Shoazim Shoislamovich Minovarov (1951-yil 1-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha sobiq davlat maslahatchisi[1][2]. Asl kasbi tarjimonlik.

Shoazim Minovarov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2021-yil 25-maydan – 2022-yil 2-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Qosimov
Vorisi Muzaffar Komilov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi
Mansab davri
2006-yil 1-avgustdan – 2006-yil 1-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Najmiddin Komilov
Vorisi Bahrom Abduhalimov
Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori
Mansab davri
2017-yil 17-iyuldan – hozirgi vaqtgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-avgust 1951-yil
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlining nabirasi[3].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Shoazim Minovarov 1951-yil 1-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning bobosi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlidir. Shoazim Minovarovning asl kasbi tarjimonlik boʻlidiy, Abdulla Avloniy va Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlanganida, bu mukofotlarni Shoazim Minovarov qabul qilib olgan[3].

Shoazim Minovarov 1973-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining fransuz tili va adabiyoti yoʻnalishini tamomlagan. SSSRning Gvineyadagi elchixonasida va Jazoirdagi bosh konsulligida ishlagan[3].

Tarjimonlik faoliyati

tahrir

U tarjimon sifatida fransuz tilidan Charles Perronning „Ona gʻoz ertaklari“, „Qizil qalpoqcha“, „Kuloyim yoki billur boshmoqchalar“, „Ustasi farang yoki etik kiygan mushuk“, „Sehrgarlar“, „Kokildor Rike“ ertaklarini, Jean-Marie Gustave Le Clézioning „Odel. Mondo va boshqa hikoyatlar“ asarini, François Mauriacning „Ilonlar komida“ romanini, Montesquieuning „Fors nomalari“ asarini, Lucien Kerenning „Buyuk Temur“ pyesasini, Patrick Modianoning „Toʻy sayohati“ romani va Maupassantning hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[3].

Faoliyati

tahrir

Manbalar

tahrir