Bu maqola falsafa ostsohasi haqidadir. Matematika ostsohasi uchun Matematik mantiq maqolasiga qarang.

Mantiq dalil keltirish va xulosa chiqarish prinsiplarini oʻrganuvchi falsafiy tadqiqotdir. Formal fan sifatida mantiq abstrakt unsurli tizimlarni tadqiq etadi, bu unsurlar taʼkid yoki argumentlar boʻlishi mumkin. Mantiq muammolari oʻzi ichiga paradokslar, xatolar, sabab va oqibatlar orasidagi bogʻlarga oid savollarni oladi. Mantiq — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. Mantiq oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Qadimda mantiq falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida mantiq masalalari dastlab Parmenidning „Tabiat toʻgʻrisida“ asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristotelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritning mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib mantiq oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning „Kategoriyalar“, „Talqin haqida“, „Birinchi analitika“, „Ikkinchi analitika“, „Sofistik raddiyalar haqida“, „Topika“ nomli asarlari mantiq masalalariga bagʻishlangan. Aristotel mantiqni „maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi“, „chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi“ fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng mantiq, asosan, stoiklar maktabi vakillarining , Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar mantiqning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham mantiq ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va mantiq mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Farobiy oʻzining „Mantiqqa kirish“, „Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi“ asarlarida mantiq masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikricha, mantiq insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning „Kitob ashshifo“, „Kitob annajot“, „Donishnoma“ asarlarida mantiqga doir fikrlari bayon etilgan. „mantiq bilingan (bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir“, degan edi Ibn Sino. U mantiq ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning mantiqga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning mantiq ga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida mantiq masalalari, asosan, umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati doirasida oʻrganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnits va boshqa mantiq ilmi turli yoʻnalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 — 19-asrlar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa mantiq shaklida mavjud, uning oʻrganish obʼyektini tafakkur tashkil etadi. Mantiqning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini oʻrganishdir.

Mantiq tafakkurning namoyon boʻlish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar oʻrtasidagi aloqadorlikni koʻrsatadigan qonun qoidalar yigʻindisini oʻrganadi. Mantiqning vazifasi — chin fikrni, haqiqatni aniqlash. Mantiq ilmining oʻrganish obʼyekti tafakkurdir Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud boʻladi. Muhokama yuritish ana shular va ularning oʻzaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar (mas, muammo, gipoteza, nazariya, gʻoya va boshqalar)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy sharti qatoriga fikrning chin boʻlishi va formal jihatdan toʻgʻri qurilishi kiradi. Oʻzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr — chin fikr deb ataladi (qarang Isbot). Fikrni toʻgʻri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonunlari (qarang Ayniyat qonuni, Ziddiyat qonuni, Yetarli asos qonuni, Uchinchisi istisno qonuni) mu-hokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) oʻrtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur koʻp qirrali jarayon boʻlib, uni turli tomondan, xususan, mazmuni va shakli (tuzilmasi) boʻyicha yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib oʻrganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turli metodlaridan (qarang Induksiya, Deduksiya) foydalanishga, har xil yoʻnalishga ajralishiga sabab boʻladi.

Hozirgi paytda mantiqning formal mantiq, dialektik mantiq, matematik mantiq kabi yoʻnalishlari bor. Formal mantiq tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda oʻrganadi. Uning diqqat markazida muhokamani toʻgʻri qurish bilan bogʻliq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib oʻrganadi. Matematik mantiq tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon mat. sining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, tafakkurni yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi. 20-asrda noanʼanaviy mantiqning turli yoʻnalishlari, xususan, koʻp qiymatli mantiqiy sistemalar (Y. Lukasevich, Geyting , Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Postning nqiymatli mantiqiy sistemasi va shahrik.), konstruktiv mantiq lar (A. N. Kolmogorov, A. A. Markov variantlari) va modal mantiq kabi nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi.

Oʻzbekistonda mantiq masalalari bilan dastlab mantiq Mantiq Xayrullayev, E. Yu. Yusupov, V. Qobulov shugʻullangan. Keyinchalik I. Rahimov, mantiq Sharipov, O. Imomxoʻjayeva, D. Fayzixoʻjayeva va boshqa mantiqga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi.


Yana qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

AdabiyotlatTahrirlash

  • Xayrullayev mantiq Mantiq, Haqberdiyev mantiq, Logika, Toshkent, 1984.
  • Sharipov mantiq, Fayzixoʻjayeva D., Mantiq (maʼruzalar matni), Toshkent, 2001.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.

HavolalarTahrirlash