Jizzax (shahar)

O'zbekistondagi shahar, Jizzax viloyati markazi.
(Jizzaxdan yoʻnaltirildi)

Jizzax — Oʻzbekiston Respublikasining Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi.

Jizzax
shahar
Jizzaxfountain.jpg
Jizzax
Gerb
40°7′0″N 67°51′0″E / 40.11667°N 67.85000°E / 40.11667; 67.85000 G OKoordinatalari: 40°7′0″N 67°51′0″E / 40.11667°N 67.85000°E / 40.11667; 67.85000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Jizzax viloyati
Hukumat
 • hokim Xolmurodov Komil Adhamovich
Ilk eslatilishi X asr
Maydon 49 km2 (19 mi²)
Markazi balandligi 378 m
Iqlim turi Keskin-kontinental
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2020)
179 900
Zichligi 3,673 kishi/km2
Milliy tarkib
Konfessiyaviy tarkib
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 72
Pochta indeks(lar)i 130100 — 130117
Avtomobil kodi 13 (1998—2008), 25 — 29 (2008)
Jizzax xaritada
Jizzax
Jizzax

Sangzor daryosi boʻyida, 460 m balandlikda joylashgan. Toshkent-Samarqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Maydon 0,7 ming km2. Aholisi 132,5 ming kishi (2000; 1939-yil-9 ming, 1959-yil-15 ming, 1970-yil-35 ming kishi), asosan oʻzbeklar; rus, tatar, ukrain, eroniy va boshqalar ham yashaydi. Toshkentdan 203 km. Temir yoʻl stansiyasi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati 1,5°, minimum harorat −35°, iyulning oʻrtacha harorati 28,5°, maksimum harorat −46°.

TarixiTahrirlash

Yunon solnomachilari Gazoni alohida tilga olishadi. Arxeologlar Gazo shahrining oʻrnini aniq va asosli tayin etmasalarda, tarixiy manbalarda uni Samarqand va Toshkent oraligʻida joylashganligi aytiladi. Olimlar Gazoni qadimiy Jizzax deb taxmin qiladilar. Toponimist olimlar Jizzax nomini sugʻdiycha „Dizak“ („qalʼacha“) soʻzi bilan bogʻlaydilar. Tarixda u Dizax nomi bilan yuritilgan.

Jizzax Oʻrta Osiyodan oʻtgan bir necha qadimiy karvon yoʻlining tutashgan joyida vujudga kelgan. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va sayyohlaridan Ibn Havkal va Muqaddasiplarning asarlarida Ustrushonaning Faknon viloyatidagi shahar deb tilga olinadi. Shahar arablar istilosidan oldin ham mavjud boʻlgan.

Jizzax 9-10-asrlarda Somoniylar, 11-13-asr boshida Qoraxoniylar, Xorazmshohlar davlati, 14-15-asrlarda Temuriylar davlati, 16-18-asr 1-yarmida Buxoro xonligi, 18-asr 2-yarmidan 1866-yilgacha Buxoro amirligiga tobe boʻlgan.

Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan. 16-17-asrlarda aholi hozirgi eski bozordagi Oʻratepaga koʻchgan. 19-asr 60-yillarida u ham harobaga aylangan. Keyinchalik yana tiklangan. 19-asr 2-yarmidan Turkiston general gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Jizzaxda tegirmon, juvozxona, temirchilik ustaxonalari, kulolchilik korxonalari va boshqalar ishlab turgan. Shahar 16-19-asrlarda koʻpgina tarixiy voqealarning guvohi boʻlgan. 1571-yilda Abdullaxonning Dashti qipchoq xoni Boboxon va Toshkent hokimi Darveshxon bilan Jizzaxdagi toʻqnashuvi shaharga koʻp talafot yetkazgan. 1866-yil 12-18 oktabrda Jizzax qalʼasi rus bosqinchilari tomonidan toʻpga tutilib, vayronaga aylantirilgan. 1916-yildagi Jizzax isyonida shahar rus mustamlakachilari tomonidan yana vayron qilinib, aholi beshafqat qirilgan.

Jizzaxda 1920-yillardan boshlab yangi korxonalar qurilgan. 1930-yil mahalliy xom ashyo bilan ishlaydigan ohak zavodi, 1932-yil shahar elektr stansiyasi, 1942-yilda paxta zavodi, 1943-yilda qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlaydigan zavod, 1949-yilda yogʻ-pishloq zavodi, 1960-yilda Oʻzbekistonda eng yirik binokorlik materiallari kombinati ishga tushdi. Mirzachoʻl va Qarshi choʻllarini sugʻorish uchun polietilen quvurlar va polixlorvinil mahsulotlari ishlab chiqariladigan kimyo kombinati (1969), elevator, un zavodi va aralash yem ishlab chiqariladigan sexdan iborat un kombinati qurildi (1970). 1971-yilda gʻisht zavodi va Toshkent trikotaj firmasi filialining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, non zavodi, tikuvchilik fabrikasi mahsulot bera boshladi.

MuassasalarTahrirlash

Jizzaxda 30 dan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. Ular orasida badiiy kulolchilik buyumlari korxonasi, „Soʻgʻdiyona“ firmasining tibbiyot markazi, sut-yogʻ, elektromexanika zavodi, qurilish materiallari kombinati, temir-beton plitalar ishlab chiqarish korxonasi, ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj, mebel fabrikalari bor. Jizzaxda „Sogplastmaskan“ (Oʻzbekiston-Suriya), „Bazalt“ (Oʻzbekiston-Ukraina), „Kumush“ (Oʻzbekiston-Tojikiston), „Jibri“ (Oʻzbekiston-Angliya) qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. 30 dan ziyod qurilish tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Shaharda istiqlol bogʻi, yopiq suv havzasi, maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, „Paxtabank“, „Asakabank“, „Gʻallabank“, „Uy-joy qurilish sanoat banki“, „Osiyo“ bozori, „Baxmal“ savdo uyi, Xotira xiyoboni, bolalar istirohat bogʻi kabi yirik inshootlar foydalanishga topshirildi. Shahar mahallalarida yashovchi aholi uchun Olmazor, Toshloq, Ulugʻbek, Zargarlik, Kimyogar, Bobur, Hamzaobod, Oʻratepalik, Hayrobod, Ravallik nomli zamonaviy mahalla guzarlari mavjud. Shahardagi 280 ga yaqin koʻchaning uzunligi qariyb 240 km ni tashkil qiladi. Jizzaxdan Toshkent sh.ga, shuningdek, respublikaning boshqa viloyat markazlariga avtobus qatnaydi. Shahar ichida trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Aholiga 600 dan ziyod savdo va bir qancha maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat qiladi.

Shaharda 5 oliy, 7 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 2 kasb-hunar, 3 akademik hamda biznes litseyi, gimnaziya, 30 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi bor. Musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatri, telemarkaz, 8 bolalar kutubxonasi (87 ming kitob), „Oʻzbeknavo“ viloyat konsert boʻlimi, „Oʻzbekraqs“ birlashmasining viloyat boʻlimi, 2 muzey, 2 musiqa, 4 sanʼat maktabi mavjud. 3 sport maktabi, markaziy stadion, 2 futbol maydoni, 2 suzish havzasi, tennis korti, 32 sport zali va bir qancha sport maydonlari faoliyat koʻrsatadi.

Tarixiy yodgorliklarTahrirlash

Oʻrda, Bobo Yak, Qaliyatepa, Nuriddin Hoji madrasasi kabi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar saqlanib qolgan.

Jizzaxda Ya. Gʻ. Gʻulomov (1951, 1960-61), H. Muhamedov (1956-59), M. Aminjonova (1964), S. Rahimov (1966-70), R. A. Badaxov (1980), Oʻ. Alimov (1982-84) va b. arxeologik qazishlar olib borganlar. Jizzax hududidagi Uchtepa mavzesidagi 3-4-asrlarga oid mozortepalardan turli sopol parchalari, tangalar topildi. Jizzax yaqinida 1955-yil Ya. Gʻ. Gʻulomov jez davriga oid tosh kursini topgan.

Mashhur shaxslarTahrirlash

Jizzaxdan koʻpgina mashhur kishilar: davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov, shoir Hamid Olimjon, Nurali Qobul, adib Sarvar Azimov, Oʻzbekiston xalq artisti Xosiyat Azimova, 1941-45 yillar urushi qaxramonlari J. Toʻrayev, Ye. I. Ivanin, G. M. Gubarkov, Mehnat Qahramoni B. Pirmatov va b. yetishib chiqqan. Shaharda „Jizzax ovozi“ gazetasi muntazam nashr etiladi (adadi 2000).

HokimlariTahrirlash

  1. Kobilov, Asror Askarovich (martdan [2009-yilgacha] va Sentyabr 16 [[2016] ga qadar) a)
  2. Tuxtaev, Abduqahhor Xasanovich ([16 sentyabr]] 2016 a — 27 aprel, 2017-yil) [1]
  3. Rahmonqulov, Akram Baritdinovich 2017-yil 27 aprel — 2018-yil aprel
  4. Shukurov, Akbar Safarovich 2018-yil 5 apreldan boshlab [2]
  5. Xolmurodov, Komil Adhamovich 2021-yil 19 yanvardan boshlab [3]

AdabiyotTahrirlash

  • Haydarov H., Jizzax viloyati tarixi, T., 1996.[4]

ManbalarTahrirlash