Tibbiyot, meditsina, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyati

Tibbiyot tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiybiologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologii fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini urganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. Odam kasalliklari, ularni davolash va oldini olishni oʻrganadigan klinik fanlar asosiy davolash usuliga koʻra, terapiya va xirurgiyaga boʻlinadi. Tibbiyotning ushbu qismlari ham, oʻz navbatida, maʼlum organ, sistemalar kasalliklarini atroflicha oʻrganishi, yoʻnalishi boʻyicha turli sohalarga boʻlinadi. Masalan, terapiyada kardiologiya, revmatologiya, nefrologiya, gastroenterologiya, gematologiya, geriatriya, ftiziatriya, pediatriya, nevrologiya, psixiatriya, dermatologiya va venerologiya, kurortologiya, fizioterapiya, rentgenologiya, terapevtik stomatologiya; xirurgiyazya, umumiy xirurgiyadan tashqari, akusherlik va ginekologiya xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, anesteziologiya, reanimatologiya, neyroxirurgiya, onkologiya, urologiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya xlrurgiyalari ajratiladi. Klinik fanlarning har birida bemorni tekshirish va kasallik belgilari semiotikaschni aniqlash usullari boʻlimi bor.

Tashqi muhitning organizmga taʼsiri va aholi sogʻligʻini muhofaza qilish tadbirlarini oʻrganadigan tibbiy-ijtimoiy va gigiyen fanlarga ijtimoiy gigiyena hamda sogʻliqni saqlashni tashkil etish, umumiy gigiyena, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena, mehnat gigiyenasi, epidemiologiya va tibbiyot geografiyasi, shuningdek, tibbiyot etikasi va deontologiyasi kiradi.

Tibbiyotning bunday boʻlinishi shartli, chunki ijtimoiy jarayonlar barcha tibbiyot fanlariga, shuningdek, ilmiyamaliy sohalar (harbiy tibbiyot, kosmik tibbiyot, sport tibbiyoti, sud tibbiyoti va boshqalar)ga bevosita taalluklidir. Tibbiybiologik fanlar uchun xarakterli boʻlgan eksperimental usul esa klinik va gigiyenik Tibbiyot sohasiga xam keng kirib bormoqda. Tibbiyot tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo) va ijtimoiy fanlar hamda texnika bilan chambarchas bogʻlangan.

Tarixi tahrir

Qadimgi tibbiyot tahrir

 

Zamonaviy Tibbiyotning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi koʻhna tarixning turli davrlaridagi dunyoqarashlarni oʻz ichiga oladi. Maʼlumki, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning tajriba va kuzatishlariga bogʻliq boʻlgan.

Tibbiyotning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga koʻtarilishida qadimgi Misr, Bobil tibbiyoti, Gippokrat va Lmenning muhim oʻrni bor. Gippokrat kasalliklarni aniklash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning taʼsirini oʻrganish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining oʻziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shugʻullangan. Galen esa birinchi boʻlib organizmdagi aʼzo va sistemalarning tuzilishi hamda funksiyalarini, asosan, hayvonlar (maymunlar) organizmida tajriba qilib oʻrgangan. Uning anatomiya va fiziologiyaga doir asarlari to 16-asrgacha Tibbiyotning asosi boʻlib xizmat qildi.

Oʻrta Osiyo tibbiyoti tarixi tahrir

Oʻrta Osiyo va umuman Sharqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Shu davrda yunon, sanskrit va boshqa qadimgi Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga doir asarlarning koʻpchiligi, jumladan, Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. Galenning „Qivo aladviya al mufrada“ („Sodda dorilarning quvvatlari“) va Badigʻursning „AlAbdal aladviya al mufrada“ („Sodda dorilarning oʻrniga oʻtuvchilar“) kabi kitoblari ilk bor mashhur tabib va tarjimon Hunayn ibn Ishoq alIbodiy (809— 877) tomonidan tarjima qilindi. Sharqda Abu Hanifa adDinavoriy (815 yil tugʻilgan) „Kitob finnabot“ („Oʻsimliklar qaqida kitob“)ni yaratib, unda 482 xil oʻsimlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning „Kitob assaydana fittib“ („Tibbiyotda dorishunoslik“) asari oʻsha davr tibbiyotining eng katta yutugʻi hisoblanib, Oʻrta Osiyoda dorishunoslik ilmi — saydanaga asos boʻldi. Abu Bakrar Roziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining rivojlanishi, boyishida gʻoyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot ensiklopediyasi xisoblangan 25 jildli „AlJomiʼ alkabir va qad urifa bilHoviy“ („AlHoviy nomi bilan tanilgan katta toʻplam“) asari shu davrgacha Gʻarb va Sharq Tibbiyotida qadrli boʻlib keldi; 10 jildli „Tabobat kitobi“ hamda „Chechak va qizamiq haqida“gi kitobi ham Tibbiyotda mashhur edi.

Oʻrta asrda Abu Ali ibn Sino Tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning „al Qonun fittib“ (qarang "Tib qonunlari") asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Bu asar Tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va boshqalarni qamrab olgan. Isitma, oʻlat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir koʻzga koʻrinmas jonivorlar qoʻzgʻatishi toʻgʻrisida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri „alAdviya alqalbiya“ („Yurak dorilari“)dir. Unda olim yurak kasalligida qoʻllanadigan (oʻzi topgan) dorilar haqida yozadi.

Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid „Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada“ („Sodda dorilar haqida katta toʻplam“), „Risola dar iloji amrozi sadr“ („Koʻkrak kasalliklarining davosi haqida risola“), „Kitob gʻuno va muno“ („Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob“) kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan.

Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Iloqiy ham kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniklash va davolashga oid koʻp bilimlar sohibi boʻlgan.

Oʻsha davrning yirik tabiblaridan biri Badriddin Samarqandiy Muhammad ibn Bahrom Qalonisiy har xil kasalliklarga qarshi murakkab dorilar tayyorlab tajribada sinab koʻrgan.

13-asrning mashhur tabiblaridan biri Abu Homid Muhammad ibn Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy „Agʻziyat almarzo“ („Kasallar isteʼmol qiladigan ovqatlar“) nomli kitobida har bir kasallikda qanday taom isteʼmol qilinishi va qaysi ovqatlardan ehtiyot boʻlish lozimligi, shuningdek, ovqatlarning dorilik xususiyatlari haqida yozgan.

40 yildan ortik, tabobat ilmi bilan shugʻullangan Sulton Ali tabib Xurosoniy (15—16-asr) oʻz tajribalari asosida 2 asar yozgan. Ulardan biri „Dastur aliloj“ („Kasallarni davolash boʻyicha qoʻllanma“)dir. 15— 16-asrlarda Hindistonda yashab ijod etgan xirotlik tabib Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Yusufiy alHiraviy tibbiy asarlari va amaliy ishlari bilan Oʻrta Osiyo, Xuroson va Hindistonda tabobatning yana ham taraqqiy etishiga oʻz hissasini qoʻshdi.

Abdulgʻozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy (1603 — 1664) muhim tibbiy asarlari, jumladan, eski oʻzbek tilida yozilgan „Manofiʼ alinson“ („Inson uchun foydali dorilar“) nomli asari bilan mashhur.

18-asrning 2yarmi va 19-asrning 1yarmida Xorazmda yashab ijod etgan oʻzbek tabibi Jaʼfarxuja ibn Nasruddinxoʻja alHusayniy alKarukiy Hazoraspiyning oʻzbek tilida yozilgan „Multaqiy attib“ („Tibbiy maʼlumotlar toʻplami“) asari (1823) 67 bobdan iborat boʻlib, unda asosan, kishi aʼzolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolash usullari bayon kilingan.

Mashhur oʻzbek tabibi Mahmud Hakim Yayfoniy Hoʻqandiy (1851-yilda tugʻilgan) umrining koʻp qismini tabobatni oʻrganishga va kishilar sogʻligʻini saqlashga sarfladi. U oʻz davrigacha boʻlgan sharq tabobati qoʻlga kiritgan yutuqlarni jamlab hamda shaxsiy tibbiy tajribalari bilan boyitgan qolda „Qonun aliloj“ („Davolash krnuni“) va „Tariq aliloj“ („Davolash usuli“) kitoblarini yozib krldirgan. Ularning ikkinchisida oʻpka, yurak, sut bezi, meʼda, jigar, ichak, buyrak, qovuq va isitma kasalliklari, shishlar, toshmalar, moʻy va tirnoqqa oid xastaliklar, jarohat va yaralar; suyaklarning sinishi, zaharlar, zaharli hayvonlar chaqqanida davolash va baʼzi ruscha nomdagi dorilar keltirilgan.

Bositxon Zohidxon oʻgʻli oʻz ijodida Beruniy, Roziy, Ibn Sino, Iloqiy, Qumriy va Samarqandiylarning asarlaridan keng foydalangan. Bizgacha uning oʻzbek tilida yozilgan 3 asari yetib kelgan.

Oʻrta Osiyoda qadimdan dorivor oʻsimliklar va ovqatli moddalarning xususiyatlari, ularning kishi organizmiga yetkazadigan foyda va zararlari oʻrganilgan. Natijada xalq qoʻlida astasekin Tibbiyotga oid koʻpgina maʼlumotlar yigʻilib borgan. Ular esa keyinchalik tibbiy asarlar yaratishda muqim manbalardan biri boʻlgan.

Yevropa tibbiyoti tarixi tahrir

Yevropada Uygʻonish davrida Tibbiyot yangidan ravnaq topdi. 16-asrda koʻpgina fanlar, ayniqsa, Tibbiyot, fizika va kimyoning rivojlanishi kasalliklarni davolash, sababini bilishda bu fanlarning qonunlaridan foydalanish imkonini berdi. Xirurgiyada, ayniqsa, jarohatlarni davolashda yangi usullar joriy qilindi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi va organlar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz vrachi V. Garvey qon aylanish sistemasi haqida asar yaratib, Tibbiyotda yangi boʻlim — fiziologiyaga poydevor qoʻydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida bu davrda mikroskop kashf etiddi va undan Tibbiyotda foydalanila boshlandi. Gollandiyalik olim Antoni Levenguk tomonidan mikroskopiyaning rivojlantirilishi mikrobiologiya sohasining shakllanishiga sabab boʻldi.

17—18-asrlarda sanoatning rivojlanishi natijasida kasb kasalliklari haqidagi soha vujudga keldi. Bunday kasalliklar sababini dastlab rossiyalik olimlar oʻrganib, Tibbiyotga yangi — kasb kasalliklari hamda mex.nat gigiyenasi boʻlimlarini kiritdilar. Keyinchalik tabiiy fanlar va texnika soqasidagi tadqiqotlar doirasi yanada kengaydi. Tabiiy fanlarning yutuklari Tibbiyot taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi, bemorni obyektiv tekshirish usullari (palpatsiya, perkussiya va boshqalar) va lab. diagnostika asoslari ishlab chiqildi. Klinik tekshiruv natijalarini, murdani yorib tekshirishda olingan maʼlumotlar bilan taqqoslash usuli (A. I. Polunin, N. I. Pirogov va nemis olimi R. Virxov va boshqalar) kasallik belgilari organ va toʻqima hamda hujayralarning tuzilishidagi oʻzgarishlarga bogʻliq ekanligini isbotlashga imkon berdi, bu tadqiqotlar natijasida keyinchalik Tibbiyotning yana bir yangi boʻlimi — patologik anatomiya va gistologiya sohalari vujudga keldi.

Energiyaning saqlanish va oʻzgarish qonunlari kashf etilishi, organik moddalarning tuzilishi, oʻzgarish va almashinuv yoʻllarini oʻrgana borish biol. va Tibbiyotning taraqqiyotida muhim bosqich boʻldi, fiziologik hodisalarni tushuntirib bergan ilmiy yoʻnalish oʻsha qonunlarga asoslandi.

19-asr tibbiyoti tarixi tahrir

19-asrning 2 yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, oʻlat qoʻzgʻatuvchilari va kasallik epidemiologiyasi oʻrganildi, chechak mikrobi aniklandi va unga karshi vaksina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vrachlar yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm boʻldi. Yuqumli kasalliklar sababi turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kashfiyot asosida kishilarni kuydirgi, quturish kabi yuqumli kasalliklarga karshi emlab, ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish imkoniyati tugʻildi. Shu davrda Yevropada bezgak, toshmali terlama (toshmali tif), qaytalama terlama va boshqa yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroblar topildi. I. I. Mechnikov immunitet haqidagi taʼlimotni yaratdi. Mikrobiologik kashfiyotlar asosida gigiyena fani shakllandi va yuksala bordi. Oʻsha davrda Rossiya va boshqa davlatlarda tashqi muhitning — havo, suv va tuproqning inson organizmiga, shuningdek, ijtimoiy omillar — mehnat, turmush tarzi va ovqatlanish sharoitlarining ishchilar sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish tufayli ijtimoiy gigiyena muammosi ilmiy asoslab berildi.

19-asrning soʻnggi choragida shakllangan biokimyo fani sogʻlom organizmda va patologik holatlarda moddalar almashinuvini oʻrganish, uning oʻzgarishini tekshirish natijasida kasalliklarni aniklash bilan fiziologiya va patofiziologiyani boyitdi va Tibbiyotga yangi, yuqori informativ va bajarilishi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar oʻrganildi, bu esa organizmda nerv sistemasi faoliyatining ahamiyatini aniqlashga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilishi va funksiyalari oʻrganildi. Rus olimlari S. P. Botkin, I. M. Sechenov, I. P. Pavlov tadqiqotlari tufayli markaziy nerv sistemasi va butun organizmning faoliyat qonunlari materialistik nuktai nazardan taʼriflab berildi.

Umuman bu davrda eksperimental Tibbiyot tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Bernar va rus patofiziologi V. V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya (keyinchalik A. A. Bogomolets va S. S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya)ning fan sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni chuqur oʻrganish xirurgiyada operatsiyalarning muvaffakiyatini taʼminladi.

20-asr tibbiyoti tarixi tahrir

20-asrda Tibbiyotda misli koʻrilmagan yutuqlarga erishildi. Nemis olimi V. K. Rentgen X-nurlarni kashf etdi va Tibbiyotda rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning kashf etilishi, yadro fizikasi sogʻasidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlarning tirik organizmga taʼsirini oʻrganuvchi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanishlar davolash va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nishonlangan atomlardan foydalanish imkonini berdi. Tibbiyot texnikasi ham tez rivojlandi. Tibbiyotga elektronika yutuklarining tatbiq etilishi natijasida organizmdagi turli organ va sistemalar faoliyatini aniq belgilab beradigan usullar, sunʼiy yurak, sunʼiy buyrak va h.k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik oʻzgarishlarni, mayda mikroblarni aniqlashda zarur qurol boʻlib qoldi. Tibbiyot kibernetikasi yordamida zamonaviy, ixcham va qulay protezlar yaratildi, shuningdek, operatsiya vaqtida bemorning nafas olishi va arterial bosimini meʼyorida saqlab turadigan turli avtomatik sistemalar ishlab chiqildi, texnika taraqqiyoti, oʻz navbatida, Tibbiyotga yangi sohalar (aviatsiya tibbiyoti, kosmik tibbiyot)ni kiritdi. Irsiyat va organizmning oʻzgaruvchanlik qonuniyatini oʻrganadigan genetika fani Tibbiyotning rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Irsiy kasalliklarni oʻrganish tibbiyot genetikasining paydo boʻlishiga olib keldi. Immunologiyaning rivojlanishi immunologik oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oʻrganadigan immunopatologiyaga asos boʻldi. K. Landshteynerning izogemagglyutinatsiya qonuni (1900— 01), Ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan 4 guruhga boʻlinishi kashf etilishi (1907) Tibbiyot amaliyotida qon quyishdan keng foydalanishga imkon berdi. Bu davrda Tibbiyotga Pirkening sil kasalligini aniqlaydigan allergik reaksiyasi (qarang Pirke reaksiyasi) va allergiya termini kiritildi. 1939—40 yillarda mikroorganizmlarga qarshi kurashning kuchli vositalaridan boʻlgan antibiotiklar ixtiro qilindi va amalda qoʻllanila boshladi. Vitaminlar haqidagi taʼlimot ham rivoj topdi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi va funksiyasini oʻrganish tufayli endokrinologiya mustaqil fanga aylandi, u rivojlanib, gormonoterapiya va gormonal regulyatsiya masalalarini xam oʻrganishga kirishildi. Kimyoterapiya, gormonoterapiya va markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadigan preparatlarning qoʻllanilishi va turli sintetik preparatlarni olish usullarining kengayishi klinik Tibbiyotni tubdan oʻzgartirdi. Bu davrda yangi tibbiy jihozlar, jumladan, elektron apparatlar yordamida yurak faoliyatini klinik va eksperimental tekshirishlar amaliyotda keng qoʻllanishi natijasida kardiologiya sohasi ichki kasalliklar klinikasidan mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Miokard infarkti, qon ivishi, ateroskleroz va boshqa klinikasi taʼriflab berildi. Endilikda kardiologiya muammolarini terapevtlargina emas, balki xirurglar, fiziologlar, biokimyogarlar va boshqa xam oʻrganmoqdalar. Qon sistemasini oʻrganadigan fan — gematologiya xam rivojlandi. Urush xarakatlari chogʻida harbiy dala xirurgiyasi yuzaga keldi. Travmatizmning oʻsishi tufayli travmatologiya va ortopediya shakllandi. V. P. Fshshtovnnng plastik xirurgiya sohasidagi ishlari jahon Tibbiyotida yuksak baholandi, Amerikalik olim X. U. Kushing, rus olimlari A. L. Polenov, N. N. Burdenko va boshqa ning ishlari neyroxirurgiyaning shakllanishiga imkon berdi. Siydiktanosil aʼzolari kasalliklarini xirurgik usulda davolash yoʻlga qoʻyilishi tufayli urologiya sohasi qaror topdi. Narkoz berish usuli takomillashtiriddi. Rus xirurgi A. V. Vishnevskiy novokain eritmasi bilan mahalliy ogʻriqsizlantirish usulini ishlab chikdi (1923—30). Zamonaviy narkoz berish usuli va antibakterial terapiya yurak va oʻpka xirurgiyasining rivojlanishiga yoʻl ochdi, sunʼiy qon aylanish apparati va h.k. kashf etildi. Kardioxirurgiya xam yangi odimlar tashladi: tugʻma va revmatik yurak poroglari xirurgik yoʻl bilan davolana boshlandi. Yurak transplantologiyasiga asos solindi (Janubiy Afrika xirurgi K. Barnard, 1967).

20-asr boshlarida oʻsmalar haqidagi fan — onkologiya shakllandi. Keyingi tadqiqotlarda oʻsmalarning, chunonchi rakning virusli va kanserogen shakl nazariyalari yuzaga keldi. Mikrobiologiya tez surʼatlar bilan rivojlandi: silga qarshi vaksina tayyorlandi (1921, A. Kalmet va Sh. Geren). Keyingi izlanishlar natijasida poliomiyelit, difteriya va boshqa infeksion kasalliklarni bartaraf qiladigan vaksina, zardoblar ixtiro qilindi; rikketsioz, leptospirozlar haqidagi taʼlimot ishlab chikidsi. D. I. Ivanovskiyning filtrlanuvchi viruslarni ixtiro qilishi (1892) va Niderlandiya botanigi M. Beyerinkning keyingi tadkiqotlari virusologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga olib keldi.

Zamonaviy tibbiyotning baʼzi muammolari. Ilmiy texnika rivoji, ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarish va muvaffaqiyatlar tufayli aholi sogʻligʻini saqlashda kasalliklar tarkibida muhim ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi, oʻlim kamaydi, uzoq umr koʻruvchilar soni ortdi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda ilgari dunyoda keng tarqalgan oʻta xavfli epidemik kasalliklar (vabo, oʻlat, chechak va boshqalar) ga barham berildi. Kishilar sogligiga va xalq xoʻjaligiga katta zarar yetkazayotgan gripp, virusli gepatit, orttirilgan immun tanqisligi va boshqa virusli kasalliklarga qarshi kurash shu kunning muhim tibbiy muammolaridan boʻlib qolmoqsa.

Yuraktomir kasalliklaridan yurakning ishemik kasalligi (qarang Infarkt), ateroskleroz, gipertoniya kasalligi va boshqalarning oldini olish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Asabbuzarlik, tamaki chekish, jismoniy mehnat bilan kam shugʻullanish, meʼyoridan koʻp ovqat yeyish, spirtli ichimliklarga ruju kilish, giyohvandlik kabi illatlar bunday kasalliklarning koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Lekin bu kasalliklarni oʻz vaqtida aniqdash va davolashda zamonaviy Tibbiyot anchagina muvaffaqiyatlarga erishdi.

Xavfli oʻsmalarning paydo boʻlish sabablarini aniqlash va davolash Tibbiyotning eng dolzarb masalasidir. Kimyoviy kanserogen moddalar va nurlanishning taʼsirini kamaytirish, oʻsmalar paydo qiladigan viruslarni topish va organizmning himoya mexanizmlarini oʻrganish muhim masalalardandir. Bu borada Oʻzbekiston Onkologiya markazi ham faol ish olib bormoqda.

Zamonaviy Tibbiyotning dolzarb masalalaridan yana biri asab va ruhiy oʻzgarishlarni oʻrganishdir, chunki bir qator mamlakatlarda bunga sogʻliqni saqlashning birinchi masalasi deb qarashmoqda.

Tashqi muhitni muhofaza qilish va sogʻlomlashtirish juda muhim ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Suv, havo, tuproqning ifloslanishi va biosferada ekologik muvozanatning buzilishi kishilar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ichimlik suv va tuproqning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish oʻta dolzarb masaladir. Tashqi muhitni sogʻlomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish uchun kurash xalqaro ahamiyatga molik boʻlib qoldi. Bu sohada keyingi yillarda respublikada shifokorlar, ayniqsa gigiyenist olimlar va maxsus ilmiy tadqiqot institutlari jamoalari koʻpgina arzigulik ishlar qilishdi. Hozirgi zamon Tibbiyoti oldida turgan eng muhim masalalardan yana biri vrach bilan bemor oʻrtasidagi munosabatlarning (qarang Tibbiyot deontologiyasi) samaradorligiga erishishdir. Organ va toʻqimalarni koʻchirib oʻtqazishdagi donorlik, toʻqimalar moye kelmasligini bartaraf qilish va ushbu muammoga bogʻliq bir qancha masalalar, mas., oʻzak hujayralardan davolash maqsadida foydalanish Tibbiyotda muhim oʻrin tutmoqda.

Oʻzbekistonda tibbiyotning rivojlanishi tahrir

Toshkentda Turkiston universiteti taʼsis etilishi va uning tarkibida tibbiyot fakul'tetining ochilishi Oʻzbekistonda tibbiyotning rivojlanishidagi mugʻim sanadir. Bu ft keyin (1931-yil) Toshkent tibbiyot intiga aylantirildi.

1918-yilda Toshkentda mikrobiologiya lab. (keyinchalik Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot instituta hamda vaksina va qon zardoblari ilmiy tadqiqot institutlari), 1919-yilda N. A. Semashko nomidagi fizioterapiya instituti (hozirgi Tibbiy tiklanish va fizioterapiya instituti), 1924-yilda Buxoroda Tibbiyot parazitologiyasi va bezgak instituti (keyinchalik Samarqandga koʻchirilgan) tashkil etildi. Tibbiyot xodimlarining kompleks ravishda olib borgan ishlari tufayli bezgak va rishta kabi kasalliklar tugatildi. Bunda olimlarimizdan L. M. Isayev, A. A. Askarov, T. X. Najmiddinov, I.K,.Musaboyev, G. N. Terexov va boshqalarning hissasi katta boʻldi.

Oʻzbekiston Sil ilmiy tadqiqot institutida bemorlarni mehnat bilan davolash usuli ishlab chiqildi (Sh. A. Alimov). Respublika ftiziatrlari sil epidemiologiyasi, klinikasi, davolash va oldini olish masalalarini yoritib berishdi. A. N. Kryukov, I. A. Kassirskiy, Z. I. Umidova, M. S. Tursunxoʻjayeva, X. I. Yanbayeva va boshqalarning ishtiroki hamda rahbarligida Oʻzbekiston iqlimining yuraktomir tizimiga, organizmdagi moddalar almashinuviga va jigar xastaliklariga taʼsiri oʻrganildi. Issiq iqlimning organizmning fiziologik jarayoniga taʼsirini aniklashda N. V. Danilov, A.Yu. Yunusov, A. S. Sodiqov, A. H. Hoshimov, Z. R. Yunusovlar katta ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Gastroenterologiya masalalari respublika iklimiga va mahalliy aholining turmush xususiyatlari va immun holatiga bogʻlab oʻrganildi, bu sohada respublikamiz olimlari A. A. Asqarov, E. I. Otaxonov, N. I. Ismoilov, E. Y. Qosimov va boshqalarning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. K. A. Zufarov rahbarligida meʼdaichak yoʻlini elektron mikroskopda oʻrganish ishlari olib borildi va bu soha boʻyicha noyob atlas yaratildi.

Buqoqning epidemiologiyasi, klinikasi, davosi va oldini olish gʻamda biokimyosi sohasida katta tadqiqotlar olib borildi (S. A. Masumov, Yo. H. Toʻraqulov va boshqalar). Keyingi vaqtda nazariy va eksperimental Tibbiyotning asosiy fanlaridan biri — patologik fiziologiya sohasida, chunonchi uning ovqat hazm qilish organlari, moddalar almashinuvi patologyaisi va allergologiya boʻlimlari boʻyicha ilmiyamaliy ahamiyatga ega boʻlgan bir qator tadqiqotlar olib borildi (N. H. Abdullayev, H.Yo. Karimov, M. M. Haqberdiyev).

Issiq iqlim sharoitida bolalarda x, azm aʼzolari kasalliklarining turli jihatlari oʻrganildi. Pediatriyada gemoterapiya, yurak glikozidlarini tatbik, etish va bolalar ovqatlanishi sohasida tadqiqot ishlari olib borildi (S.Sh. Shamshiyev, S. N. Yoʻldoshevavab.).

Oʻzbekistonda xirurgiya maktabining rivojlanishiga S. A. Masumov, H.Gʻ. Gʻofurov, V. V. Vohidov, Oʻ.O. Oripov, SM. Aʼzamxoʻjayev, M. A. Ashrapova, P. M. Nurmuhamedov, Sh. I. Karimov va boshqa katta hissa qoʻshishdi. Umumiy xirurgiya bilan bir qatorda uning tarmoqdari: neyroxirurgiya, ortopediya va travmatologiya (N. M. Shomatov, O.Sh. Shokirov, M. H. Qoriyev, Sh. Sh. Hamrayev va boshqalar), urologiya (O. M. Muxtorov va boshqalar), bolalar xirurgiyasi (K. X. Tohirov, A. S. Sulaymonov); (Sh. H. Xoʻjayev, O. S. Maxmudov, T. O. Daminov) boʻyicha ham oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar yaxshi samaralar berdi. Respublikada otorinolaringologiya fani Q. J. Mirazizov va boshqa tomonidan ancha taraqqiy ettirildi. Koʻz kasalliklarini aniklash va davolash masalalari (M. K. Komilov), nafas organlarining profilaktikasi, tashhisi va davo usullariga taallukli yangiliklar qoʻlga kiritildi (A. M. Ubaydullayev, N. H. PTomirzayev). Gematologiya va qon quyish sohalarida kamqonliklarni barvaqt aniqlash, samarali davolashda, komponent gemoterapiyani joriy etish boʻyicha ham muhim ilmiy tadqiqot ishlari oʻtkazildi (X. A. Hakimov, S. M. Baxromov va boshqalar). Nafas, hazm va yuraktomir sistemasi kasalliklarini rentgenologik metod bilan aniqlash masalalari yoritib beriddi (J. M. Abdurasulov, J. N. Mahsumov, A. R. Mansurov, Sh. Mirgʻaniyev). Nerv sistemasining infeksion va tomir kasalliklariga oid tadqiqotlar oʻtkazildi (A. R. Rahimjonov, X. Q. Salohiddinov. N. M. Majidov). Psixiatrlar pellagra va quturish kasalliklarida psixikaning buzilishini, shuningdek, psixozlarni davolash masalalarini oʻrganishdi (X. Olimov). Revmatizm va podagra kasalliklarining qay tarzda kechishi, bularning oldini olish, davolash (R. A. Qoraboyeva, T. S. Soliyev) joriy etiddi. Dermatovenerologlarning samarali ishlari yumshoq shankrni tugatish, zaxm, dermatomikozlar bilan kasallanishni kamaytirishga imkon berdi (A. A. Akovbyan, U. M. Mirahmedov, R. A. Kapkayev). Kurortologlar mahalliy kurort resurslarini oʻrganishdi.

Respublikamizda farmakologiya fanining tezlik bilan rivojlanishi natijasida 40 dan ziyod yangi dorilar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi (I. K. Komilov, Oʻ.B. Zokirov va b.). Tibbiyotning asosiy tarmoqdaridan biri — tashqi muhitni oʻrganish, aholi yashaydigan joylarni sogʻlomlashtirish, sanitariya gigiyena sharoitini yaxshilash, shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi sohasida ham koʻp ishlar qilindi (A3. Zohidov, Gʻ.M.Maqkamov, B. X. Maʼzumov, T. I. Iskanderov).

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida koʻplab ilmiy tadqiqot intlari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari, jumladan, Toshkent farmatsevtika instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bor, ularda 3000 ga yaqin ilmiy xodim, shu jumladan, 2000 fan nomzodi va 250 dan ziyod fan doktori ishlab turibdi (2004).

Saidjshol Bahromov, Erkin Qosimov, Najiulla Shomirzayev.

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir