Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibida.

  • O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarining reytingidagi o‘rni – 7 (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi maʼlumoti)
  • Gumanitar va iqtisodiy sohada – 3-o‘rin
  • Oliy taʼlim muassasalarining dunyo reytingidagi o‘rni www.webometrics.info versiyasiga ko‘ra – 11 204
  • QS World University Rankings versiyasiga ko‘ra – top mingtalikda mavjud emas
  • The Times Higher Education World University Rankings 2021 – top mingtalikda mavjud emas
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
(TDIU)
Xalqaro nomi Tashkent State University of Economics
Asos solingan 1931
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich[1]
Talabalari ~ 7 800
Fakultetlar 5
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Aspirantura bor
Doktorantura bor
Fan doktorlari 42 ta
Professorlar 76 ta
Manzili Toshkent, Islom Karimov koʻchasi 49, 100066 Oʻzbekiston
Vebsayti www.tsue.uz


TarixiTahrirlash

1931-yil 13-avgustda Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti sifatida tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga aylantirildi, bu institut 1962—91 yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yil 19-iyundan iqtisodiyot universiteti. Universitetda Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit, Korporativ boshqaruv, Iqtisodiyotda axborot tizimlari va Xalqaro turizm fakultetlari, Magistratura va Sirtqi bo‘limi, 24 ta kafedra bor. Unt Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi, Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, universitet tarixi muzeyi faoliyat olib boradi.

Umumiy ma'lumotlarTahrirlash

  • Xalqaro hamkor oliy taʼlim muassasalari soni – 115
  • Xalqaro hamkor oliy taʼlim muassasalari joylashgan davlatlar soni – 70
  • Ilmiy tadqiqotchilar – 335 nafar
    • Tayanch doktorantlar – 101 nafar
    • Doktorantlar – 4 nafar
    • Mustaqil izlanuvchilar – 230 nafar
  • Axborot-resurs markazi fondi – 601 194 ta, shundan elektron resurslar soni 7747 ta
  • Ishga joylashish ko‘rsatkichi – 95 foiz
  • Markazda jami 7 shtat birligida xodimlar faoliyat yuritadi. Markazda “Umid” jamg‘armasi hisobidan xorijiy mamlakatlarning nufuzli OTMda tahsil olib kelgan hamda AQSHlarining Vebster universiteti bitiruvchilari Bosh mutaxassis (3 nafar) lavozimida mehnat faoliyatini olib boradi
  • Markaz Universitet imijini yana-da ko‘tarish, uni xalqaro reyting talablariga moslashtirish maqsadida xalqaro eʼtirof etilgan Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities tashkilotlar bilan yaqindan aloqa o‘rnatgan. Universitetni kelajakda QS xalqaro reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy taʼlim muassasalari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha uslubiy ishlarni muvofiqlashtirib kelmoqda.

Qo'shma ta'lim dasturlariTahrirlash

  • Ural davlat iqtisodiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma taʼlim dasturiga asosan 4 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishida 431 nafar tahsil olayapti.
  • Krems amaliy fanlar universiteti (Avstriya) bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma taʼlim dasturiga asosan 4 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishida hamda 2 ta magistratura mutaxassisligi 193 nafar tahsil olayapti.
  • “MIFI” Milliy yadroviy tadqiqot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma taʼlim dasturiga asosan 2 ta magistratura mutaxassisligi 22 nafar tahsil olayapti.

Bakalavriat yoʻnalishlariTahrirlash

KunduzgiTahrirlash

# Shifr Taʼlim yo‘nalishi nomi
1 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2 5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
3 5230400 Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
4 5230600 Moliya
5 5230700 Bank ishi
6 5230800 Soliqlar va soliqqa tortish
7 5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
8 5231100 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha)
9 5231200 Sugʻurta ishi
10 5231400 Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
11 5231600 Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi
12 5231700 Kadrlar menejmenti
13 5231900 Korporativ boshqaruv
14 5232000 Davlat budjetining gʻazna ijrosi
15 5232200 Ekonometrika
16 5232300 Mintaqaviy iqtisodiyot
17 5232400 Iqtisodiy xavfsizlik
18 5232500 Logistika
19 5232600 Biznes-informatika
20 5234100 Raqamli iqtisodiyot
21 5234200 Reklama ishi
22 5330200 Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
23 5610200 Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
24 5610300 Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)[2]

SirtqiTahrirlash

# Shifr Taʼlim yo‘nalishi nomi
1 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
2 5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
3 5230400 Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
4 5230700 Bank ishi va auditi
5 5230800 Soliqlar va soliqqa tortish
6 5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
7 5231400 Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
8 5231600 Inson resurslarini boshqarish
9 5232400 Iqtisodiy xavfsizlik[3]

Magistratura yoʻnalishlariTahrirlash

# Shifr Taʼlim yo‘nalishi nomi
1 5A230101 Iqtisodiy nazariya
2 5A230102 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
3 5A230103 Makroiqtisodiyot
4 5A230106 Ekonometrika
5 5A230107 Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari
6 5A230108 Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish
7 5A230201 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
8 5A230401 Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
9 5A230403 Logistika
10 5A230601 Davlat moliyasini boshqarish
11 5A230701 Bank ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
12 5A230801 Soliqlar va soliqqa tortish
13 5A231401 Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
14 5A610301 Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)
15 5A230901 Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar bo‘yicha)
16 5A111001 Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi (iqtisodiyot)
17 5A230110 Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti
18 5A230902 Audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
19 5A231701 Kadrlar menejmenti
20 5A230603 Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
21 5A231101 Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
22 5A231102 Tashqi iqtisodiy faoliyat (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)[4]

Xalqaro aloqalarTahrirlash

2018/19 oʻquv yilida universitetda 6000dan ortiq talaba oʻqidi, 404 professor-oʻqituvchilar, shu jumladan 43 fan doktori va 130 fan nomzodi va dotsentlar ishladi. 2018/19 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Krems amaliy fanlar universiteti (Avstriya) hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ydi. Unt dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatgan. 1991—2019 yillarda untda 200 dan ortiq xorijlik talabalar tahsil oldi, 700 dan ortiq xorijlik professor oʻqituvchilar ishladi. Unt AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Malayziya, Vengriya, Koreya, Yaponiya, Niderlandiya, Belgiya, Rossiya, Qozogʻiston, Ukrainadagi 100dan ortiq nufuzli untlar, institutlar, ilmiy maktablar bilan aloqalarga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy ishlar to‘plamlari, „Iqtisodiyot va taʼlim“ jurnalini nashr etadi.

RektorlarTahrirlash

FakultetlarTahrirlash

IqtisodiyotTahrirlash

Iqtisodiyot fakulteti 1947-yilda tashkil etilgan. Fakultetni tashkil qilishda va uning taraqqiyotida taniqli olimlar va oliy maktab asoschilari B. Tursunov, M.M. Qoriev, M.H. Zaynutdinov, A.A. Azatyan va A.S. Danilovlarning xizmatlari katta.

Fakultetda 5 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:

  • Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya (akademik Aburahmonov Q.H.)
  • Tarmoqlar iqtisodiyoti (professor B.T. Salimov)
  • Makroiqtisodiyot (professor Ishmuhamedov A.E.)
  • Statistika (dotsent Ayubjonov A.H)
  • Falsafa (professor Soipnazarov I.S.)

Fakultet qoʻyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Iqtisodiyot (mehnat)
  • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (agroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (ekologiya)
  • Iqtisodiyot (sanoat)
  • Statistika

Qoʻyidagi yoʻnalishlarda esa, magistrlar yetishtiradi:

  • Iqtisodiyot (mehnat)
  • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (Hudud iqtisodiyoti)
  • Statistika

Moliya va buxgalteriya hisobiTahrirlash

Korporativ boshqaruvTahrirlash

Raqamli iqtisodiyotTahrirlash

Xalqaro turizmTahrirlash

Mashhur bitiruvchilariTahrirlash

Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarTahrirlash

Ilmiy-tadqiqot faoliyatiTahrirlash

a) Xalqaro, mahalliy axborot va maʼlumotlar bazasi bilan ishlash bo‘yicha:

2020 yil oktyabr oyi holatiga ko‘ra Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnalda 45 ta ilmiy maqola chop etildi (yillik rejaga nisbatan 90%). Ilmiy maqola chop etish salmog‘i 8 ta professor-o‘qituvchiga 1 ta maqola, 4 ta ilmiy darajali professor-o‘qituvchiga 1 ta maqola chop etilishi to‘g‘ri kelgan. Hozirgacha Scopus bazasidagi ilmiy jurnallarda universitetning 88 ta mualliflari tomonidan 74 ta ilmiy maqola 60 ta ilmiy jurnalda chop etilgan. Universitet professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrlarining Scopus maʼlumotlar bazasidan pandemiya sharoitida universitet hududidan tashqarida masofadan turib foydalana olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Elsevier kompaniyasining SciVal onlayn platformasini boshqa OTMlar bilan birgalikda konsorsium orqali (TDIU, TDIU Samarqand filiali, TMI, Samarqand davlat tibbayoyot instituti) chegirma bilan xarid qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Chet el davriy nashrlariga (jurnal, gazeta) aʼzolikni taʼminlash, professor-o‘qituvchilar uchun akademik ingliz tilini o‘qitish kurslarini tashkil qilish, bakalavrning birinchi bosqichidan ingliz tilida yozma bayon qilish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida insho, esse, xatlar tayyorlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ilmiy tadqiqot metodologiyasi yoritib berilgan adabiyotlardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, professor o‘qituvchilar, tadqiqotchilarning chet tilida, jumladan, ingliz tilida chop etilayotgan ilmiy materiallar bilan muntazam tanishtirib borish maqsalila Springer, Grebennikov va boshqa kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilarning yozma akademik ingliz tili ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Germaniyadagi Leybnis qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti bilan ekonomika/stata fanlari va akademik ingliz tillari bo‘yicha on-layn kurslar tashkil qilingan.

AQSHning nufuzli oliygohlaridan biri Vayyoming universiteti professori bilan “Tadqiqot metodologiyasi” mavzusida sertifikat onlayn kurs tashkil qilingan.

Nashr qilinadigan konferensiya to‘plamlar, ilmiy maqolalar, monografiyalarni plagiatga tekshirish maqsadida antiplagiat.ru saytiga kirish imkoniyati yaratildi va kelgusi yil uchun obuna xarib qilish ishlari olib borilmoqda.

2019 yilda Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnalda 28 ta ilmiy maqola chop etildi. Ilmiy maqola chop etish salmog‘i 14 ta professor-o‘qituvchiga 1 ta maqola, 6 ta ilmiy darajali professor-o‘qituvchiga 1 ta maqola chop etilishi to‘g‘ri kelgan. 2018 va 2017 yillarda Scopus hamda ScienceDirect maʼlumotlar bazasi tarkibiga kirgan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda jami 5 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.

b) Chop etilgan tezis va ilmiy maqolalar bo‘yicha

2020 yil oktyabr oyi holatiga ko‘ra universitetda 12 ta respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalar, 2 ta hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 1 ta xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi, 1 ta universitet miqyosidagi talabalar konferensiyasi masofadan turib on-layn ko‘rinishda Zoom dasturida o‘tkazildi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, barcha xalqaro konferensiyalar on-layn platformalarda o‘tkazildi. 2020 yil sentyabr holatiga professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ishlanmalar uchun 2 ta patent va 17 ta mualliflik guvohnomalarini olgan.

2019 yilda 56 ta darslik, 168 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 35 ta monografiya, 2 ta xalqaro ilmiy amaliy-anjuman maqolalari to‘plami, 9 ta respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar to‘lamlari, 2 ta universitet miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar to‘plamlari nashr etildi. Shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda 251 ta, shu jumladan, respublika ilmiy jurnallarida esa 387 ta ilmiy maqolalar nashr qilindi. Bundan tashqari, 703 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar chop etildi. Shundan, 124 tasi xalqaro konferensiyalarda, 346 tasi respublika anjumanlarida hamda 223 tasi OTMda o‘tkazilgan turli mavzulardagi konferensiya materiallarida chop etilgan.

2018 yil davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan 11 ta darslik, 38 ta o‘quv qo‘llanma, 18 ta o‘quv uslubiy ko‘llanma, 27 ta monografiya, 353 ta respublika ilmiy jurnallarida 125 ta xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr qilindi. Shuningdek, 2 ta vazirlik miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar to‘lamlari, 3 ta universitet miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar to‘lamlari nashr etildi, bundan tashqari 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalari to‘plami, 7 ta respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar to‘plamlari, 715 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar chop etildi.

2017 yilda universitet professor-o‘qituvchilar tomonidan jami 21 ta mavzu doirasida davlat fan-texnika dasturi bo‘yicha jami 898,24 mln. so‘mlik loyiha ustida ish olib borilgan. Shundan, 4 ta jami 205 mln. so‘mlik fundamental, 14 ta 595,42, mln.so‘mlik amaliy, 2 ta 75,2 mln.so‘mlik innovatsion loyihalar tashkil etgan. Hisobot davrida chop etilgan 13 ta darslik, 40 ta o‘quv qo‘llanma, 17 ta monografiya, 148 ta xorijiy va 243 ta respublika miqyosidagi jurnallardagi ilmiy maqolalar, 852 ta respublika va universitet ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamida, 197 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamidagi tezislar universitet professor-o‘qituvchilarining samarali mehnat qilganini ko‘rsatmoqda.

s) Kafedralarda so‘nggi 2 yilda bir nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi ilmiy-tadqiqot ishlari salmog‘i

2019 yil yakuniga ko‘ra universitetda 397 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda ishlagan. Ulardan 38 nafari fan doktori, shundan 5 tasi akademik va 113 nafari fan nomzodi hamda 19 nafar falsafa doktori (PhD)dir. Mazkur yilda 387 ta OAK ro‘yxatidagi respublika va 251 xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar, 703 ta xorijda va respublikada o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamida tezislar, 35 ta monografiyani hisobga olib, bir nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi ilmiy tadqiqot ishlari salmog‘i 3,5 tani tashkil qilgan (yillik o‘sish 25 %). Shu bilan birga, 7 ta o‘qituvchiga 1 ta darslik, 2 ta o‘qituvchiga 1 ta o‘quv qo‘llanma chop etilishi to‘g‘ri kelgan. 2018 yil yakuniga ko‘ra universitetda 423 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat yuritgan. Ulardan 44 nafari fan doktori, shundan 5 tasi akademik va 134 nafari fan nomzodlaridir. Hisobot yilida 353 OAK ro‘yxatidagi respublika va 125 ta xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar, 715 ta xorij va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy amaliy anjumanlaridagi tezislar, 27 ta monografiyalarni hisobga olib, bir nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi ilmiy tadqiqot ishlari salmog‘i 2,8 tani tashkil qilgan.Shu bilan birga,33 o‘qituvchiga 1 ta darslik, 11 ta o‘qituvchiga 1 ta o‘quv qo‘llanma chop etilishi to‘g‘ri kelgan.

d) Professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish mexanizmlari bo‘yicha. Universitetda 2020 yil oktyabr oyi holatiga ko‘ra 325 nafar professor-o‘qituvchi, shu jumladan 154 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar (47,4%). ilmiy darajali professor-o‘qituvchilarning 42 nafari fan doktori/DSc (12,9%), 112 nafari fan nomzodi/PhD (34,5%) faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi “Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-sonli qarori ijrosi taʼminlash, professor-o‘qituvchilarni faol ilmiy izlanishlar olib borishga qiziqtirish maqsadida har oylik qo‘shimcha haq to‘lash 35 nafar fan nomzodi (PhD) ga 23.5 % va 32 nafar fan doktori (DSc) ga 89 % qo‘shimcha haq to‘lash belgilandi. Bir martalik qo‘shimcha haq to‘lash uchun esa 14 fan doktori (DSc) ga 39 % va 3 nafar fan nomzodi (PhD) ga 2 % qo‘shimcha haq to‘lash belgilandi.

Universitetda fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasiTahrirlash

a) Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari tijoratlashtirilganligi (grant va DITD loyihalar)

2020 yilda universitetda jami 11 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi bo‘yicha jami 2492,95 mln.so‘mlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, 3 ta jami 517,51 mln.so‘mlik fundamental, 8 ta 1975,43 mln.so‘mlik amaliy olib borilmoqda. Shu bilan birga, 1 ta 400,00 mln.so‘mlik amaliy yangi loyiha o‘zlashtirilgan.

Universitetda 2020-2021 yillarda umumiy qiymati 182.000 AQSH dollariga teng 8 ta grant amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan:

  1. 1. Fulbrayt granti. AQSHning Feyrfild Universiteti taʼlim dasturi asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Biznes analitika ixtisosligi bo‘yicha magistratura ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ushbu loyiha AQSHning Feyrild universitet professor-o‘qituvchilarini(koordinator dr. Yasin Uzchelik) jalb etgan holda Fulbrayt granti asosida umumiy qiymati 25.000 AQSH dollariga teng mablag‘ ajratilishi belgilangan. Loyihani 2021 yil may oyida amalga oshirish mo‘ljallangan.
  1. 2. AQSHning YUNISEN(American Councils UniCEN grant) grant dasturi doirasida AQSHning Feyrfild universiteti (Fairfield University) bilan hamkorlikda TDIU “Tadqiqot va o‘qitish liderlik markazi”ni yaratishga qaratilgan loyiha amalga oshiriladi. Markaz Feyrfild universiteti modeli asosida amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 40.000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Loyiha koordinatori Prof. Kati Nantz.
  1. 3. Fulbrayt Skolar granti dasturi doirasida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik loyihasi, bunda amerikalik professor Lusiana Leyuning 10 oylik tashrifi doirasida Ingliz tilini o‘qitish dasturlari yangilash, innovatsion va yangi o‘qitish metodlarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 25.000 AQSH dollari.
  1. 4. AQSHlik mashhur trener Bob Dorf bilan “Startap” hamkorlik loyihasi. Tadbirkorlik va biznes fanlarini o‘qitishda jahonda mashhur Bob Dorfning “Startaplar uchun qo‘llanma” nomli kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilish va o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bob Dorf ushbu loyiha doirasida TDIU o‘qituvchilariga treninglar o‘tishi va talabalarga master klasslar o‘tishi mo‘ljallangan. Loyiha qiymati 12.000 AQSH dollari atrofida baholangan bo‘lib, Savdo-sanoat palatasi hamda AsaxiyBuks kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
  1. 5. Feyrfild professorlari uchun TDIUda bir oylik dars berish uchun 4 ta kishiga mo‘ljallangan grant ajratish kelishildi (turar joy va qadimiy shaharlarga sayohat xarajatlari TDIU tomonidan amalga oshiriladi). Feyrfild universiteti professorlarini 1 oylik TDIUga o‘qitish uchun qo‘shma grant kelishilgan.
  1. 6. Horizon 2020 loyihasi, H2020-MSCA-RISE-2020 – CCARSI, mintaqadagi ijtimoiy innovatsiyalar (innovatsiyalar sababli vujudga keluvchi ekologik o‘zgarishlarga ijtimoiy javoblar) (social innovation (societal responses to innovation, which includes societal responses to environmental change that is caused by innovation) in the region). Hamkorlar Dublin Universiteti va Yevropa tadqiqot institutlari.
  1. 7. Polshaning Lodz Universiti bilan (University of Lodz (UL)) hamkorlikda TDIUda 4 ta kursni o‘qitishga qaratilgan 2 yillik loyiha. Unda Lodz Universitetining 4 ta nafar professor-o‘qituvchi 2020-2021 yillarda on-layn darslar olib boradi. 2021-2022 yillar davomida esa har bir professor 1 semester davomida TDIUga tashrif buyurib, darslar olib borishi ko‘zda tutilgan. Hamkorlik loyihasi uchun 30.000 AQSH dollari hisobida grant ajratilish ko‘zda tutilgan. Loyiha 2020 yil sentyabr oyida boshlanadi.
  1. 8. Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ReKAP loyihasi, TDIUda Ijtimoiy tadqiqotlar markazi yaratishga qaratilgan loyiha bo‘lib, TDIU uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari 50.000 AQSH dollarini tashkil etadi. Koordinator Estoniyaning Tartu Universiteti. Loyiha 2021 yil yanvar oyida boshlanishi belgilangan.

Universitet bo‘yicha 2020 yil uchun xo‘jalik va pullik xizmat shartnomalarining yillik rejasi jami 573,9 mln. so‘m qilib belgilangan. Hozirgi kunga qadar mavjud 9 ta mutaxassislik kafedralari bo‘yicha 203,3 mln. so‘mlik jami 32 ta pullik va xo‘jalik shartnomalari imzolashga erishildi (rejaga nisbatan 35%). Ushbu shartnomalari bo‘yicha 87,3 mln. so‘mlik pul mablag‘lari universitet hisob raqamiga kelib tushdi. 2019 yilda universitetda jami 14 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi bo‘yicha jami 1653,1 mln.so‘mlik loyihalar ustida ish olib borilgan. Jumladan, 4 ta jami 392,24 mln.so‘mlik fundamental, 9 ta 1194,05 mln.so‘mlik amaliy, 1 ta 66,8 mln. so‘mlik yoshlar amaliy loyihalar bo‘yicha ishlar bajarilgan. 2019 yil uchun xo‘jalik va pullik shartnomalar yillik rejasi jami 291,6 mln. so‘m qilib belgilangan. 2019 yil yakuni bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari asosida 361,46 mln. so‘mlik pul mablag‘lari universitet hisob raqamiga kelib tushgan (rejaga nisbatan 124%).

2018 yilda universitetda jami 19 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi bo‘yicha jami 1264,848 mln.so‘mlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, 4 ta jami 234,87 mln.so‘mlik fundamental, 14 ta 989,975 mln.so‘mlik amaliy, 1 ta 40 mln.so‘mlik yoshlar amaliy loyihalari olib borilgan. 2018 yilga xo‘jalik shartnomalarining yillik rejasi 225,6 mln. so‘m etib belgilangan bo‘lsa, 2018 yil ohirida 340,546 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi (rejaga nisbatan 151%).

Universitetda 2017 yilda jami 21 ta mavzu doirasida davlat fan-texnika dasturi bo‘yicha jami 898,24 mln. so‘mlik loyiha ustida ish olib borilgan. Shundan, 4 ta jami 205 mln. so‘mlik fundamental, 14 ta 595,42, mln.so‘mlik amaliy, 2 ta 75,2 mln.so‘mlik innovatsion loyihalar tashkil etgan. 2017 yilda universitet bo‘yicha jami yillik reja 182,2 mln. so‘m qilib belgilangan bo‘lsa, ushbu shartnomalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida universitet hisob raqamiga 186,179 mln. so‘m mablag‘lar tushgan (rejaga nisbatan 102,2 %).

b) Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilganligi

2017-2019 yillarda universitetning tayanch doktorat, doktorant va mustaqil izlanuvchilari tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishining ilmiy yangiliklari bo‘yicha 84 ta taklif va tavsiyalar yuborilgan bo‘lib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha respublika vazirlik va idoralari, real sektor korxonalarigadan 70 ta dalolatnomalar olinda va ularda jami 124,5 ming AQSH dollari hamda 110,5 mlrd so‘mlik kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik to‘g‘risida maʼlumotlar ko‘rsatilgan.

Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 2017-2019 yillarda tayanch doktoranturani 45 nafar tayanch doktorant (PhD), 11 nafar doktorant (DSc), 105 nafar (PhD) mustaqil izlanuvchilari va 24 nafar (DSc) mustaqil izlanuvchi tamomlagan. Doktorantlarning himoya qilish ko‘rsatkichi 55,4 foizni tashkil qilgandi.

2017-2019 yilldarda 101 nafar dissertatsiya ishini himoya qilgan izlanuvchilardan 57 nafari (56,4%) universitetda o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Talabalarning xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov va ko‘rgazmalardagi ishtirokiTahrirlash

  • 2019 yil dekabr oyida universitetda “Eng yaxshi ilmiy-innovatsion g‘oyalar” ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Tanlovning yakuniy bosqichida 9 nafar talaba (quyidagi mavzularda “StepsWatt”, “Eat more”, “BIOLIFE, IB MTM, E-MARKETING”, “GREEN SOLUTIONS”, “Smart parking” va “I-ROTEL” kabi loyihalar bo‘yicha “Eng yaxshi innovatsion loyiha” hamda “Eng yaxshi biznes g‘oya”lar bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlar aniqlanib, g‘olib talabalarga 1-, 2-, 3-darajali diplomlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Talabalarni tayyorlagan ishlarini yana-da rivojlantirish va uni tijoratlashtirish maqsadida respublikada o‘tkaziladigan innovatsion g‘oyalar tadbirlarida ishtirok etish uchun hujjatlari rasmiylashtirilib, vazirlikka taqdim etildi.
  • 2019 yil 21-23 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida “Buxuchet vokrug nas (Atrofimizdagi buxgalteriya hisobi)” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro fan olimpiadasida faxriy 1-o‘rinni va 1-darajali diplom bilan taqdirlandi, jamoaviy bosqichda esa nafar talaba 3-o‘rinni egalladilar va 3-darajali diplom bilan taqdirlandilar.
  • Universitetda iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida universitet kafedralari qoshida 51 ta fan to‘garagi faoliyat yuritdi. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash natijasida ular tomonidan 19 ta xalqaro ilmiy jurnal va 57 ta respublika ilmiy jurnalida ilmiy maqolalar, 23 ta tezis xalqaro ilmiy amaliy anjumanda, 786 ta tezis respublika va OTM miqyosidagi ilmiy amaliy anjumanlarda chop etildi. Bundan tashqari iqtidorli talabalarning ilmiy ishlanmalri uchun 2 ta mualliflik guvohnomasi olindi.
  • Tanlov, olimpiada va xalqaro ko‘rgazmalarda 335 nafar iqtidorli talaba ishtirok etib, 81 nafari sovrinli o‘rinni qo‘lga kiriti. Jumladan 7 nafari talabalar fan olimpiadasi g‘olibi (shu jumladan, 3 nafari I o‘rin, 1 nafari II o‘rin va 3 nafari III o‘rin), 2 nafari xalqaro ko‘rgazma va tanlov g‘olibi va 5 nafar sovrindor, 8 nafar xalqaro olimpiada g‘olibi, 59 nafar talaba xorijiy universitetlarda malaka oshirib keldi.
  • 2019 yilda fan olimpiadalarining respublika bosqichi 3 ta fan, yaʼni O‘zbekiston iqtisodiyoti, Menejment va Marketing fanlari bo‘yicha universitetimizda yuqori saviyada tashkil etildi.
  • 2019 yilda fan olimpiada 7 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Menejment fanidan 1-o‘rin, Marketing fanidan 1-o‘rin, O‘zbekiston iqtisodiyoti fanidan 1-o‘rin, Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanidan 2-o‘rin, Buxgalteriya hisobi va audit fanidan 3-o‘rin, Kompyuter grafikasi fanidan 3-o‘rin va Bank ishi fanidan 3-o‘rinlarni egalladilar.
  • 2019 yilda Universitet talabalari O‘zbekiston Respublikasi Navoiy davlat stipendiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov davlat stipendiyasi tanlovida ham faol qatnashdilar va 3 nafar talaba stipendiya sohibi bo‘ldi. Jumladan, 2 nafar talaba Navoiy nomli davlat stipendiyasiga va 1 nafar talaba Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar.

a) Startaplar bo‘yicha

Jumladan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2020 yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddi mutaxassislar bilan hamkorlikda “Oliy taʼlim muassasasida talaba-yoshlarning startap loyihalari” tanlovini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va universitetning maslahat kengashi va ekspert komissiyasi tasdiqlandi. Universitet startap loyihalari bo‘yicha “Respublika startap-loyihalari” ko‘rgazmasiga yigirmata loyiha bilan ishtirok etishi vazifalari belgilab olindi.

Ikki oy davom etgan saralash davrida talabalar va ilmiy izlanuvchilar tomonidan “Avitsenna”, “I-Rotel”, “Chemistry Invest”, “Ecomove”, “Proizvodstvo uglerodnogo volokna”, “Healpcare”, “Ecopybook”, “4AGREEN” va “Agro logistika” kabi ellikdan ortiq startap loyihalari muhokama qilindi. 2020 yil 5 may kuni talabalar va izlanuvchilarning “Eng yaxshi innovatsion tadbirkorlik loyihalari” ruknida startap loyihalari bo‘yicha masofaviy onlayn ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

Shu bilan birga, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan eʼlon qilingan “2020 yilda 20 ta eng yaxshi startap loyihasi” tanlovida (hab bir loyiha uchun 100 mln.so‘m) ishtirok etish uchun talabalarning yigirmadan ortiq eng sara loyihalari vazirlikning elektron ro‘yxatidan o‘tdi va tanlovda ishtirok etish uchun yuborildi. Vazirlikning “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘rik tanloviga o‘nta loyiha tashabbuskorlari nomzodlari berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda “Startaplar to‘g‘risida”gi hamda “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihalari vazirlikning rahbar xodimlari bilan muhokama qilinib, qonun loyihalariga universitet tomonidan taklif va tavsiyalar yuborildi.

Universitetda IT-PARK xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, universitet yoshlarining kreativ innovatsion salohiyatini oshirish, yosh talabalarni axborot texnologiyalar sohasida o‘qitishni tashkil qilish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyixalarni qo‘llab-quvvatlash, inkubatsiya va akseleratsiya jarayonlarini hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Ilmiy kengash faoliyatiTahrirlash

  • 2020 yil sentyabr holatiga ko‘ra DSс.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.11 – “Marketing”, 08.00.13 – “Menejment” 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha 28 ta himoya bo‘lib o‘tgan.
  • 2019 yilda DSc.27.06.2017.I.16.01 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”, 08.00.11 – “Marketing”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha jami 29 ta, DSc.28.12.2017.I.16.02 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.10 – “Mehnat iqtisodiyoti. Demografiya” ixtisosligi bo‘yicha 13 ta va DSc.27.06.2017.I.16.03 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha 21 ta himoya bo‘lib o‘tgan.
  • 2018 yilda DSc.27.06.2017.I.16.01 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”, 08.00.11 – “Marketing”, 08.00.13 – “Menejment”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” va 08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha jami 37 ta va DSc.28.12.2017.I.16.02 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.10 – “Mehnat iqtisodiyoti. Demografiya” ixtisosligi bo‘yicha 3 ta himoya bo‘lib o‘tgan.
  • 2017 yilda universitet huzuridagi DSc.27.06.2017.I.16.01 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”, 08.00.10 – “Mehnat iqtisodiyoti. Demografiya”, 08.00.11 – “Marketing”, 08.00.13 – “Menejment”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” va 08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha jami 8 ta himoya bo‘lib o‘tdi.

ManbalarTahrirlash