Differensial psixologiya - psixologiya fanining odamlar oʻrtasidagi individual-psixologik tafovutlarni oʻrganuvchi sohasi. D. p. atamasini 1900 y. nemis psixologi V. Shtern fanga kiritgan. D. p. muayyan individlar bilan birga, turli ijtimoiy sinflarga, etnik, yosh va b. guruhlarga mansub shaxslar psixikasining namoyon boʻlishidagi tafovutlarni aniklab beradi. D. p.da koʻpincha individning kuzatishi, test yoki oʻz-oʻzini kuzatish natijalarini taxlil etish yordamida aniklangan shaxsiy va intellektual xususiyatlari qiyosiy tadqiq qilinadi.

D. p.ning muhim vazifalaridan biri individual-psixologik xususiyatlarning namoyon boʻlishi, diapazoni va harakterini ochib, yoritib berishdan iborat. Individual-psixologik tafovutlarning yuzaga kelish shartlari va sabablarini tushunish uchun ularning neyrofiziologik omillarini, nerv sistemasining asosiy xususiyatlarini oʻrganish lozim.

Hoz. zamon D. p.sila rivojlangan matematik-statistik apparat, jumladan, korrelyasiya (oʻzaro bogʻliqlik), regressiv (orqaga qaytish), diskriminant (cheklash) va omilli taxlil usullari keng qoʻllaniladi. D. p. maʼlumotlari taʼlimtarbiya amaliyotida, psixiatrik-psixoterapevtik taʼsir etishda, individning u yoki bu kasb-hunarga yarokliligini aniklashda, kasbga yoʻ-naltirish va kasb tanlashda muhim ahamiyatga ega.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil