Alisher Qodirov

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi yetakchisi

Alisher Keldiyevich Qodirov (1975-yil 12- mart, Jizzax, O'zbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekistonning oʻng qanotli siyosatchisi, 2019-yil 22-maydan boshlab, Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari. 2015-yildan beri O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1].2021-yilda «Milliy tiklanish» DP nomidan Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etgan

Alisher Qodirov (2021-04-22).jpg

BiografiyasiTahrirlash

Alisher Qodirov 1996-yilda Egey universiteti (Izmir, Turkiya), 2009-yilda Toshkent moliya institutini (sirtdan), 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Kasbi boʻyicha filolog va iqtisodchi[2]. Oʻzbek, rus, turk va ingliz tillarini biladi. U turmush qurgan va uch nafar farzandi bor.

Mehnat faoliyatiTahrirlash

1996—1997-yillarda Jizzax viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi boʻlimining yetakchi mutaxassisi boʻlib ishlagan. 1997—2008-yillarda Jizzax viloyatida davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yetakchi mutaxassis boʻlib ishlagan. 2008—2015-yillarda Jizzax viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boʻlimi boshligʻi boʻlgan[3].

2015-yilda u „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga deputat etib saylandi[4]. 2017-yilda u Oliy Majlisning budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, shuningdek Oliy Majlisning xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi boʻldi, shuningdek respublika Maʼnaviyat va taʼlim markazining rahbari boʻldi[5]. 2019-yil 22-mayda u Sarvar Otamurodov oʻrniga Milliy tiklanish demokratik partiyasining rahbari etib saylandi[6].

Ijtimoiy tarmoqlardaTahrirlash

Alisher Qodirov Telegram Twitter http://twitter.com/alisherQodir ijtimoiy tarmogʻida oʻz mualliflik kanalini yurgizadi. Unda jamiyat, siyosat va taʼlim borasida oʻz fikrlarini yozib boradi. U 2021-yil 22-iyul kuni oʻz Telegram kanalida ijtimoiy tatmoqlarda „NAH“ (nafrat, adovat va hasad) virusi tarqalgani haqida yozdi[7].

ManbalarTahrirlash