Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaraydi. Toshkent shahrida joylashgan. 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan. Tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar fakultetlari, 25 kafedra, til markazi (jahon tillari, fransuz tili, nemis tili, oʻzbek tili kafedralari bilan), kompyuter; testlar; „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazlari; boshqaruv instituti; tahrir va nashriyot boʻlimi; „Biznes olami“ va „Ziyokor“ oʻquv markazlari, „Internet“ klubi va yuridik klinika faoliyat yuritadi. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalari, siyosiy va ijtimoiy muammolar, diplomatiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet ilmiy kutubxonaga ega (300 ming asar). Universitetda oʻquv ishlariga xorijiy mamlakatlardan professorlar, amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinadi, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi. Universitetda BMT, UNESCO, TASISning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari, xorijiy davlat arboblari, diplomatlari, Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar chop etadi, „Xalqaro munosabatlar“ jurnali nashr etiladi[1].
Fayl:JIDU O'zbekiston Respublikasida joylashgan eng sifatli ta'lim beruvchi universitetlardan biri bo'lish bilan bir qatorda, unga kirishdagi raqobat jarayoni bilan va bakalavrga kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat ekanligi bilan ajralib turadi. | |
Xalqaro nomi |
The university of World Economy and Diplomacy |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1992-yil |
Rektori | Sodiq Safoyev |
Fakultetlar | 3 |
Talabalari | 1300 |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 1 yil |
Akademiklari | 2 |
Fan doktorlari | 20 |
Oʻqituvchilari | 80 |
Manzili |
Mustaqillik shoh koʻchasi 54, Toshkent shahri 100077, Oʻzbekiston |
Veb-sayti | www.uwed.uz |
Rektorlar
tahrir- 1992-1998 – Saidmuxtor Saidqosimov[2]
- 1998-2003 – Abdulaziz Komilov
- 2003-2005 – Sodiq Safoyev
- 2005-2009 – Hamidulla Karomatov
- 2009-2011 – Rustam Qosimov
- 2011-2014 – Nodir Jumayev
- 2014-2017 – Abdumalik Jumanov
- 2017-2020 – Abdujabbor Abduvohidov
- 2020-2021 – Komiljon Karimov
- 2021-yildan – Sodiq Safoyev
Bakalavriat yoʻnalishlari
tahrir# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5233500 | Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) |
2 | 5210300 | Siyosatshunoslik[3] |
3 | 5240107 | Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) |
Magistratura yoʻnalishlari
tahrir# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5A121102 | Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati |
2 | 5A210301 | Amaliy siyosatshunoslik |
3 | 5A231102 | Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) |
4 | 5A233501 | Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) |
5 | 5A240105 | Xalqaro huquq (sohalar boʻyicha) |
6 | 5A240111 | Xalqaro biznes huquqi |
7 | 5A611501 | Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)[4] |
Mashhur bitiruvchilar
tahrir- Saida Mirziyoyeva – Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi raisi oʻrinbosari.
- Feruza Eshmatova – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori.
- Feruza Maxmudova – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
- Ruslanbek Davletov – Oʻzbekiston adliya vaziri.
- Sherzod Asadov – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi.
- Oybek Kasimov – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi.
- Gulnora Karimova – Oʻzbekistonning Ispaniyadagi sobiq elchisi.
- Lola Karimova-Tillayeva – Oʻzbekistonning UNESCOdagi sobiq vakili.
- Hilola Umarova – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.
- Javlon Vahobov – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻribosari.
- Shaxzoda Matchanova
- Baxtiyor Abdusamatov
- Eldor Toʻlyakov
- G‘ayrat Fozilov
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Rahbariyat haqida
- ↑ „Oliy ta’lim muassasalari boʻyicha oʻtish ballari“. Davlat test markazi. 21-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktyabr 2020-yil. „arxiv nusxasi“. 21-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktyabr 2020-yil.
- ↑ http://magistr.edu.uz/stat/quota[sayt ishlamaydi]