Ibrohimjon Iskandarov (1932-yil 8-may, Sayram tumani Qoramurt qishlogʻi, Qozogʻiston2020-yil 13-dekabr) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademikemiyasi akademigi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), iqtisod fanlari doktori (1969), professor (1973). Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ijtimoiy fanlar boʻlimi kotibi (1962—1963), Iqtisodiyot institutida boʻlim mudiri (1963—1968). Oʻzbekiston Davlat reja qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1968—1969). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti direktorining oʻrinbosari (1969—1971), direktori (1971—1975). Toshkent xalq xoʻjaligi instituti rektori (1975—1976), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa, iqtisod va huquq boʻlimi Akademik kotibi (1976—1979) va raisi (1984—1987); Fanlar akademiyasi Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1979—1984). Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Davlat Reja qoʻmitasi raisi (1987—1989); Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini oʻrganish kengashi raisi (1989—1990), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1990—1996). 1997-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida iqtisodiy integratsiya muammolari boʻlimi boshligʻi.

Iskandarovning ilmiy ishlari sanoat iqtisodiyoti, yalpi milliy mahsulotni hisoblash uslubiyati, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi muammolariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).

Manbalar

tahrir
  • Ekonomicheskiye problemi razvitiya tekstilnoy promishlennosti v Oʻzbekistane, T., 1969; Problemi ekonomicheskoy nauki v Oʻzbekistane, T., 1979.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil