Determinizm
Determinizm (lotincha: determino -aniqlayman) — barcha hodisalarning oʻzaro obyektiv qonuniy aloqadorligi va sababiy bogʻlanishi toʻgʻrisidagi falsafiy taʼlimot (qarang Sabab va oqibat). Indeterminizmning qaramaqarshisi. D.ning mazmuni sababiyat tushunchasida ifodalanadi, yaʼni bunda bir hodisa (sabab) muayyan sharoitda zaruriyatni tugʻdiradi, bu esa boshqa hodisa (oqi-bat)ni vujudga keltiradi. U inson ongiga bogʻliq emas. Yunon faylasuflari Geraklit, Demokrit, Epikur hamda sharq mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulugʻbek va b. ham D.ni eʼtirof etishgan. D. prinsipi ilmiy bilimning barcha sohalarida yoʻlyoʻriq koʻrsatuvchi, haqiqatni bilishning samarali vositasi boʻlib xizmat qiladi, determinizm psixologiyada ham muhim tushuncha hisoblanadi. Psixologik determinizm — bu insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xulq-atvorlari atrof-muhit, o'qish tajribalari, ijtimoiy omillar yoki biologik sabablar tomonidan oldindan belgilangan deb hisoblaydigan qarashdir. Bu nazariya erkin irodaning mavjudligini inkor etadi va inson xulq-atvorini sabablar bilan izohlashga urinishadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Umumiy mavzular | Sharq falsafasi · Gʻarb falsafasi | Falsafa tarixi: Antik · Oʻrta Asrlar · Oydinlashma ·Renessans ·XVII asr ·XVIII asr · XIX asr ·XX asr |
Sohalar | Estetika · Etika · Epistemologiya · Mantiq · Metafizika · Taʼlim falsafasi · Tarix falsafasi · Til falsafasi · Huquq falsafasi · Fan falsafasi · Metafalsafa · Siyosat falsafasi · Din falsafasi · Urush falsafasi |
Oqimlar | Tahliliy falsafa · Determinizm · Dialektik materializm · Ratsionalizm · Ekzistensializm ·Absurdizm ·Hegelchilik · Gumanizm · Idealizm · Materializm · Yangiaflotunchilik · Nigilizm · Fenomenologiya · Aflotunchilik · Pozitivizm · Postmodernizm · Pragmatizm · · Sxolastitsizm · Stoitsizm |