Rahmonbek Jahongirovich Usmonov[1] (1960-yil 24-aprel) — davlat va jamoat arbobi. 2011-2018-yillarda Toshkent shahar hokimi. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari[2]. 2021-yildan buyon “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi boshligʻi .

Usmonov Rahmonbek Jahongirovich
Усманов Рахманбек Джахангирович
Toshkent shahrining hokimi
Mansab davri
2011-yil 17-fevral – 2018-yil 26-aprelgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abduqahhor Toʻxtayev
Vorisi Jahongir Ortiqxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-aprel 1960-yil (1960-04-24) (64 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Hayoti

tahrir

1977-1982 yy. — Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti talabasi.

1982-1990 yy. — Toshkent shahar 1-Avtokorxonasi uchastka ustasi, avtosaf boshligʻi, katta muhandis, direktor oʻrinbosari.

1990-1990 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Agroqurilishmexservis“ ishlab chiqarish axborot boshqarmasi boshligʻi vazifasini. bajaruvchi

1990-1992 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Qurilishmexservis“ korxonasi direktori.

1992-1993 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Agroqurilishmexservis“ korxonasi bosh direktorining oʻrinbosari.

1993-1996 yy. — Toshkent shahar 1-avtokorxonasi direktori vazifasini bajaruvchi.

1996-1996 yy. — „Toshshaharyoʻlovchiavtotrans“ ishlab chiqarish birlashmasi boshligʻi.

1996-2001 yy. — „Toshshaharyoʻlovchitrans“ Davlat uyushmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari.

2001-2003 yy. — Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining birinchi oʻrinbosari.

2003-2005 yy. — Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi

2005-2011 yy. — Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xoʻjalik, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.

2011-2012 yy. — Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi.

2012-2018 yy. — Toshkent shahar hokimi.

2018-2018 yy. — Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.

2012—2017-yillarda shuningdek, „Paxtakor“ futbol klubi Prezidenti boʻlgan[3][4].

2018-2020 — Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi[5].

2020-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari.

2021-yildan — Toshkent metropoliteni direktori[6].

Mukofotlari

tahrir

2008-yili "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan. 2024-yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan[7].

Manbalar

tahrir