Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi – zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini, „elektron hukumat“ tizimi hamda axborot tizimlarini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish maqsadida faoliyat koʻrsatadigan davlat idorasi.
Turi | Davlat idorasi |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 2015-yil 4-fevral |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 4-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Vazir | Sherzod Shermatov |
Bosh mahkamasi | Vazirlik |
Aʼzolari | Vazir, uning oʻrinbosarlari, vazirlikning tizim osti tashkilotlari rahbarlari |
Vebsayti | digital.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus |
Tarixi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 04 fevraldagi PF-4702-son Farmoniga muvofiq[1], Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi negizida tashkil qilingan.
Vazifalari
tahrir- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi 2022-yil 24-dekabrdagi PF-269-son Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi tizimida Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilgan. Vazirlik faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida, „elektron hukumat“ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tatbiq etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan, Internet tarmogʻiga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi, televideniye va radioeshittirishning raqamli tizimlariga toʻliq oʻtishni taʼminlash, aloqa va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yoʻli bilan boshqarish, litsenziyalash va nazorat qilish borasidagi funksiyalarni amalga oshirish; „elektron hukumat“ni tatbiq etish, vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, monitoring qilish, baholash va nazorat qilish boʻyicha davlat dasturlarining amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, davlat axborot resurslari hamda maʼlumot bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini vujudga keltirish, idoralararo axborot tizimlarini yaratish va boshqarish; Internet tarmogʻining milliy segmenti yanada shakllantirilishini taʼminlash, mamlakatimizning turli yoʻnalishlardagi zamonaviy veb-resurslarini, shu jumladan, aholining, xususan, yosh avlodning axborotga boʻlgan va intellektual talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik va qulay shart-sharoitlarni yaratish; raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini hamda ularga koʻrsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish va uning muvofiqlashtirilishini taʼminlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va isteʼmolchilarda zamonaviy dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish; axborot xavfsizligini taʼminlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish boʻyicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish; zamonaviy kommunikatsiya vositalari sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va tatbiq etish, axborot xavfsizligini taʼminlash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa sohalarida shunday ishlarni tashkil etish; aloqa, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ustuvor loyihalarni amalga oshirish, radiochastotalik spektrdan samarali foydalanish uchun hamda vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yoʻnalishlar boʻyicha xorijiy investitsiyalarni jalb etish.
Rahbarlar
tahrir- Komiljon Rahimov (1985-1995)[2]
- Tohir Rahimov (1995-1996)
- Abduvohid Joʻraboyev (1996-1998)
- Fatxulla Abdullayev (1998-2001)
- Abdulla Aripov (2001-2009)
- Hakim Muhiddinov (2009-2012)
- Xurshid Mirzohidov (2012-2017)
- Sherzod Shermatov (2017-2018)
- Azim Ahmadxoʻjayev (2018-2018)
- Shuhrat Sodiqov (2018-2021)
- Sherzod Shermatov (2021-yildan)