Nodir Jumayev
Nodir Hosiyatovich Jumayev (tugʻ.1976-yil 18-fevral, Toshkent) — oʻzbek moliyachisi, iqtisod fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi[1].
Nodir Hosiyatovich Jumayev | |
---|---|
Oʻngdan chapga: Nodir Jumayev, Ravshanbek Olimov, Roberto Montella va Baxtiyor Ibragimov Venada, 2024-yil 22-fevral | |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-fevral 1976-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi |
Maʼlumoti | Toshkent moliya instituti |
Hayoti
tahrirNodir Jumayev 1976-yil 18-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Toshkent moliya institutini[2] tugatgan, 2001-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Oʻzbek, ingliz va rus tillarini yaxshi biladi[3].
1996—2002-yillarda Markaziy bankda yetakchi iqtisodchi, boshqarma boshligʻi, soʻngra boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2002—2006-yillarda Toshkent moliya instituti dotsenti, kafedra mudiri[2].
2005—2009-yillarda Bank-moliya akademiyasi ilmiy ish professori.
2009—2010-yillarda Nodir Jumayev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha prorektori lavozimida ishlagan[4]. 2010-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan.
2010—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, 2012—2015-yillarda esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimlarida ishlagan.
2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professori[5].
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.lex.uz/ru/docs/5111964
- ↑ 2,0 2,1 „arxiv nusxasi“. 4-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 4-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
- ↑ https://www.internauka.org/authors/zhumaev-nodir-hosiyatovich
- ↑ „Кандидаты“ (ruscha). elections.uz. Qaraldi: 4-may 2021-yil.
- ↑ „Главная“. O'zLiDeP. Qaraldi: 4-may 2021-yil.