Patopsixologiya (yun. pathos -kasallik va psixologiya) — psixologiya sohasi. Inson bosh miyasining za-rarlanishi yoki uning yetarli darajada rivojlanmaganligi natijasida kelib chiqadigan ruhiy kasalliklarni oʻrganadi. P. psixiatriya bilan mustahkam bogʻlangan. P. 19-asr oxiridan riyujlana boshladi. Dastlabki psixologik tajriba la-b.larini nemis psixologi V. Vundt tashkil qiddi. Patologik oʻzgarishlarning taxlili sogʻlom kishilarning xususiyatlari, holatlari, bilim jarayonlari shakllanishi va kechishining oʻziga xosligi bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi. P. kasallikning paydo boʻlishi uning tuzalishi, simptom bilan sindromlarning oʻrin almashishini klinik qonuniy holat deb hisoblaydi. P. sezgi, idrok, tasavvur, xotira, ta-fakkur, xayol, malakalar, koʻnikmalar, hissiyot, iroda singari ruhiy jarayonlar hamda holatlarning buzilishini psixologik jihatdan tahlil qiladi. U ruhiy jarayonlar tuzilishining oʻziga xosligi, kechishining xususiyatlarini tadqiqetadi. P. psixik funksiyalar buzilishini tiklashning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishga yordam beradi. Ruhiy nuqsonlarni toʻldirishning oqilona usullaridan foydalanish evaziga kasallikni tezkor tuzatish im-koniyati tugʻiladi. P. maʼlumotlaridan tashhis qoʻyish maqsadlarida, psixiat-rik ekspertizada — mehnat, sud, har-biy ekspertizada foydalaniladi. P. bolalar psixiatriyasida aloxdda ahamiyatli boʻlib, u intellekt pasayishi da-rajasini belgilashda, bolaning oʻqish qobiliyatini oldindan aytib berishda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil