Francis Bacon
Frensis Bekon (inglizcha: Francis Bacon; 22-yanvar 1561, London — 9-aprel 1626, London) [1]— ingliz faylasufi, tabiatshunosi, mantiqshunosi, siyosiy arbob va tarixchi. Kembrij universitetini tugatgan (1575), Sudya, vazir, lordkansler boʻlib ishlagan.
Falsafaga oid 2 ta — „Yangi organon“ (1620), „Yangi Atlantida“ (1627) asari bor. Birinchi kitobida Arastu „Organon“idagi deduktiv uslubning hayotdan ajralganligini tanqid qilib, induktiv uslubga asos soladi. Fan tajribaga asoslanishi kerakligi haqidagi gʻoyani olgʻa surib, ilmiy tadqiqot ning kuzatish, eksperiment, tajriba uslublarini ishlab chikadi. Bekon bevosita tajribaga asoslangan bilimlar ishonarli boʻlishini koʻrsatdi.
Bekonning fikricha, bilimning vazifasi tabiatdan inson manfaati yoʻlida foydalanish, yaʼni uning ustidan hukmronlik qilish, inson hayotini takomillashtirish, aqlni yanglishish („idol“ yoki „alomat“)lardan tozalash lozim. Bilishda tajriba ikki xil boʻladi: 1) sinalgan tajriba boʻlib, u insonga bevosita fonda keltiradi; 2) yoʻl koʻrsatuvchi tajriba boʻlib, uning yordamida narsalarning qonuniyati va xossalari oʻrganiladi.
Bekon fanning aql bilan bogʻliqdigini koʻrsatdi. Bekonning „Yangi Atlantida“ asarida uning jamiyat haqidagi fiqolari aks etgan. Bekon jamiyatni fan va ishlab chiqarish asosida qayta tashkil etish gʻoyasini olgʻa surdi. Davlatni boshqarishda mutlaq monarxiya tarafdori boʻlgan. Bekon ingliz materializmining va Yangi davr tajribaviy fanining asoschisi sifatida tan olingan boʻlsada, xudoning mavjudligini inkor etmagan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- ↑ „Francis Bacon“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-02, qaraldi: 2024-11-03