Kosmik psixologiya - koinotga parvozlarni amalga oshirishda inson-texnika, inson-fazo, inson-ekstremal vaziyat munosabatlarini tadqiq qilishga qaratilgan psixologiya soxasi. 20-asrning 60-yillarida paydo boʻlgan. Kosmonavtlarni psixologik mezonlar yordami bilan tanlab olish, fazoga uchish sharoitlariga ularni tayyorlash, vaznsizlik holati boʻyicha oqilona maʼlu-motlar bilan qurollantirish, oʻzgarishlar yuzaga kelsa ularni tuzatish, ishchanlik qobiliyatini tekshirish singari muammolar bilan shugʻullanadi. Guruhiy moslik, ruhiy muhit, oʻzini-oʻzi boshqarish, oʻziga-oʻzi buyruq berish, oʻzini-oʻzi uddalash yuzasidan tadqiqot ishlarini oʻtkazish ham Kosmik psixologiya ning vazifasi hisoblanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil