Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. (2024-08) |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Partiya tarixi
tahrirOʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi (OʻzMTDP) | |
---|---|
Yetakchi | Alisher Qodirov |
Tashkil etilgan | 3-iyun, 1995-yil |
Shtab kvartiralari | |
Shiori | Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot! |
Qonunchilik palatasidagi oʻrinlar |
29 / 120 (I chaqiriq)
31 / 150 (II chaqiriq)
36 / 150 (III chaqiriq)
36 / 150 (IV chaqiriq) |
Vebsayt | mt.uz |
Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi (OʻzDP) – Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995-yilning 3-iyunida boʻlib oʻtgan taʼsis qurultoyida tashkil topgan.
OʻZBEKISTON „MILLIY TIKLANISH“ DEMOKRATIK PARTIYASINING SOLNOMASI
1995-yil 3-iyun kuni Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasining taʼsis qurultoyi qarori bilan partiya tashkil etildi.[1]
1995-yil 10-iyun kuni „Milliy tiklanish“ gazetasining ilk soni chop etildi.
1999-yil 4-yanvar kuni Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (Fidokorlar MDP) tashkil etilgan.
1999-yil 4-fevralda „Fidokor“ – ijtimoiy-siyosiy gazetasining dastlabki soni chop etildi.
2008-yil 20-iyun kuni Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi va „Fidokorlar“ milliy demokratik partiyasining birlashuv qurultoyida ikki partiya negizida yangi Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi (OʻzMTDP) tashkil etildi.
2008-yil 11-avgust kuni OʻzMTDP Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtdi.[2]
2008-yil 13-avgust kuni Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi va Oʻzbekiston „Fidokorlar“ milliy demokratik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzMTDPning yangi fraksiyasi tuzildi.
2008-yil 9-sentyabrdan hududlarda OʻzMTDP hududiy partiya tashkilotlarining taʼsis Konferensiya va Plenumlari oʻtkazildi. Ularda Kengash, Nazorat-taftish komissiyasi, Kengash Ijroiya qoʻmitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari saylandi. Shuningdek, joylarda tuman (shahar) partiya tashkilotlarining taʼsis Konferensiya va Plenumlari oʻtkazilib, Kengash, Kengash Ijroiya qoʻmitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya qoʻmitasi raislari saylandi.
2009 yil 27 dekabrda – OʻzMTDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga – 31 nafar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga 954 nafar deputat saylandi.
2014 yil 27 dekabrda – OʻzMTDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga – 36 nafar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga 1105 nafar deputat saylandi.
2015-2016-2021-yillarda partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishtirok etgan. Prezidentlikka Akmal Saidov, Sarvar Otamuratov va Alisher Qodirovlar partiyadan nomzod sifatida koʻrsatilgan.[3]
2019 yil 24 dekabrda – OʻzMTDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga – 36 nafar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga 1266 nafar deputat saylandi.[4]
2022 yil 1 aprel holatiga partiya aʼzolar soni 358 377 nafarni tashkil etadi. Ulardan 48 foizi yoshlar, 44 foizi xotin-qizlardir.
2022 yil 1 aprel holatiga koʻra, partiya 14 ta hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar), 32 ta shahar 175 ta tuman Kengashlariga hamda 7032 ta boshlangʻich partiya tashkilotlariga ega.
-
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi ramzi
= "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi ramzining tavsifi quyidagicha:
tahrirYashil rangdagi yarim oy, unumdor zaminimiz bilan birga muqaddas qadriyatlarimizga ishora.
Moviy rangdagi zamin xalqimizning halol va pok ruhiyati nishonasi.
Simurgʻ qushi – Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr"[6] asaridan olingan farovonlik va tiklanish ramzi boʻlib, fikrlar va gʻoyalar turli boʻlsa ham yagona maqsad yoʻlida birlashishga chaqiradi.
Navoiy dunyoning turli joylariga farovonlik qushi Simurgʻni izlab, xarob boʻlgan oʻttiz qush uni izlamasdan birlashganlarida Simurgʻ (oʻttiz qush-forscha) ularning birlashgan holati ekanligini taʼkidlaydi.
Partiya ramzi barakali Oʻzbekiston zaminida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib, halol va bagʻrikeng xalqimizni yagona maqsad yoʻlida birlashtirish maqsadlarini ifoda etadi.
2020-2024-yillarga moʻljallangan saylovoldi dasturi
tahrirPartiya raislari
tahrir1 | Qayumov
Azizxon Poʻlatovich |
Filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi
1995 – 1996-yillar „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi raisi boʻlgan. |
|
---|---|---|---|
2 | Gʻafurov Ibrohim Usmonovich | Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi
1996 – 2004-yillar „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi raisi boʻlgan. |
|
3 | Doʻstmuhammedov
Xurshid Nabiyevich |
Filologiya fanlari doktori, "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi"
2004 – 2008-yillar „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi raisi boʻlgan. |
|
4 | Tursunov Axtam Salomovich | Yuridik fanlari doktori, professor
2008 – 2013-yillar Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi boʻlgan. |
|
Otamuratov Sarvar Sadullayevich | Sotsiologiya fanlari doktori, dotsent
2013-2019-yillar Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi boʻlgan.[7] |
||
5 | Qodirov Alisher Keldiyevich | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari,
„Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi 2019-yildan hozirga qadar.[8] |
Partiya Madhiyasi
tahrirAʼzolar soni
tahrir672 058 nafar
tahrirOliy Majlis Qonunchilik Palatasidagi Fraksiya Aʼzolari
tahrirDastur amalda
tahrirPartiya ijtimoiy tarmoqlarda
tahrirPartiya gazetasi
tahrir„Milliy tiklanish“ gazetasi „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy nashri sanaladi.[9]
tahrirGazetada „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi, shuningdek, partiyadan saylangan barcha darajadagi deputatlar faoliyati keng yoritiladi. Yaʼni, partiya markaziy nashri orqali gʻoya va maqsadlari, vazifalarini keng targʻib etib, jamoatchilikni bu borada amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishtirib kelmoqda.
„Milliy tiklanish“ gazetasi Yangi Oʻzbekiston islohotlari hamda gazetxonlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, ham mazmunan, ham shaklan keskin oʻzgardi.
Gazetada bugun partiya gʻoyalaridan kelib chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash, Davlat tili maqomini mustahkamlash, tarix, madaniyat va sanʼat, maʼnaviy va maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar ham keng yoritilyapti. Ijtimoiy hayotdagi muammo va kamchiliklar tahlili oid tanqidiy maqolalari bilan gazeta yanada ommalashmoqda.
Nashr Bosh muharriri: Mirodil Abdurahmonov.
Gazeta haftalik boʻlib, 1995-yilning 10-iyunidan boshlab chop etib kelinadi. Nashr adadi: 5200
tahrirFotolavhalar
tahrirManzil
tahrir100001, Toshkent sh., Maqsud Shayxzoda koʻchasi, 1A-uy
+998 71 239 45 77
Manbalar
tahrir- ↑ https://lex.uz/acts/-54191
- ↑ https://saylov.uz/oz/for_candidates/political_party/o-zbekiston-milliy-tiklanish-demokratik-partiyasi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2021/08/06/milliy-tiklanish-prezidentlik-saylovida-alisher-qodirov-nomzodini-ilgari-suradi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2021%2F08%2F06%2Fmilliy-tiklanish-prezidentlik-saylovida-alisher-qodirov-nomzodini-ilgari-suradi
- ↑ https://saylov.uz/oz/elections-and-referendums/page/2
- ↑ https://uzreport.news/society/milliy-tiklanish-demokratik-partiyasi-oz-ramzini-ozgartirishi-malum-boldi
- ↑ https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/xurshid-davron-navoiynoma-xv-xvi-lison-ut-tayr-haj-armoni-yana-gavgo-mahbubul-qulub-navoiy-armoni.html
- ↑ https://kun.uz/72414042?q=%2Fuz%2F72414042
- ↑ https://kun.uz/news/2019/05/22/milliy-tiklanish-partiyasiga-yangi-rahbar-saylandi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2019%2F05%2F22%2Fmilliy-tiklanish-partiyasiga-yangi-rahbar-saylandi
- ↑ http://press.natlib.uz/uz/publications/milliy-tiklanish