Bosh menuni och

Stoitsizm (yun. stoa — peshayvon; yunon falsafiy maktabi tarafdorlari yigʻilish oʻtkazadigan joy) — yunon falsafasidagi okimlardan biri. S. tarixi 3 davrga boʻlinadi: qad. Stoya (mil. av. 3—2-asrlar; asoschilari — kitionlik Zenon, Xrisipp, Kleanf); oʻrta Stoya (mil. 2—1-asrlar; namoyandalari — Panetsiy, Posidoniy); keyingi Stoya (mil. 1—2-asrlar; namoyandalari — Seneka, Epiktet, imperator Mark Avreliy va boshqalar). S. vakillari birinchi boʻlib falsafani fizika, etika va mantiqqa boʻldi. Stoiklar fizikada Geraklitning abadiy alangalanuvchi hamda soʻnuvchi olov haqidagi taʼlimotini qayta tikladi. Ularning fikricha, mantiq ilmi tushuncha va muhokama soʻzlarini toʻgʻri tuzish va qoʻllashga oʻrgatishi lozim. Gnoseologiyada stoiklar sensualizm mavkeida turdilar. Etikada burch tushunchasini ilgari surdilar, tabiatga mos keladigan hayotni oliy sahovat deb tushundilar. Ularning fikricha, inson bir butun borliqning tarkibiy qismi boʻlib, uning qayoti takdir yohud zaruriy qonuniyat orqali belgilanadi. Takdirga tan bermaslik behudadir. Insonning haqiqiy baxti ruhning xotirjamligi, ehtiroslardan xoliligidir. Bunday fazilatlar kishi oʻzini oʻzi tarbiyalashi oqibatida shakllanadi. Ezgulikning doyasi — aklfarosat, meʼyor va jasoratdir. Bularga zid barcha holatlar yomonlik belgisi gʻisoblanadi. S.da akl va odob kridalariga monand tarzda yashash imkoniyati boʻlmagan takdirda insonning oʻlimni ixtiyor etishi oklanadi. S. neoplatonizm va xristianlikka sezilarli taʼsir koʻrsattan.