Abdujabbor Abdusattarovich Abduvohidov (1956-yil 16-dekabrda tugʻilgan, Qozogʻiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, olim va diplomat, tarix fanlari nomzodi.

Abdujabbor Abdusattarovich Abduvohidov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi
Mansab davri
2018-yil 27-avgustdan – 2022-yil 25-avgustgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Qosimov
Vorisi Odil Abdurahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-dekabr 1956-yil (1956-12-16) (67 yosh)
Qozogʻiston SSR
Maʼlumoti Oʻzbekiston milliy universiteti

2018-yil 27-avgustda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Biografiyasi

tahrir

1978-yildan Misrda tarjimon boʻlib ishlagan. 1981-yildan 1983-yilgacha boʻlgan davrda harbiy xizmatni oʻtab, oʻsha yili xizmatdan soʻng darhol Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) aspiranti boʻldi.

1987-yilda falsafa-iqtisod fakultetida ishlagan. 1988-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy kotib boʻldi. 1990-yilda 1928-1963-yillarda Misr va Suriyaning ijtimoiy-siyosiy maydonida „Musulmon birodarlar“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi[1].

[[1992-yilda „Meros Academy“ mas’uliyati cheklangan jamiyatining direktori lavozimiga koʻtarildi va 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamoat qurilishi akademiyasining ilmiy va tijorat tadqiqotlari boʻlimining boshligʻi boʻldi. 1998-2001-yillarda „Ustoz“ respublika jamgʻarmasining ijrochi direktori boʻlgan. 2001-2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining xalqaro boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan. 2002-yilda xalqaro tinchlik uchun Karnegi fondiga tadqiqotchi sifatida taklif qilindi[2].

2003-yildan 2004-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim va ijtimoiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi. 2002-yildan 2011-yilgacha Toshkent xalqaro Vestminster universiteti rektori sifatida ishlagan[3].

2011-yil 26-iyulda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori etib tayinlandi[4]. Shu yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining rektori boʻldi. 2015-yilda „GALLERY SIGNATURE“ mas’uliyati cheklangan jamiyatining direktori boʻldi.

2017-yilda NextStepPro xususiy taʼlim muassasasining direktori boʻldi. Xuddi shu yili u istiqbolli yosh oʻqituvchi va ilmiy kadrlar malakasini oshirish uchun „Istedod“ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti jamgʻarmasining ijrochi direktori lavozimini oldi.

2018-yil 6-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi[5]. 31-iyulida Oʻzbekiston Prezidentining fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi boʻldi[6].

2018-yil 27-avgustda Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasiga tayinlandi.


Manbalar

tahrir