Uchinchisi istisno qonuni
Uchinchisi istisno qonuni — formal mantiqning asosiy qonunlaridan biri. Dastlab Aristotel ifodalab bergan. Bu qonunga koʻra, birbiriga zid boʻlgan ikki fikrdan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchi fikrga oʻrin boʻlishi mumkin emas. Bu qonun qaysi fikrning chinligini koʻrsatib bera olmaydi, lekin qaysi fikrdan biri toʻgʻri boʻlsa, keyingisi albatta notoʻgʻriligini bildiradi. Uchinchisi istisno qonuniq. "A yoki V yoki V emas" formulasi orqali ifodalanadi. Uchinchisi istisno qonuniq. bilish va muhokama yuritish jarayonida toʻgʻri xulosa chiqarish uchun muhim boʻlib, oʻzaro zid qarashlarni aralashtirib yuborishga yoʻl qoʻymaydi.
Davomi
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |