Jahongir Ortiqxoʻjayev

yirik tadbirkor

Jahongir Ortiqxoʻjayev (Jaxongir Ortiqxoʻjayev Obidovich) — Toshkent shaxrining sobiq xokimi[2][3]. „J-United Group“ kompaniyalar guruhining (Akfa, Imzo-Akfa, Tashkent city, Oqtepa — sohil boʻyi, Choshtepa tuar- joy, Artel, Discovery Invest, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senior & Seniorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam (Navoiy) , BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV telekanali, Multi-mafe, Avalon brendlarini oʻz ichiga oladi) asoschisi, 2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvarigacha Toshkent shahar hokimi boʻlgan[1][4].

Jahongir Ortiqxo’jayev
 Toshkent shahrining sobiq hokimi
 
Mansab davri
2018-yil 21-dekabrdan
(2018-yil 26-apreldan v.b.) – 2023-yil 16-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rahmonbek Usmonov
Vorisi Bahtiyor Rahmonov[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-yanvar 1975-yil (1975-01-02) (48 yosh)
Kasbi iqtisodchi
Maʼlumoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi

Biografiya Tahrirlash

1975-yil 2-yanvarda tugʻilgan. Millati — oʻzbek.

1991—1996-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.

2011-yildan 2017-yilgacha Artel Engineering kompaniyasiga rahbarlik qilgan.

20172018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan.

2020-yildan — Oʻzbekiston yoga federatsiyasi prezidenti.

2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvargacha Toshkent shahar hokimi

Mukofotlari Tahrirlash

2015-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi[5].

2021-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi faxriy unvonini oldi.

Oilasi Tahrirlash

Turmush oʻrtogʻi — Nigora Ortiqxoʻjayeva, „G-United Group“ kompaniyalar guruhining ayni paytdagi boshqaruvchisi.

Qizi — Jamila, Oʻzbekiston Prezidentining sobiq maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning oʻgʻliga turmushga chiqqan.

Qizi — Komila, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning oʻgʻli Shahobbidin Nizomiddinovga turmushga chiqqan.

Manbalar Tahrirlash