Bosh menuni och

1994

Mingyillik: 2chi mingyillik
Asr:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • 6 yanvar — Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi 14-blok ishga tushirildi.
  • 6 yanvar — "ToshkentJizzax" elektr poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
  • 25 yanvar — Toshkentda Yevropa va Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yigʻilishi ish boshladi.
  • 11 fevralNukusda Orol muammosiga bagashlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
  • 24 fevral — Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl boʻyicha olimpiada chempioni boʻldi.
  • 15 mart — Qashqadaryo viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi.
  • 19 mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 1994 yil "Mirzo Ulugʻbek yili" deb eʼlon qilindi.
  • Mart — Buxoro viloyatining Kogon shahrida grafit-gips kombinatining birinchi navbati ishga tushirildi.
  • 8 aprel — "Toshkent" Respublika fond birjasi tashkil etildi (birja 1995 yildan "Yevrosiyo" fond birjalari federatsiyasiga, 2001 yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo).
  • 8 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.
  • 13 aprel — "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
  • 23 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat" jamoatchilik markazi tashkil qilish toʻgʻrisida" farmon chiqardi.
  • Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi jahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻldi.
  • Aprel — Uzunligi 94 km boʻlgan Gazli — Nukus gaz quvurining birinchi navbati ishga tushirildi.
  • 5 may — Oʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni — "Oʻzbekiston Qahramoni" taʼsis etildi.
  • 5 may — "Mustaqillik", "Doʻstlik" ordenlari, "Jasorat", "Shuhrat" medallari taʼsis etildi.
  • 12 may — "Savdogarbank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
  • 24 may — Toshkentda Qozogʻiston Respublikasi elchixonasi ochildi.
  • 30 may — Toshkentda birinchi marta "Prezident kubogi" uchun xalqaro tennis musobaqasi boʻlib oʻtdi.
  • May — "Andijonirmash" zavodi negizida tashkil etilgan "OʻzEKS" Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonasi dastlabki besh ekskavatorni tayyorladi.
  • May — Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi tarkibida Bioekologiya ilmiytadqiqot instituti ochildi.
  • 8 iyun — Oʻzbekistonda birinchi "Vaqt" milliy depozitariysi — ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi.
  • 21 iyun — "Trastbank" aksiyadorlik birja banki tashkil etildi.
  • 1 iyul — Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻm muomalaga kiritildi.
  • 18 iyul — Toshkentda Konrad Adenauer fondi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
  • 2 avgust — Toshkentda "Yunusobod" sport maj-mui ochildi (1-navbati —1994 yil, 2-navbati 1997 yil, suv havzasi 2001 yilda qurib bitkazilgan). Hozir "Oʻzbekiston" sport majmui nomi bilan ataladi.
  • Avgust — Qoʻngʻirot tumanida karbid ishlab chiqaruvchi zavod, Namangan viloyatining Uychi tumanida asfalt zavodi ishga tushirildi. Avgust. Toshkentda "Tafakkur" jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi. Avgust. "Gʻallabank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
  • 2 sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etildi.
  • 2 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi.
  • 8 sentyabr — Qatar davlatining poytaxti Doʻhada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar Osiyo chempionatida toshkentlik shaxmatchi Rustam Qosimjonov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
  • 22 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
  • 22—23 sentyabr — Toshkentda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 16-sessiyasida "Yer osti boyliklari toʻgrisida" qonun qabul qilindi.
  • 24—25 sentyabr — Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi nishonlandi.
  • Sentyabr — Toshkentda Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi doirasida ishbilarmonlik aloqalari Markazi ochildi.
  • Sentyabr — Jizzax shahrida "Oʻzbekmebel" davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax mebel fabrikasi tashkil etildi.
  • 3 oktyabr — Toshkentda Jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yoʻli" xalqaro konferensiyasi ochildi. "Ipak yoʻli boʻylab sayyohlik boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi" qabul qilindi.
  • 6 oktyabr — Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulugʻbek haykali ochildi.
  • 12 oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining galereyasini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasiga asos solindi (2004 yilda maxsus qurilgan binoga joylashtirildi).
  • 13—15 oktyabr — Toshkent va Samarqandda Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari boʻlib oʻtdi. Toshkentda "Mirzo Ulugʻbek va uning jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi" mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.
  • 14 oktyabr — Jinoyat-qidiruv politsiyasi (Interpol) Bosh assambleyasining 63-sessiyasida Oʻzbekiston Interpolning Xalqaro tashkilotiga qabul qilindi.
  • 7 noyabr — "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
  • Noyabr — Ellikqalʼada "Elteks" toʻqimachilik kombinati ishga tushirildi. 6 dekabr. Toshkentda buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan tantanali kecha boʻlib oʻtdi.
  • 19 dekabr — Toshkentda Oʻzbekistonning Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ga aʼzo boʻlib kirishi toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.
  • 20 dekabr — Buxoroda binokorlik uchun marmar plitalar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.
  • 23 dekabr — Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi tashkil etildi.
  • 25 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 1-turi boʻlib oʻtdi.
  • 29 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
  • 29 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi tashkil etildi.
  • Dekabr — "Nukus—Moskva" yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.
  • 1994 — Toshkentda Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya "OʻzBAT" qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
  • 1994 — Samarqand shahrida 4 yulduzli "Afrosiyob" mehmonxonasi qurib bitkazildi;1994 - "Yogʻdu" kinostudiyasi tashkil etildi.

Mundarija

VoqealarTahrirlash

TugʻilganTahrirlash

Vafot etganTahrirlash

Nobel mukofoti laureatlariTahrirlash

Bu maqola ruscha yozilgan.

 

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.