Louis Pasteur
Louis Pasteur (talaffuzi: Lui Paster; 27-dekabr, 1822 – 28-sentabr, 1895) – fransuz kimyogari va mikrobiologi, hozirgi zamon mikrobiologiyasi va immunologiyasi asoschilaridan biri. Parij Fanlar akademiyasi (1862) va Fransiya tibbiyot akademiyasi (1873), Fransiya akademiyasi (1886) akademik Strasburg universiteti (1849), Lill universiteti (1854), Oliy normal maktab (1857) va Parij universiteti (1867) professor 1888-yil Parijda xususiy mikrobiologiya ilmiy tadqiqot institutini (Paster instituti) tashkil qiladi va boshqaradi.
Louis Pasteur | |
---|---|
Tavalludi |
27-dekabr 1822-yil Dol (Yura), Fransiya |
Vafoti |
28-sentyabr 1895-yil (72 yoshda) Marn-la-Koket, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Sohasi |
Kimyo Mikrobiologiya |
Mashhur shogirdlari | Charles Friedel |
Dini | Rim katoligi |
Pasteur spirtli (1860), sut kislotali va yogʻ kislotali (1861) bijgʻishlar mikroblarning ferment ishlab chiqarish faoliyati sa-babli vujudga kelishini, kislorodsiz sharoitda yashaydigan mikroblar – ana-eroblar borligini isbotladi. Pasteurning vino hamda pivolarning achib qolishi va pilla qurti kasalliklari (1870) sabablarini aniklab, bu mikroblarga qarshi samarali chora-tadbirlarni (pasterizatsiya usuli) ishlab chiqishi sanoat va oziq-ovqat mikrobiologiya -sining shakllanishiga asos boʻldi. Pasteur dunyoda birinchi boʻlib ilmiy izlanishlar natijasida parrandalar vabosi (1879), kuydirgi (1881) va quturish (1885) kasalliklariga qarshi vaksina tayyorlash usulini ishlab chikdi va kasallikning oldini olishda kuchsizlantirilgan kasallik qoʻzgʻatuvchi bilan emlash mumkinligini tasdiqlab, immunizatsiya (immunlash)ga asos soldi.
Pasteur oziq muhitlarga tashqaridan begona mikroorganizmlarni tushirmaslik va yiringli yaralarga qarshi kurashish usullarini ishlab chikib, aseptika va antiseptikaga asos soldi. Pasteur oʻz ilmiy izlanishlarining natijalari asosida mikroorganizmlar oʻzidan-oʻzi vujudga keladi degan nazariyani rad etdi.
Manbalar
tahrir- Izbrannie trudi, t. 1—2, M., 1960.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |