Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir.

Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy.jpg
Tavalludi 12-iyul 1878-yil
Vafoti 25-avgust 1934-yil(1934-08-25)
(60 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR va Turkiston general-gubernatorligi
Mukofotlari Uzbek orden rib.png


U Toshkentning Mergancha mahallasida toʻquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval Oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez orada oʻz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U arab,fors va rus tillarini o‘rgangan. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. U o‘z maktabida ona tili va adabiyot fanidan dars berdi, «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi. Abdulla Avloniy o‘zining ,,Turon" deb ataluvchi teatr jamoasini tuzgan.


Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan. Mustaqillik sharofati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan mukofatlangan. [1][2][3].

Nashr qilingan asarlariTahrirlash

  • Avloniy. «Toshkent tongi». T., 1978.
  • Avloniy. Oʻson millat. T., 1993.
  • Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T., 1992.
  • Avloniy. Afgʻon sayohati. Kundaliklar. «Sharq yulduzi», 1990, 7-son.
  • Milliy uygʻonish. T., 1993.
  • Avloniy, Tanlangan asarlar, Ikki tomlik, «Maʼnaviyat»., T., 1998-yil

ManbalarTahrirlash

  1. Qosimov B. Abdulla Avloniy. T., 1979.
  2. Qosimov B. Inqilobiy sheʼriyat sahifalari. T., 1977.
  3. Oripov Q. Alangali yillar adabiyoti., T., 1972.