Sarvar Otamuratov
Sarvar Saʼdullayevich Otamuratov — Milliy tiklanish partiyasidan prezidentlikka nomzod boʻlgan[1].
Sarvar Otamuratov | |
---|---|
Tavalludi |
22-avgust 1973-yil |
BiografiyasiTahrirlash
- 1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Maʼlumoti — oliy, Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining sotsiologiya boʻlimini, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlari nomzodi.
- 1995-2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasida etakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi.
- 2006-2009-yillarda sugʻurta kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
- 2009 va 2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
- 2010-2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
- 2013-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi etib saylangan.
- 2015-yildan bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari.
- Oilali, ikki farzandi bor.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Milliy Tiklanish, 2016-11-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-18