Oʻzbekiston temir yoʻllari
AJ "O’zbekiston temir yo’llari" Aksiyadorlik Jamiyati - O’zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Status | davlat kompaniyasi |
---|---|
Joylashuvi | Toshkent |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Boshqaruv raisi | Ochilboy Ramatov |
Ishchilar soni | 54700 |
Vebsayti | Railway.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek tili, Rus tili, Ingliz tili |
AJ "O’zbekiston temir yo’llari" Aksiyadorlik Jamiyati 1994 yil 7-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi xududida joylashgan sobiq Oʻrta Osiyo temir yo’llari negizida tashkil etilgan. Jamiyatning asosiy yo`llarining umumiy uzinligi bugungi kunda 7500 kilometrdan oshdi [1]. Jamiyatda 54,7 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Jamiyatning yillik yuk aylanmasi barcha turdagi transport yuk aylanmasining 90% ga yaqinini tashkil etadi.
Jamiyat faoliyati tahrir
Jamiyat faoliyatining asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar:
- temir yo’l bo`ylab yuklarni ekspeditsiyalash va etkazib berish;
- temir yo’l vagonlarini ta`mirlash va texnik xizmat ko`rsatish;
- yo’lovchilarni, turistlarni tashish;
- lokomotiv va vagon parkini yangilash, xizmat ko'rsatish.
Jamiyat uchun ustuvor yo'nalish:
- optik tolali tarmoqlarni qo'llash bilan aloqa kanallarini mustahkamlash;
- yangi elektrovoz va vagonlar sotib olish, shuningdek borini modernizatsiyalash;
- yangi temir yo’llar qurish;
- temir yo’llarni elektrifikatsiyalash;
- temir yo’llarni kapital ta`mirlash loyihalarini amalga oshirish, jamiyat zavodlarida yo'lning yuqori qurilmasi elementlarini, ehtiyot qismlarni va boshq. ishlab chiqarishni tashkil etish.