Abduqahhor Hasanovich Toʻxtayev (1956-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Qurilish vaziri, Jizzax, Toshkent shaharlarida va Shayxontohur, Olmazor tumanlarida hokim lavozimlarida ishlagan. 2019-yildan Shayxontohur tumani hokimi.

Abduqahhor Hasanovich To'xtayev
 Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri
Mansab davri
2018-yildan – 2019-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Botir Zokirov
 Toshkent shahri hokimi
Mansab davri
2005-yildan – 2011-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Rustam Shoabdurahmonov
Vorisi Rahmonbek Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-may 1956-yil (1956-05-01) (67 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Kasbi iqtisodchi
Maʼlumoti Toshkent davlat texnika universiteti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha Islom tashkiloti medali

Biografiya tahrir

  • 1956-yilda[1] Toshkentda tavallud topgan.
  • 1978-yilda Toshkent davlat texnika universitetini pedagog-muhandis, quruvchi-tashkilotchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[1].
  • 1978-1996 — Toshkent shahri qurilish boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.
  • 1996-1999 — Shayxontohur tumani hokimi.
  • 1999-2005 — Toshkent shahri hokimi oʻrinbosari.
  • 2005-2011 — Toshkent shahri hokimi[1].
  • 2011-2013 — nafaqada.
  • 2013-2016 — „OʻZLITINEFTGAZ“ AJ raisi oʻrinbosari[1].
  • 2016-2017 — Jizzax shahar hokimi.
  • 2017-2018 — Olmazor tumani hokimi[2].
  • 2018-2019 — Qurilish vaziri[3][1].
  • 2019-yil 11-maydan — Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi[4][1].

Mukofotlar tahrir

2007-yil avgustda ISESCOning Taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha medali bilan taqdirlandi[1].

Manbalar tahrir