbard, A.Disterverglar oʻz hissalarini qoʻshihadi. Oʻrta asrlarda yoshlarga bilim berish va tarbiyalash diniy markazlarning qoʻlida boʻldi. Keyinchalik gil'deylik maktablar ochila boʻshalndi.
Maqsadi
tahrirPedagogika fanining predmeti, oʻqitishning taʼlim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan boʻlganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-maʼnaviy rivojida shaxs kamoloti uygʻunligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim qonunida -taʼlim davlat ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor deb belgilab qoʻyilgan[2].
Taniqli pedagoglar (dunyo miqyosidagi)
tahrir- Konfutsiy (551 d.n.e — 479 d.n.e)
- Kvintilian (35 n.e.- 96 n.e.)
- Erazm Rotterdamskiy (1465 — 1536)
- Yan Amos Komenskiy (1592 — 1670)
- Djon Lokk (1632 — 1704)
- Mixail VasilevichLomonosov (1711-1765)
- Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827)
- Fridrix Fryobel (1782 — 1852)
- Adolf Disterveg (1790 — 1866)
- Nikolay Ivanovich Pirogov (1810 — 1881)
- Gerbert Spenser (1820 — 1903)
- Konstantin Dmitrievich Ushinskiy (1824-1871)
- Lev Nikolaevich Tolstoy (1828 — 1910)
- Georg Kershenshteyner (1854 — 1932)
- Djon Dyui (1859 — 1952)
- Mariya Montessori (1870-1952)
- Stanislav Teofilovich Shatskiy (1878 — 1934)
- Korchak Yanush (1878-1942)
- Pavel Petrovich Blonskiy (1884 — 1941)
- Anton Semyonovich Makarenko (1888 — 1939)
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Uzedu.uz Taʼlim qonuni, 1997 y, 3-modda, 1-jumla (Wayback Machine saytida 2013-07-23 sanasida arxivlangan)
Havolalar
tahrir- http://www.ziyonet.uz[sayt ishlamaydi]
- Pedagogika. (Maʼruzalar matni. Prof. N.Gaybullayev taxriri ostida). T. „Universitet“. 1999.
- Oʻzbekiston Respublikasining „Taʼlim toʻgrisida“gi Qonuni. T, 1997.
- Oʻzbekiston Respublikasi „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“. T, 1997.
- I. Karimov. „Barkamol avlod — Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori“. T. 1997.
- I.Karimov. „Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman“. T. 2000.
- Oʻzbek pedagogikasi tarixi. (Koʻllanma. professor A.Zunnunov taxriri ostida). T. „Oʻkituvchi“. 1997.
- Pedagogika. (Koʻllanma. A Munavvarov taxriri ostida) T. „Oʻkituvchi“. 1996.
- Pedagogika. (Koʻllanma. professor A.Ilina taxriri ostida). M. 1984.
- Ochilov M. Universitetlar tizimida pedagog xodimlar tayyorlash muammolari. „Taʼlim va tarbiya“ jurnali. 1997. 5-6 son.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |