Rustam Qosimov

Davlat va jamoat arbobi

Qosimov Rustam Sobirovich — Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi[1], Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori[2].

Rustam Qosimov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2018-yil 31-iyuldan – 2021-yil 7-maygacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Komilov
Vorisi Shoazim Minovarov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim, sport, sogʻliqni saqlash ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2017-yil 12-dekabrdan – 2018-yil 31-iyulgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ahmadxoʻja Yunusxoʻjayev
Vorisi Abdujabbor Abduvohidov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
Mansab davri
2016-yil 16-dekabrdan – 2017-yil 21-iyungacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Alisher Vahobov
Vorisi Inomjon Majidov
Mansab davri
2004-yil – 2008-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Saidahror Gʻulomov
Vorisi Azim Parpiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-avgust 1956-yil
Toshkent
Vafoti 7-may 2021-yil(2021-05-07)
(64 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiya tahrir

2001-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari.

2004-yil 12-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlangan.

2004-yil 13-oktabrdan 2009-yilgacha shuningdek — Oʻzbekiston Bosh vazirining taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy soha va yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari.

2009-2011-yillar — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.

2011-2016-yillar — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi aʼzosi.

2016-yil 16-sentabrda yana Oʻzbekiston Bosh vazirining taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy soha va yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlangan.

2017-yil 21-iyundan 2018-yilgacha — Oʻzbekiston Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport boʻyicha davlat maslahatchisi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori.

2018-2021 — Oʻzbekiston Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi.

2019-2021 — Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori.

2021-yil 6-mayda vafot etgan[3].

Manbalar tahrir

  1. Biografiyasi, 2016-10-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-10-05
  2. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori oʻzgardi
  3. https://m.kun.uz/news/2021/05/07/prezident-maslahatchisi-rustam-qosimov-vafot-etdi