Jizzax davlat pedagogika universiteti
Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga kiruvchi Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri.
Universitet asosiy binosi | |
Xalqaro nomi |
Jizzakh State Pedagogical University |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1974-yil |
Rektori | Sharipov Shavkat Safarovich (2020-yildan beri) |
Fakultetlar | 12 ta |
Talabalari | 20722 nafar |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Professorlari | 731 |
Manzili |
130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 4-uy , Jizzax , Oʻzbekiston 40.13182176360706, 67.82642590779776 |
Veb-sayti | http://jdpu.uz |
1974-yilning 8-avgust sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Maorif vazirligining 256-sonli buyrugʻiga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil etilgan va unga filologiya fanlari doktori, professor Bozorboy O‘rinboyev rektor sifatida tayinlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Maorif vazirligining 1989-yildagi tegishli qarori asosida Jizzax davlat pedagogika institutiga oʻzbek romanchilik maktabi asoschisi, atoqli adib Abdulla Qodiriy nomi berilgan.
2022-yil 21-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-289 sonli qarori asosida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi.
Universitet rektori pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Safarovich Sharipov. Universitet 2024-yilga kelib 12 ta fakultet, 28 ta yoʻnalish va 35 ta kafedraga ega. Talabalar soni 20722 nafarni tashkil etadi. Universitetda 731 nafar profesor-oʻqituvchilar faoliyat yuritishadi. Taʼlim muassasasida Magisratura va Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimlar bor. Magistratura boʻlimida 20 ta mutaxassislik mavjud. Muassasaning toʻliq nomi: Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti. Qisqa nomi: JDPU. Umumiy maydoni 101 766 m² boʻlib, shundan 9 980 m² oʻquv maydoni, 9 100 m² esa yotoqxona maydoni hisoblanadi.
Tarixi
tahrirJizzax viloyatida Xalq maorifi tarmog‘ini malakali o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlari yil sayin orta borishi hisobga olinib, sobiq Sovet Ittifoqi hukumatining 1974-yil, 26-iyuldagi 605-sonli qarori va uning ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1974-yil 4-avgustdagi qarori hamda ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq maorifi vazirligining 1974-yil 8-avgustdagi 256-sonli buyruqlari qabul qilingan va ularga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil topgan. Oliygohni tashkil etishda Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi Sharof Rashidov tashabbus koʻrsatgan.
1974-1975-o‘quv yillari institutda ikki fakultet, 4 ta kafedra faoliyat yuritdi. Ularda jami 5 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Yo‘nalishlar quyidagilar: O‘zbek tili va adabiyoti, Yevropa va milliy tildagi maktablar uchun rus tili va adabiyoti, Umumiy texnika va mehnat ta’limi, Matematika, Boshlang‘ich ta’lim.
Muassasa tashkil etilgan ilk o‘quv yilida faoliyat yuritish uchun Samarqand, Toshkent, Sirdaryo viloyati oliy ta’lim muassasalaridan jami 29 nafar professor-o‘qituvchilar taklif etildi. Jizzax davlat pedagogika institutiga qabul jarayoni 1974-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki 1974-1975-o‘quv yilida institutga jami 425 nafar talaba, ularning 300 nafari kunduzgi, 125 nafari esa sirtqi bo‘limlarga qabul qilinishi to‘g‘risidagi kvota belgilangan. Institutga Samarqand davlat pedagogika instituti (1992-yildan keyin Samarqand Davlat Universiteti) oʻquv ishlari prorektori lavozimida faoliyat koʻrsatayotgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bozorboy O‘rinboyev birinchi rektor etib tayinlangan.
Institut uchun Jizzax shahridagi hozirgi „Oʻrda“ ekologik bogʻida joylashgan hududda bir va ikki qavatli binolar qurilishi boshlanadi. Sharof Rashidov tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika institutining hozirgi binosiga 1982-yilda qurilish uchun poydevor oʻrni qazildi. Binoning poydevori uchun ilk gʻishtni qoʻyishga Sharof Rashidov taklif qilingan.
1988-yildan boshlab, institut jamoasi yangi oʻquv binosiga koʻchib oʻtadi. Jamoa 1988-1989-yildan boshlab, mashg‘ulotarni yangi binoda boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Maorif Vazirligining 1989-yildagi tegishli qarori asosida Jizzax davlat pedagogika institutiga oʻzbek romanchilik maktabi asoschisi, atoqli adib Abdulla Qodiriy nomi berilgan.
Muassasaning bosh binosi 2020-2022-yillar oralig‘ida to‘liq kapital ta’mirlandi. 2024-yilga kelib mazkur bino Jizzax shahrining eng go‘zal maskanlaridan biriga aylandi.
Faoliyati
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21.06.2022-yil „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-289 sonli qaroriga koʻra Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi.
Universitet rektori: pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Safarovich Sharipov.
Universitet 2024-yilga kelib, 12 ta fakultet, 28 ta yoʻnalish va 35 kafedraga ega. Talabalar soni 20722 nafarni tashkil etadi. Universitetda 731 nafar profesor-oʻqituvchilar faoliyat yuritishadi. Taʼlim muassasasida Magisratura va Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimlar mavjud boʻlib, Magistratura boʻlimida 20 ta mutaxassislik bor. Jizzax davlat pedagogika universiteti Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimi Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Boʻston shaharchasida joylashgan. Bugungi kunda boʻlimda Sirtqi (5 yillik) taʼlim shaklidagi hamda II-mutaxassislik taʼlim shaklidagi yoʻnalishlarida talabalar tahsil oladi. Universitet qoshida 1 ta akademik litsey, 1 ta maktab hamda 2 ta texnikum mavjud.
-
JDPU kirish qismi
-
JDPU old koʻrinishi
-
JDPU
Bo‘limlar
tahrirSirtqi bo‘lim
tahrirAbdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitet Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi 2021-2022-o‘quv yili boshidan Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Bo‘ston shaharchasida joylashgan qayta rekonstruksiyadan o‘tkazilgan universitet binosida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3183-son qaroriga muvofiq Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti tarkibidagi Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi tashkil etilgan. Jizzax davlat pedagogika universitetining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” hamda universitet kengashining 2020-yil 24-avgustdagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan faoliyat olib boradi. Jizzax davlat pedagogika universitetining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limida sirtqi (5 yillik) ta’lim shakli va ikkinchi mutaxassislik ta’lim shakllari mavjud.
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limida quyidagi kafedralar faoliyat olib bormoqda:
- Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi;
- Ijtimoiy gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi;
- Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarda masofaviy ta’lim kafedrasi.
Magistratura bo‘limi
tahrirJizzax davlat pedagogika institutida 2003-2004-o‘quv yilidan boshlab Magistratura bo‘limi ish boshladi va Fizika, Kimyo, Biologiya, Tarix, O‘zbek tili yo‘nalishlari bo‘yicha magistrantlar qabul qilingan. Jizzax davlat pedagogika institutiga dastlab 2017-2018-o‘quv yili uchun 4 ta magistratura mutaxassislikka (aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika, biologiya)) – 8 nafar, Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) – 4 ta, Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi – 4 ta, jami 16 nafar, 2018-2019-o‘quv yili uchun 13 ta mutaxassislikka 82 nafar magistrant, 2019-2020-o‘quv yili uchun 18 ta mutaxassislikka 209 nafar magistrant, 2020-2021-o‘quv yili uchun 18 ta mutaxassislikka 350 nafar magistrant, 2021-2022-o‘quv yili uchun 20 ta mutaxassislikka 921 nafar magistrant o‘qishga qabul qilingan. 2024-yilda 20 ta magistratura mutaxassislikka 1 va 2-kurs kesimida jami 232 nafar magistrant tahsil olmoqda.
Ushbu magistratura mutaxassisliklarida 25 ta mutaxassislik kafedralari rahbarligida magistrantlarning o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyati olib borilmoqda.
Fakultet va yo‘nalishlar
tahrir# | Fakultet nomi | Yo‘nalish nomi |
---|---|---|
1 | Matematika va informatika | Matematika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi |
Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi | ||
Matematika va informatika ta’lim yo’nalishi | ||
2 | Tabiiy fanlar | Biologiya yo‘nalishi |
Kimyo yo‘nalishi | ||
Geografiya va iqtsodiy bilim asoslari | ||
3 | O‘zbek tili va adabiyoti | O‘zbek tili va adabiyoti |
4 | Boshlang‘ich ta’lim | Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi |
5 | Tarix fakekulteti | Tarix fani yo‘nalishi |
Milliy g‘oya, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi | ||
6 | Fizika va texnologiya ta’limi fakulteti | Fizika va astronomiya yo‘nalishi |
Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi | ||
Texnologik ta’lim yo‘nalishi | ||
Rangtasvir yo‘nalishi | ||
Dizayn yo‘nalishi | ||
Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi yo‘nalishi | ||
7 | Xorijiy tillar fakulteti | Xorijiy til va adabiyoti, ingliz tili yo‘nalishi |
8 | Rus tili va adabiyoti fakulteti | Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi |
O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi | ||
Rus tili adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda | ||
9 | Jismoniy madaniyat fakulteti | Jismoniy madaniyat yo‘nalishi |
Xotin-qizlar sport yo‘nalishi | ||
Sport faoliyati kurash yo‘nalishi | ||
10 | Pedagogika va psixologiya fakulteti | Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi |
Maxsus pedagogika, surdopedagogika | ||
Maxsus pedagogika oligofrenopedagogika yo‘nalishi | ||
Maktab menejmenti yo‘nalishi | ||
Maxsus pedagogika logopediya yo‘nalishi | ||
11 | Maktabgacha ta’lim fakulteti | Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi |
Maktabagacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til | ||
Maktabagacha va boshlang‘i ta’limda jismoniy tarbiya va sport | ||
Musiqa ta’lim yo‘nalishi | ||
Cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi | ||
12 | Tibbiyot fakulteti | Davolash ishi yo‘nalishi |
Pediatriya ishi yo‘nalishi |
Akademik litsey, texnikum va maktablar
tahrirJizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi 30-sonli tayanch maktabi
tahrir30-sonli maktab 2023-yil qurilib, foydalanishga topshirilgan. Jizzax shahri, Zargarlik mahallasi, 81-uyda joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabi 990 o‘ringa mo‘ljallangan. Darslar o‘zbek va rus tillarda olib boriladi. 2023-yil hisobiga ko'ra maktabda 1059 nafar o‘quvchi mavjud. Pedagoglar soni 73 nafarni tashkil etadi. Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorining 2023-yil 8-sentabrdagi 362-U sonli buyrug‘ining ijrosi yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra universitet tayanch maktabi sifatida belgilangan Jizzax shahridagi 30-sonli umumta’lim maktabida o‘quv jarayoni, 4+2 talabalar amaliyoti, dars sifati, o‘qituvchilarning bilim berish darajasi, to‘garaklar bilan ishlash jarayonlari tashkil etilgan.
Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Akademik litsey
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 30-aprel 2001-yil №96-sonli buyrugʻi bilan tashkil etilgan. 825 o‘ringa mo‘ljallangan litsey binosi 1993-yilda qurilib foydlanishga topshirilgan. 2023-yil hisobi bo'yicha akademik litseyda 778 nafar o'quvchi tahsil olmoqda. Akademik litseyda 43 ta o‘quv xonalari 300 o‘rinli yotoqxona, 12×24 metr hajmli 2 ta sport zali, 50 o'rinli kutubxona, 100 o'rinli ovqatlanish uchun oshxona hamda 60×30 metr o'lchamli sun'iy qoplamali mini stadion mavjud. Ta’lim shakli: Kunduzgi. Ta’lim yo‘nalishlari: aniq fanlar, iqtisod va texnik, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy tillar yo'nalishi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi Gʻallaorol xizmat koʻrsatish va servis texnikumi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisidagi“[1] PF-5812 sonli farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil 30-iyundagi oliy taʼlim muassasalari huzuridagi texnikumlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi 355-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan. Bino 3 qavatli bo'lib, 720 o'ringa mo'ljallangan. Texnikumda 28 ta o'quv xonasi mavjud. Shundan 2 ta kompyuter sinfi, 40 o'rinli axborot kutubxona, 120 o'rinli majlislar zali, 120 o'rinli oshxona, 30x18 metr hajmdagi sport zal hamda ochiq futbol maydoni, voleybol va basketbol maydonlari mavjud.
Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Mirzacho‘l agrosanoat texnikumi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisidagi“[1] PF-5812 sonli farmoniga asosan 2020-yil tashkil etilgan. 480 o‘ringa mo‘ljallangan bino 1975-yilda qurilib foydlanishga topshirilgan. 2023-yil holatiga ko'ra texnikumda 407 nafar o'quvchi tahsil olishmoqda. 29 ta o‘quv xonalari 50 o‘rinli yotoqxona hamda 2 ta ustaxona (tikuvchilik va chilangarlik) mavjud. Ta’lim shakllari: kunduzgi, sirtqi, dual. Ta’lim yo‘nalshlari: sport faoliyati, musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchisi, kutubxonashunoslik, buxgalteriya hisobi va audit, kompyuter injiniringi, yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi, musiqa nazariyasi.
Rektorlar
tahrir# | Ism, Familiya, Otasining ismi | Ilmiy daraja va unvoni | Rahbarlik yillari |
---|---|---|---|
1 | Bozorboy Oʻrinboyev | filologiya fanlari doktori, professor | 1974–1986 |
2 | Usmonali Nishonaliyev | pedagogika fanlari doktori, professor | 1986–1990 |
3 | Bozorboy Oʻrinboyev | filologiya fanlari doktori, professor | 1990–1992 |
4 | Sodiq Nishonov Ahmadovich | geografiya fanlari doktori, professor | 1992–1996 |
5 | Gʻofurjon Muxamedov Isroilovich | kimyo fanlari doktori, professor | 1997–2004 |
6 | Bahrom Mamajonov | fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent | 2004–2005 |
7 | Olimjon Doʻsmatov Musurmonovich | fizika-matematika fanlari doktori, professor | 2005–2014 |
8 | Neʼmat Alimov Adilovich | fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent | 2014–2015 |
9 | Abdugʻani Xolbekov Jumanazarovich | sotsiologiya fanlari doktori, professor | 2015–2020 |
10 | Shavkat Sharipov Safarovich | pedagogika fanlari doktori, professor | 2020 – amalda |
Mashhur bitiruvchilar
tahrir- Umidjon Raxmonberdiyev – oliygohning matematika-informatika fakultetida 1992-1997-yillarda tahsil olgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Avstriya davlati poytaxti boʻlgan Vena shahrida joylashgan shtab-kvartirasida "Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish" idorasida katta mutaxassis.
- Shuhrat Sodiqov Muhammadjonovich – oliygohning rus tili va adabiyoti fakultetida 1987-1992-yillarda tahsil olgan. 2018-2021-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri lavozimida samarali faoliyat koʻrsatdi.
- Rustam Abdurasulov Abdurayimovich – 1979-1983-yillarda institutda tahsil olgan, psixologiya fanlari doktori, professor vazifasini bajaruvchi, 2009-2011-yillarda Jizzax viloyat xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori lavozimida faoliyat koʻrsatdi.
- Shavkat Sharipov Safarovich – oliygohda 1991-1995-yillarda tahsil olgan. Dastlab, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorligida faoliyat koʻrsatgan boʻlib, 2020-yilning mart oyidan boshlab Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.
- Olim To‘raqulov Xolbo‘taevich – Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali direktori, professor.
- Ozod Bobomurodov Jurayevich – Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali ijrochi direktori, texnika fanlari doktori, professor.
- Laziz Mamajonovich Zokirov – oliygohning Jismoniy tarbiya fakultetini 1996-yilda tamomlagan. Boks bo‘yicha O'zbekiston va Osiyo chempioni.
- Nigina Oʻktamova – yoshlar va kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo va Jahon chempioni[2], 2021-yilning eng yaxshi ayol bokschisi[3], “Shuhrat” medali sohibasi.
- Jahongir Zokirov – oliygohning Jismoniy tarbiya fakulteti talabasi. 2022-yilda Boks bo'yicha Jahon chempionligini qo'lga kiritdi.
- Alisher Keldiyevich Qodirov – Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari.
Xalqaro hamkorlik
tahrirJizzax davlat pedagogika universitetining taʼlim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish va dunyo boʻyicha rivojlangan davlatlarning tajribasini oʻrganishda quyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi:
- Oliy taʼlim muassasasi professor oʻqituvchilarning malakasini oshirish;
- Oliy taʼlim muassasasi professor oʻqituvchilarning xorijiy ilmiy amaliy seminar, konferensiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi;
- Professor oʻqituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi;
- Xorijiy oʻqituvchi va professorlarning oliy taʼlim muassasasiga, taʼlim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish.
Taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik Janubiy Koreya Respublikasi, Angliya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Belorusiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Hindiston va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Ushbu shartnomalar professor oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni koʻrib chiqadi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Taʼlim Vazirligi oʻrtasida 1999-yil 8-noyabrda belgilangan „Taʼlim sohasida hamkorlik“ toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekistonning qator oliy taʼlim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari va yosh mutaxassislar amaliyot oʻtamoqdalar. Oliy taʼlim muassasasi Britaniya Kengashi, Koreyaning xalqaro hamkorlik boʻyicha agentliklari, Hindiston texnik hamkorlik dasturi, BMTning rivojlanish dasturi va boshqalar bilan yaqindan aloqa oʻrnatgan. Ushbu barcha dastur va loyihalar JDPUda oliy taʼlimni rivojlantirish, ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllagan holda oʻquv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor oʻqituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yoʻnaltirilgan.
Shuningdek JDPU Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus nomli taʼlim dasturlarida faol ishtirokini alohida taʼkidlash joiz. Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari hamda JDPU Yevropa Ittifoqining talabalar, oʻqituvchilarning akademik tezkorligi, universitetlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Erasmus Mundus dasturida ham ishtirok etadi. Dasturlar doirasida talaba va oʻqituvchilar Yevropa oliy taʼlim muassasalarida ilmiy amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarni oʻquv jarayoniga jalb qilish boʻyicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlikka katta eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur yoʻnalishdagi eng faol ish Koreyaning xalqaro hamkorlik boʻyicha agentligi KOICA bilan olib borilmoqda. Shuningdek Jizzax davlat pedagogika universiteti ikkita xorijiy oliy taʼlim muassasasi bilan qoʻshma taʼlim dasturlariga ega bular, Belorusiyaning Baranovich universiteti bilan „2+2“ koʻrinishida hamda Belorusiya davlat pedagogika universiteti bilan „3+1“ koʻrinishida.
Universitet xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Belorusiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 54 nafar rivojlangan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda davra suhbatlarini tashkil etish, o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi, birgalikda seminar, simpozium va forumlar tashkil etish, xalqaro grant loyihalarda birgalikda ishtirok etish hamda stajirovka va malaka oshirish sohalarida hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Hamkor oliygohlardan quyidagilari dunyoning nufuzli mingtalik oliygohlari ro‘yxatiga kirgan:
- Portsmut universiteti
- Janubiy Federal universiteti
- Novosibrsk davlat universiteti
- Avezov nomli Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti
- Sankt-Peterburg davlat universiteti
- Jorjiya davlat universiteti
- Tomsk davlat universiteti
Xalqaro reyting
tahrir2023-yil 27-sentabrda "Times Higher Education World University Rankings-2024" natijalari e’lon qilindi. Unga ko’ra Jizzax davlat pedagogika universiteti O’zbekistonning 48 ta oliygohlari bilan birgalikda “Reporter” maqomini egalladi.[4]
Times Higher Education Impact Ranking
tahrir2023-yil 1-iyunda "THE Impact Ranking-2023" natijalari e’lon qilindi. Umumiy reytingda Jizzax davlat pedagogika universiteti 1001+ o‘rinni egalladi.[5]
"Webometrics" reytingida O’zbekiston oliygohlari orasida quyidagi natijalarni qayt etgan:
- 2019-yil – 54-o’rin
- 2020-yil – 39-o’rin
- 2021-yil – 2-o’rin
- 2022-yil – 10-o’rin
- 2023-yil – 17-o’rin
Round University Ranking Subject rankings
tahrir2023-yil 28-oktabrda "Round University Ranking" xalqaro reyting agentligining "Subject Rankings-2023" natijalari e'lon qilindi.[7] Unga ko'ra Jizzax davlat pedagogika universiteti dunyo oliygohlari o'rtasida quyidagi natijalarni qayd etdi:
- Natural Science (Tabiiy fanlar) bo'yicha 524-o'rin
- Humanities (Gumanitar fanlar) bo'yicha 641-o'rin
- Social Sciences (Ijtimoiy fanlar bo'yicha) 768-o'rin
- Life Sciences (Hayot fanlari) bo'yicha 897-o'rin
- Technical Sciences (Aniq fanlar) yo'nalishi bo'yicha 841-o'rin.
UI GreenMetric World University Ranking
tahrir"UI GreenMetric World University Ranking-2023" natijasiga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti dunyo universitetlari o‘rtasida TOP-1000 (987-o’rin) universitetlar qatoridan joy oldi.[8]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 https://lex.uz/uz/docs/-4500926
- ↑ https://kun.uz/news/2021/04/23/nigina-oktamova-boks-boyicha-jahon-chempioni-boldi
- ↑ https://sports.uz/news/view/nigina-oktamova-qizlar-ortasida-osiyo-chempionatining-eng-yaxshi-bokschisi--31-08-2021
- ↑ https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2024/world-ranking#!/length/25/locations/UZB/sort_by/rank/sort_order/asc/cols/stats
- ↑ https://www.timeshighereducation.com/impactrankings#!/length/25/locations/UZB/sort_by/rank/sort_order/asc
- ↑ https://www.webometrics.info/en/Asia/Uzbekistan
- ↑ https://roundranking.com/ranking/subject-rankings.html#world-humanities-2023
- ↑ https://greenmetric.ui.ac.id/rankings/overall-rankings-2023